Okhunjon Gaibullayev's blog

AliExpressdan xarid qilmoqchimisiz? Unda bu maqolani o’qing!

Alexpresdan sotib olish

Salom uzinfobiz.ru saytining o’quvchilari! Aliexpress nima, undan qanday qilib ro’yxatdan o’tish va biror narsa sotib olish uchun buyurtma berish to’g’risida ma’lumot bermoqchiman.

Aniqroq tushuntiradigan bo’lsam, bu maqoladan quyidagilarni bilib olasiz:

  1. AliExpress nima (qisqa ma’lumot).
  2. AliExpressdan ro’yxatdan o’tish va akkaunt ochish.
  3. AliExpressdan qanday qilib mahsulot sotib olish.
  4. AliExpress to’lovlarni qanday himoya qiladi?

AliExpress nima?

AliExpress Xitoyda joylashgan Alibaba kompaniyasiga tegishli onlayn-bozor. Oddiyroq qilib aytadigan bo’lsak, AliExpress jahon bozoridagi xaridorlarga Xitoylik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini sotib olish imkoniyatini beruvchi global savdo maydonchadir.

AliExpress 2010-yildan o’z ishini boshladi va hozirga kunga kelib dunyodagi eng mashhur internet saytlardan biriga aylandi.

Bu sayt orqali uyingizdan turib istagan narsangizni sotib olishingiz mumkin. Ushbu maqolada ham shu to’g’risida gap boradi.

Bu sayt xizmatlaridan foydalanish uchun birinchi navbatda ro’yxatdan o’tib o’z shaxsiy akkauntingizni yaratib olishingiz kerak bo’ladi.

AliExpressdan ro’yxatdan o’tish va akkaunt ochish.

Quyidagi ko’rsatmalarga rioya qilib borsangiz, Aliexpressda ro’yxatdan o’tib o’z akkauntingizni ochib olasiz.

Quyidagi havolaga bosing va maqoladagi ko’rsatmalarga amal qilib boring!

Havola: AliExpressda ro’yxatdan o’ting!

Siz quyidagi kabi sahifaga tushasiz, yuqori o’ng tomonda joylashgan Go to Global Site (English) havolasi ustiga bosadigan bo’lsangiz, Aliexpressning global saytiga kirasiz, bu ingliz tilida boladi. Men bu maqolada aynan shunday qilaman, sizga ham shunday qilishni tavsiya qilaman, shunda ko’rsatmalardan foydalanish oson kechadi.

Lekin, xohlamasangiz, quyidagi Регистрация havolasini bosib davom etsangiz ham farqi yo’q.

AliExpress sayti

Ro’yxatdan o’tishning asosiy ikki xil turi mavjud:

Birinchisi  juda oddiy yo’l bo’lib ijtimoiy tarmoqlar Facebook, Vkontakte, Google akkaunt orqali ro’yxatdan o’tish. Bunda shu ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlaringizdan foydalaniladi. Bu turdagi ro’yxatdan o’tishda Iconcha ustiga bosasiz va malumotlaringizdan foydalanish uchun sizdan ruxsat so’raydi.

Quyida ikkinchi usulini ko’rib chiqamiz:

Yuqori o’ng tomondagi Join havolasini bosing!

AliExpress sayti

Yangi sahifa ochiladi, bu sahifada o’zingiz haqingizda ma’lumot kiritish talab etiladi.

Quyida har bir maydonchaga qanday ma’lumot kiritishingiz kerakligi to’g’risida tartib raqami bo’yicha izohlar berilgan.

Rasmdagi maydonchalar tartib raqami bo’yicha ostidagi izohlardan foydalaning!

AliExpress ma'lumotlarni kiritish

1) Elektron pochta manzilingizni kiriting! Kiritgan pochtangiz akkauntingizga kirish loginingiz ya’ni foydalanuvchi ismingiz bo’ladi. Sizda haligacha pochta bo’lmasa, quyidagi ssilkalarga bosing va ko’rsatmalardan foydalanib pochta oching!

Gmail.com

Yandex.ru

Mail.ru

2) Ism

3) Familiya

4) Parol yozing! Parol 6 harfdan 20 harfgacha bo’lishi mumkin. Kuchliroq parol tanlashingizni maslahat beraman, va parolni albatta ishonchli saqlab qo’ying, keyinchalik akkauntingizga kirishda sizdan so’raladi.

5) Yuqorida (4) kiritgan parolingizni qayta kiriting!

6) Pastdagi kodni kiriting!

7) Yuqoridagi barcha ma’lumotlarni kiritgandan so’ng, Create Your Account tugmasini bosing!

Shu bilan akkaunt ochildi. Kiritgan pochta manzilingizga pochtangizni tasdiqlash uchun xabar yuboriladi. Inbox va spamni tekshiring va kelgan xabarni toping! CONFIRM MY EMAIL ADDRESS tugmasini bosing va pochtangizni tasdiqlab qo’ying!

Xizmatdan foydalanish uchun pochtani tasdiqlash

Pochta tasdiqlandi:

pochta tasdiqlandi

Endi AliExpressdan xohlagan mahsulotimizni xarid qilib olishimiz mumkin.

AliExpressdan qanday qilib mahsulot sotib olish mumkin?

Mahsulot sotib olish deganda sifatli mahsulot tanlash kabi ishlarni nazarda tutmayapman, men bu maqolada shunchaki xarid qilish jarayoni qanday bo’lishini ko’rsatmoqchiman. Buni bir nechita jarayonga bo’lish mumkin:

 Xarid qilmoqchi bo’lgan mahsulotni qidirib topish.

AliExpress platformasi telefonlar, aksessuarlar, kiyim-kechak, bolalar o’yinchoqlari, sport jihozlari va boshqa ko’plab mahsulotlarni taklif etadi.

Qidiruv maydonchasiga mahsulot nomini kiritib yoki kategoriyalarga (bo’limlarga) ko’ra izlayotgan mahsulotingizni qidirib topasiz va ustiga bosasiz.

Maslahat: Bunda izlayotgan narsangizning ingliz yoki rus tilida tarjimasi nima bo’lishini bilmasangiz Google translatordan foydalanib tarjima qilib olishingizni tavsiya qilaman.

Mahsulotlar bo'limlarini izlash

O’z tanlovimizni qilib bo’lgandan keyin, sotib olish uchun Buy Now tugmasini bosamiz.

Buyurtma berish

Buyurtmani tasdiqlash.

Buyurtmani tasdiqlash sahifasida yuk borishi kerak bo’lgan manzilingiz to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qiling!

To’lov metodlari.

AliExpress saytida turli to’lov usullari mavjud. O’zingizga ma’qul to’lov usulini tanlang! Siz hozirda Visa, MasterCard, Western Union, QIWI, Web Money, Yandex Dengi kabi hamyonlar orqali to’lovni amalga oshirishingiz mumkin.

Buyurtmani tugallash.

Qilgan buyurtmangiz kamida 60 kun ichida qo’lingizga yetib keladi, bazida undan ham ko’pga cho’zilishi mumkin. Siz, asosiysi, buyurtma qo’lingizga etib kelmagunicha «Buyurtma tugatildi» (completed) tugmasini bosmay turasiz. Agar buyurtmangiz aytilgan vaqt ichida kelmasa, AliexPresning arbitraj sudiga murojaat qilasiz va ular sotuvchiga 3-4 kun muhlat berishadi. Agar shu muhlat ichida ham buyurtma kelmasa Aliexpres Sizga pulingizni qaytarib beradi.

Mahsulot qo’lingizga yetib kelgan taqdirda Siz «Completed» tugmasini bosasiz. Bu AliExpressga buyurtma muvaffaqiyatli tugatilganiga signal bo’ladi. Lekin bundan oldin bilishingiz kerak bo’lgan ba’zi narsalar bor, maqolani o’qishda davom eting!

AliExpress to’lovlarni qanday himoya qiladi?

Ba’zi hollarda, narsalar kutilganidek ishlamaydi. Bunday holatlarda shuni unutmang, AliExpress ro’yxatidan joy olgan mahsulotlar uchun “Buyer protection – Xaridor himoyasi” mavjud. Bu shuni anglatadiki, siz yetkazib berishda shikastlangan, yetkazib berish kechikkan yoki umuman mahsulotdan qoniqmagan holatingizda qilgan to’lovingizni to’liq qaytarib olishingiz mumkin.

Mana endi siz ham bilasiz AlieExpress nima, undan qanday qilib ro’yxatdan otish kerak va qanday qilib mahsulot sotib olish mumkinligi to’g’risida. Bu ishlar xaridor sifatida qiladigan asosiy ishlar.

AliExpress juda katta mavzu, keyingiz maqolalarimda ham shu to’g’risidagi ma’lumotlarni yoritib berishni rejalashtiryapman. Blogimga OBUNA bo’ling!

Shunda maqola chop etilishi bilan pochtangizga xabar boradi.

Maqola yuzasidan savollaringiz bo’lsa, kommentariyada qoldiring!

E’tibor uchun raxmat, salomat bo’ling!

Muallif: Oxunjon G’aybullayev

Рейтинг
( 1 assessment, average 4 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 19
  1. sanjar

    webmoney, qiwi,yandexmoney, visa, mastercard: aliexpressda harid qilishda yuqoridagi qaysi tolov turidan foydalangan maqulroq

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Siz uchun qaysi usul ma’qul bo’lsa, o’sha yo’l bilan to’lov qilishingiz mumkin. Qaysi to’lov usulining foizi kam bo’lsa, o’sha bilan qilgan ma’qul.

    2. Oxunjon G'aybullayev (author)

      O’hho’, yana g’olib bo’libsiz, hamyon nomerizzi yozing, yutug’izzi oling((.

  2. Mirabbos

    Internetda ishlagan pulizni shu ali expresdagi narsalarni xarid qilsez puliz uyizga kirib keladi

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Ha, inetda ishlagan pulizzi qanday olishni bilmasangiz, shu yo’l bilan olsangiz ham bo’ladi(((. Faqat, keyin u narsalarni sotib pul qilishga to’g’ri keladi.

  3. Oxunjon G'aybullayev (author)

    Siz uchun qaysi ma’qul bo’lsa, o’sha bilan to’lov qilishingiz mumkin. Qaysi usulda foiz kam bo’lsa o’sha bilan to’lov qilgan ma’qul.

  4. Sanjar

    R748303486465

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Yubordim.

  5. Karim

    Salom, Aka tushunmadim, nimada g’olib bo’lishyapdi bular

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Manabu sahifani o’qib chiqing tushunib olasiz: http://uzinfobiz.ru/bellashuv

  6. Karim

    Biz ham qatnashsak bo’laveradimi

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Albatta bo’ladi. Qatnashing va g’olib bo’lib yutug’ingizni oling. Faqat oldin blogimga obuna bo’ling, bo’lmasam yangi maqola chiqqanini hammadan keyin bilib qolasiz(((.

  7. Karim

    Bo’pdi, obuna bo’ldim(((

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Yaxshi. Endi yangi maqolalarni kuting.

  8. Zulxumor

    Aliexpress akkaunt imni mavjud emas deyapti qanday aktivlashtiraman.

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Qaysi elektron pochtangizga registratsiya qilgan bo’lsangiz o’sha pochtangizga kirib Alexpressdan kelgan xatni topib tasdiqlash ssilkasiga bossangiz akkauntingiz aktivlashadi.

  9. Zulxumor

    Men allaqachon Aliexpress foydalanuvchisi edim.Holyavada,monet yigʻib boryatuvdim, pul daraxtini parvarishlayatuvdim.Boshida 2kunda maʼlumotlaringizni himoya qilish uchun vaqtincha blokladik dedi,blokdan chiqardim.Keyin holyavada qatnasha olmadin,yordam markazidan soʻrayman desam hisobiz mavjud emas sababi oʻzingiz hisobdan chiqqansiz yili savdo shartlari nimalardan buzgansiz(sotib olmaganman chunki yandex dengizni identifikatsiya qilmoqchi edim Toshkent da shahsingizni tasdiqlash kk ekanu) yana bu vaqtincha dedi lekin haligacha ofline.Shu haqida maʼlumot yoʻq ekan shu haqda yozing maqola.

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Qanaqa holyava ekan u, holyavaga ko’p ham ishonmang, chunki uning nomi aytib turibdiyu HOLYAVA deb. Ko’p pul yig’uvmidiz? qanaqa sayt ekan? Ssilkasini bera olasmi?

    2. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Assalomu aleykum. Manabu yerdan vostanovit qilishga urinib ko’rdizmi?
      https://accounts.aliexpress.com/user/account/retrieve_account.htm?spm=a2g19.helppage_na4sf.0.0.394e7259m17j2P

      Agar urinib ko’rmagan bo’lsangiz, o’zingiz urinib ko’rganingiz maqul. Chunki, men urinib ko’rishim mumkin lekin mendan Siz haqingizdagi malumotlarni so’rashlari mumkin. Masalan, telefon nomerga kod yuborishadi. Agar uddalay olmasangiz, danniylarizzi bersangiz urinib ko’raman, shunda ham tel nomerga kod yuborishsa noqulay bo’ladi, Siz menga kodni tez berishingiz kerak bo’ladi, chunki kodni kiritish muddati belgilangan bo’ladi.

      Ha aytgancha internetning tezligiga Alixpressni umuman aloqasi yo’q. Sekin ishlasa telefonizzi internetini tekshirib ko’ring

      Yuqoridagi havolani nusxa qilib brauzeringizga qo’yib oching!
      Havoladan kirsangiz Sizdan Aliexpressda buyurtma berganligingizni sao’raydi, buyurtma berganmisiz?

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: