Okhunjon Gaibullayev's blog

Amazon.com servisi nima? Uning imkoniyatlari va ustunliklari.

Amazon xizmati


Amazon,Ebay,Etsy,Shopify… Bu nomlar ko’pchilikka tanish.Chunki,ular dunyoga mashhur elektron tijorat platformalaridir.Ular orqali jahonning turli davlatlaridagi odamlar o’zlariga kerakli mahsulotni sotib olish imkoniga egalar.Ehtimol Siz ham ushbu elektron savdo do’konlarining birortasida nimadir xarid qilgandirsiz. Masalan,Amazon.com yoki Ebay.com  saytlarida.

Lekin,aynan shu platformalar orqali Siz ham o’z biznesingizni yo’lga qo’yish va chet el valyutasida daromad qilish haqida o’ylab ko’rganmisiz? Bugungi maqolada Amazon.com servisi nima va u taqdim etadigan imkoniyatlar hamda uning ustunliklari  haqida suhbatlashamiz.

Amazon xizmati

Amazon kompaniyasiga 1994 yil 5 iyul kuni Jeff Bezos tomonidan AQSH ning Vashington shtatida asos solindi.Sayt orqali dastlab elektron kitoblar va musiqa sotuvi yo’lga qoyilgan. Keyinchalik turli tovar va xizmatlar savdosi ham qo’shildi.Hozirgi kunda ushbu platformada dunyoning 160 dan ortiq mamlakatlaridan turib savdo qilish imkoniyati mavjud.

Amazon.com onlayn bozorida biznesning turli modellari bilan shug’ullanish mumkin.Ular orasida eng ommabop va MDH (Mustaqil davlatlar hamdo’stligi) da keng tarqalgani quyidagilardir:

1.Dropshipping

2.Private lable

3.Online arbitraj

4.Kindle books

5.Amazon Affiliate

Bu biznes modellar haqida kengroq to’xtalib o’tamiz.

Dropshipping

Ingliz tilidan tarjima qilinganda bu so’z ” to’g’ridan to’g’ri yetkazib berish” ma’nosini anglatadi.Bunda sotuvchi vositachi sifatida ish yuritadi.Ya’ni,amazon.com saytida sotuvga qo’yilgan tovarga xaridor pul o’tkazgandan so’ng,Siz boshqa onlayn do’kon, masalan Ebay.com dan o’sha maxsulotni sotib olib o’z xaridoringiz manzilini ko’rsatasiz.Ebay.com saytidagi sotuvchi, xarid qilingan tovarni sizga emas, balki sizning mijozingizga etkazib beradi.Shunday qilib,Ebay saytidagi mol narxi bilan Siz sotgan narx ortasidagi farq sizning daromadingiz hisoblanadi.

Bu biznes modelning afzalligi- ozgina mablag’ bilan boshlash mumkin.Kamchiligi raqobatning kattaligi va mahsulot sifatini nazorat qilolmaslikdir.

drop shipping xizmati

Private lable

Biznesning bu modelida sizdan sarmoya va anchagina mehnat talab etiladi.Lekin natijada katta daromadga chiqish mumkin. Bu modelda siz dunyo bozoriga o’z  brend mahsulotingiz bilan kirib kelasiz.Amazon kompaniyasi o’zinig maxsus FBA dasturi orqali nafaqat AQSH balki Evropaning qator davlatlarida savdo qilish imkonini beradi.FBA dasturi bo’yicha Amazon kompaniyasi sizning maxsulotingizni o’z omborlariga qabul qilish, saqlash,xaridorga etkazib berish,xaridor maxsulotni qaytargan taqdirda,uni qabul qilish va boshqa barcha xizmatlarni o’z zimmasiga oladi.Sizning ishingiz esa  faqat maxsulotingizni kompaniya omborxonalariga jo’natishdan iborat bo’ladi.

Bu biznes modelning o’ziga xos tarafi shundaki,siz Amazon saytida o’z maxsulotingiz reklamasini yaxshi yo’lga qo’yishingiz lozimdir.Bu,maxsulotingiz haqidagi ma’lumotni mukammal etkazishingiz,uning boshqa sotuvchilar tovarlaridan ustunliklarini ko’rsatishingiz,rasmlarini joylashtirishingiz va boshqa ishlarni o’z ichiga oladi. Bu esa o’z navbatida raqobatchilaringizni yaxshi o’rganishoingizni taqozo etadi.Bu modelda savdo qiluvchilar o’z maxsulotlarini Alibaba.com saytidagi xitoy ishlab chiqaruvchilariga buyurtma berib olishadi.

Afzalligi-o’z brendingiz ostida mahsulotlar liniyasi bilan savdo qilish.Kamchiligi -kattaroq mablag’ talab etiladi va uzoq muddatli mehnat lozim bo’ladi.

private label

Kindle Books

Yuqorida aytib o’tganimizdek,Amazon kompaniyasi o’z ishini kitoblar savdosidan  boshlagan.Bunga sabab bu ish  AQSH da juda qiziqarli va daromadli biznes hisoblanadi.Hozirgi kunda Amazon platformasi onlayn xaridlar bo’yicha Amerikadagi eng ommabop joydir.Elektron kitoblar savdosining 75% ham shu sayt hisobiga to’g’ri keladi.

Takidlab o’tish kerakki,biznesning ushbu modelida Siz yozuvchi bo’lishingiz shart emas, kitob yozish frilanserlarga topshiriladi.Sizdan faqat bozor talabini o’rganib, kitob mavzusini aniqlash va marketing ishlarini olib borish talab etiladi.Amazon sayti orqali Siz o’z kitobingiz savdosini elektron holda ham, bosma shaklda ham yo’lga qo’yishingiz mumkin.

Model afzalligi asosiy ish frelanserga yuklanadi.Kamchiligi birdan katta daromadga chiqib bo’lmaydi.

Kindle books

Online arbitraj

Bu biznes modelda tadbirkor kichik partiya maxsulotni ulgurji narxda  sotib olib, Amazon saytida donalab sotadi.Bu modelning Private Label biznes modeldan farqi, shaxsiy brendni noldan rivojlantirishga hojat bo’lmaydi.Amazon platformasida bozori chaqqon mahsulotni aniqlab olib, keyin uni etkazib beruvchilardan kichik partiyada Amazon omboriga jo’natiladi.Bu holda ham FBA dasturi qo’l keladi.

Bu modelning afzalligi – katta mablag’ talab etilmaydi. Kamchiligi esa raqobatning kattaligidir.

onlayn orbitraj

Amazon affiliate

Yuqorida keltirilgan biznes modellarning birortasi bilan shug’ullanish uchun ma’lum miqdorda mablag’ga ega bo’lish lozim. Demak, umuman pul tikmasdan Amazon platformasi orqali daromad ko’rish imkoni yo’q ekan-da? Amazon, daromad ko’rish mumkin bo’lgan barcha usullarni o’z tizimiga tatbiq etgan. Shuning uchun, bu onlayn bozor orqali deyarli mablag’siz daromad qilish yo’llari ham mavjud. Shulardan biri Amazon hamkorlik dasturidir.

Har qanday katta biznes egalari o’zlarining hamkorlik dasturlarini ishlab chiqqanlar va Amazon kompaniyasi bundan  mustasno emas. Bu dastur orqali daromadga chiqishda 15-20$ kifoya qiladi. Qiziqib qoldingizmi? Qancha daromad ko’rish mumkin ekan degan savol ham tug’ildimi? Amazon Siz jalb etgan mijozning har bir xarididan 10% ni Sizning hisobingizga o’tkazadi. Agar bu platformada kuniga bir necha minglab xaridlar amalga oshishini xisobga olsak, yaxshigina daromad ko’rish mumkin.

Buning uchun, Amazon saytiga moslab WordPress dvijogining Woocommerce plagini yordamida sayt ochib, bozori chaqqon maxsulotlar rasmlari va ma’lumotlari joylashtiriladi. Saytga kirib biror tovarni xarid qilayotgan mijoz Sizning saytdan Amazon do’koniga yo’naltiriladi. Shu tarzda har bir hariddan o’z ulishingizga ega bo’lasiz.

Afzalligi-katta mablag’ talab etilmaydi. Kamchiligi- xaridor mahsulotni qaytargan holatda Sizga ulush ajratilmaydi.

Sheriklik dasturi

Рейтинг
( No ratings yet )
Tohir/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: