Muallif

MuallifOxunjon G'aybullayev Umidjon og'li

Tug'ilgan sana:   9 — Oktyabr  1996  yil.

Buxoro viloyati Olot tumanida tug'ildim

Hozirgi kunda Toshkent shahridagi Inha Universitetining ( Koreya Inha Universitetining filiali) 2-bosqich talabasiman.

Salom, sizni shaxsiy blogimda ko'rganimdan xursandman. Mana bugun men ham Internetda o'z shaxsiy blogimni ya'ni o'z brendimni yaratishga qaror qildim. Bu blogda men shu paytgacha olgan bilimlarim va tajribalarimni va kelajakdagi niyat va maqsadlarimni hamfikr do'stlar bilan o'rtoqlashish niyatidaman.

Oxunjon G'aybullayev

Oxirgi ikki yillikdagi faoliyatim va yutuqlarim haqida:

2015- yilda Toshkent shahridagi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetining (O'zMU) Matematika fakulteti ATMDT yo'nalishiga imtihon topshirib talabalikga qabul qilindim. Lekin ba'zi sabablarga ko'ra o'qishni davom ettirmadim.

2015—2016 y-da ingliz tilini o’rganib, ielts sertifikatiga ega bo'ldim.

(Sertifikatni ko'rish uchun rasm ustiga bosing)

Muallif2016-yil avgust oyida Toshkent shahridagi Janubiy Koreyaning Inha universiteti filialining Kompyuter injenering bo’limiga imtihon topshirdim, va talabalikka qabul qilindim. Bu universitet 2014 yildan boshlab O’zbekistonda o’z faoliyatini boshlagan. Bir yil davomida kompyuter, internet sohasini o’rgandim.

2017-yilda avgust oyida Inha Universitetidan bir yillik akademik ta’til oldim. Shu paytgacha olgan bilimlarim va o’rganayotgan bor tajriba va malakalarimni sizlar bilan bo’lishishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim va shu blogni yaratdim.

Maqsadlar!

Aslini olganda maqsadlarim juda ko’p.

Muallif

Yuqorida aytganimdek bir yil davomida ingliz tilidan bilim olib ielts sertifikatiga ega bo’ldim va yana bir yil Inha universitetida ingliz tilidan olgan bilimlarimni mustahkamladim. Kelajakda shu blogim orqali ingliz tilidan olgan bilimlarimni ham siz bilan o’rtoqlashish niyatidaman.

Blogni yaratishdan asosiy maqsad:

«Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur»

Mahmudxo‘ja Behbudiy. Ehtiyoji millat (1913)

Kelajak — biz yoshlarning qo’lida! Shunday ekan o’z kelajagimizni to’gri va chiroyli qurish ham o’z qo’limizda. Buning uchun esa biz yoshlar bilim olishga, to’g’ri yo’l tanlashga va bir birimizga yordam berishga mahkam bel bog’lashimiz kerak.

Ha bugungi kunda uznet to’g’risida salbiy gaplar ko’p, muhokamalar ko’p. Keling birgalashib bu gaplarni ijobiy tamonga o’zgartiraylik. Buning uchun esa bilim olib xalqimiz uchun, vatanimiz uchun, biz yoshlar uchun foydali malumotlarni ko’paytiraylik.

Bu blogni yaratishimdan asosiy maqsad, xohlardimki O’zbekistondagi har bir yosh o’z shaxsiy blogiga ega bo’lib o’z tajriba va malakalarini o’zgalar bilan o’rtoqlashsin. Va shu ishlarni amalga oshirishda mening blogim katta yordam beradi degan umiddaman.

Hа, inson be kami ko'st bo'lmagani kabi men ham bu illatdan mustasno emasman albatta, agar faoliyatimda ba'zi xato va kamchiliklar uchrab qolsa sizlardan oldindan uzr so'rayman va bu xatolarni siz kabi chin do'stlar yordamida to 'g'irlashga harakat qilaman.

Do'stlar, shuning bilan qisqacha tarjimai holimni xozircha to'xtatib turaman. Sizlarning fikr va mulohazalaringizni kutaman. Xayr!

Hurmat bilan Oxunjon G'aybullaev

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Please share to your friends:
Comments: 26
  1. Akram

    Oxun to'g'ri is boshlabsiz, ishlaringizga Omad. Qani endi uzbek Iliada ham malumot ko'paysa Judea hardship is bo'lardi

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, Ha, foydali ma'lumotlar ko'paysa yaxshi bo'ladi.

  2. Sardor

    Salom Oxunjon aka menga Maqola yozib pul ishlash haqidagi maqolangiz yoqib qoldi, men ham maqola yozib pul ishlamoqchiman, faqat pulini paynet yuli bilan olsam buladimi.

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom! Loyihaga qiziqqaningiz uchun rahmat. Farqi yo'q paynet bo'lsa paynet. Faqat maqola talablarga javob berishi kerak.

      1. Nilufar Rajabova

        Hi it is very well

  3. To'lqinjon

    Salom. Ijodingizga qoyil qoldim. Mening ham bir g'oyam bor, lekin sizdek dasturchi emasman, balki birga ishlarmiz?

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Raxmat. Men ham unchalik dasturchi emasman (((. Birga ishlash uchun takliflaringizni bersangiz yaxshi bo'lardi. Yaqinda «Sheriklik dasturi»ni ochdim. Agar qiziqtirsa manabu yerda tonishishingiz mumkin: sherik.ru/mualliflar-uchun-qollanma/ va bu yerda: sherik.ru

  4. Muxriddin

    Oxun Qalesan ?

  5. Zinnura

    Fikrim oʻchib kettimi?

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Ha sayt haqidagi fikringiz, saytning aloqa bo'limida qoldiribsiz, turibdiyu (((

  6. Zinnura

    Admin sayt haqida fikrlarim oʻchib kettimi?

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Qaysi fikringiz? Bu saytda moderatsiyadan o'tgan hech qanday fikr ochmaydi.

  7. Исроил

    Салом мен WebManey очдим профилем остидаги карта WMG булиб келди менга. WMZ керак эди урнини Канаде узгартирса булади

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, o'zgartirish kerak emas, yangittan wmz oching, tanlash imkoniyati bor ochayotganda.

  8. Isroil

    Жавобингиз учун каттокон рахмад яхши фикирлар экансиз Мен барибир тушунмадим сиз аетгандае WMZни танласам шунда Profilim пастрогдаги qarta ёнидаиккита qarta паедо буладими 1 чидаги WMG 2 чиси WMZ шундаеми. 😡

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, create yoki a new wallet tugmasini bosasiz va hamyon turini tanlaysiz, tezda ochiladi. Telefon orqali qilsangiz yani ilovasini ornatib qilsangiz oson boladi.

  9. Учёный

    Salom alekum og`a yacshimisiz charchamang. Maqola yozishga qiziqaman oldin maqolalar yozanganman. Menga yordam berib yuboring registratsiya va bir necha muommolar bo`lmoqda. doimiy hamkorizga aylanardim menga telegramdan yozib yuboring @Scholar2216 sizni kutaman

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Assalom alekum, raxmat. Hozirda saytdan registratsiya qilish xizmatini olib tashlaganmiz, maqola yozib topshirishni telegram orqali qilamiz, ozim siz bilan bog'lanaman.

  10. Aziza Eshdavlatova

    Assalomu alaykum, sayt haqida fikrlarim faqat ijobiy. Bo'larkanku?! O'zbek tilida shunday tushunarli, samimiy va foydali maqolalar yozsa! Men shu turdagi maqolalarning ruschasini o'qib, (tushunolmay) juda charchab ketgandim.

  11. Nilufar Rajabova

    Hi it is very well

  12. Nilufar Rajabova

    Oxunjon aka maqola yozish va sotish loyihangiz juda zo'r taklif. Ayniqsa talabalar uchun. Lekin mablag'ni hisob raqam orqali yuborishni imkoni ham bo'lganda juda zo'r bo'lardi.

  13. Mansurali

    Sayt dizayni va mazmuni menga ma'qul bo'ldi. Ancha ma'lumot olishim mumkin ekan. Oxunjonga KATTA RAHMAT!!!

  14. Oxunjon

    Asalom alekum aka o`zim endi html css JavaScript ni YouTubeda ko`rib o`rgandim, (chala) lekin qaysi studiada ishlashni bilolmayapan?

    Visual Studio ni chumayapan...

    Breceds dot io ni ishlatey desam u ham yopilibdi.

    Atomga tushunmayapan nimani maslahat berasiz?

  15. Hojibek

    Blog ochish uchun davlat organidan ruxsat kerakmi

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. blog ochish uchun hech kimdan ruxsat olishingiz kerak emas

  16. Feruz Abdullayev

    Salom aka yaxshimiz yordamiz kere qiwi kashelok orali pul tòlov qildirgan aldab dòstimni qande yordam berolasiz imkon bòlsa 99 212 28

    08 wu raqamdamn

Leave a Reply

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: