Blog Oxunjon Gaybullayeva

E-Mail elektron pochta qanday ochiladi?

mail elektron pochta ochish


Assalomu-aleykum! Har doimgidek siz bilan yana Oxunjon. Bu maqolamdan E-Mail elektron pochta qanday ochish haqida bilib olasiz.

Shuni aytishim kerakki elektron pochtaga ega bo’lish juda ko’p ishingizni osonlashtiradi. Agar o’zingiz ham kuzatgan bo’lsangiz Internetda har bir ishda pochta manzilingizni so’rashadi.

Bu pochta manzillar Gmail, Yandex, Mail, kabi pochtalar bo’lishi mumkin. Gmailda pochta ochishni bilmasangiz “Gmail elektron pochta qanday ochiladi?” nomli maqolamdan o’rganishingiz mumkin.

Bu maqolamda esa Mail pochta ochish haqida yozdim. Gapni kamroq qilib amaliyotga o’ta qolaylik!

Ha aytgancha maqola davomida bir yangilikdan xabardor bo’lasiz, shuning uchun maqolani oxirigacha o’qing!

Demak, pochta ochishni boshlaymiz,  huh!!!

Bunda muammo qolmasligi uchun video va tekst shaklida tushintirishga harakat qildim.

Videoni ko’rib chiqing:

Tekst ko’rinishini o’rganib chiqing:

Ishni manabu ssilkaga kirishdan boshlang! “Registratsiya”.  Quyidagi rasm va ko’rsatmalardan foydalaning.

Rasmni yaxshiroq ko’rish uchun ustiga bosing!

E-Mail elektron pochta qanday ochiladi?

Rasmda to’ldirishingiz kerak bo’lgan barcha etablar son bilan ko’rsatilgan. Har bir etabni o’sha sonlarga mos ravishda tushunturib chiqdim.

O’qish tavsiya etiladi: Internetda pul ishlashning TOP 19 yo’li: mashhur saytlar va servislar to’plami+shaxsiy tajribalar

Demak:

1. Ismingiz.

2. Familiyangiz.

3. Tug’ilgan sanangizni: KUN/OY/YIL

4. Erkak  yoki ayol ya’ni jinsingiz.

5. Foydalanuvchi ismingizni kiriting! Unutmang bu sizning shu pochtadagi ismingiz bo’ladi ya’ni sizni shu bilan topishadi. Agar siz tallagan foydalanuvchi ism mavjud bo’lsa ya’ni kimdir bundan foydalanyotgan bo’lsa, unda boshqa bironta nom tanlashingizga to’g’ri keladi.

6. Elektron pochtangiz uchun parol kiriting. Parolni uzunroq va qiyin qilib tanlang! O’z ismingizni yoki tug’ilgan  sanangizdagi raqamlardan foydalanmang (parolni keyinroq ham o’zgartirsangiz bo’ladi) va bu albatta xavfsizlik uchun. Keyinchalik, bu parol bilangina o’z pochta kabinetingizga kiraolasiz, shu sababli bu parolni saqlab qo’ying!

7. Yuqorida oltinchi etabda kiritgan parolingizni tasdiqlash uchun bu yerga ham to’g’ri kiriting!

8. Telefon nomeringizni kiriting!

Shu bilan, har bir etabdagi malumotlarni kiritib bo’lganingizdan so’ng qizil ramka bilan ko’rsatilgan tugmani bosing!

Bu bilan keyingi bosqichga o’tasiz va bunda robot emasligingizni isbotlash uchun tasodifiy tarzda almashinib turadigan harf va sonlardan iborat birikmani quyidagi rasmda ko’rsatilgan joyga kiriting va Продолжить tugmasini bosing!

E-Mail elektron pochta qanday ochiladi?

Elektron pochtangiz endi tayyor. Xohlasangiz rasmingizni kiritishingiz ham mumkin.

E-Mail elektron pochta qanday ochiladi?

E-Mail elektron pochta qanday ochiladi?

Yuqorida pochtangizning boshlang’ich ko’rinishi. Vuh!

Pochtani ishlatish xuddi shu joydan boshlanadi.

Mana endi siz ham bilasiz, mailda pochda qanday ochililshini.

Agar pochta ochish bo’yicha tushunmagan joyingiz yoki pochtani yuritish bo’yicha savollaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring! Blogdagi yangi, qiziqarli maqolalarni o’tkazib yubormang. Va shu hozir ochgan pochtangizga birinchi xabarni olish uchun blogimga OBUNA bo’ling!

DIQQAT, YANGILIK:

“Javadan boshlang’ich ” nomli mini kitobimni yozib tugatdim. Bu kitobda siz Java dasturlash tilidan boshlang’ich bilimga ega bo’lasiz.  Bu kitob manabu ssilkadan BEPUL yuklab olishingiz mumkin. Lekin kursni  yuklab olishda ham manashu hozirgi ochgan pochtangizga o’xshagan pochtalar so’raladi va siz pochtangizni kiritib kursni yuklab olasiz.

Men esa siz bilan xayrlashaman, xayr!

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

Рейтинг
( 4 assessment, average 3 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 29
  1. Shaxzodbek

    Emailni qande ishlatadi

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom! Aynan nimani bilmoqchisiz? Shuni aytsangiz ko’proq ko’rsatma bera olaman. pochtani ishlatish Compose kimgadir xabar yozish uchun, Inbox kelgan xabarlarni sizga ko’rsatish uchun xizmat ko’rsatadi.

  2. nazarbek

    autodata qanday skachat qilinadi javobni emailga qoliring saidnazarsaidov@bk.ru

  3. Zafar

    Salom! Men telefonimga mail.ru da pochta ochuvdim hozir u telefonim ishlamayapti buzulgan. Yangi telefonimda usha pochta manzilimni ocholmayapman. Faqat nomini bilaman paroli esimdan chiqqan qayta tiklashga yozyapman bumayapti nima qsam buladi maslahat bering.

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Забыли пароль? degan joyiga bosib barcha so’ralgan ma’lumotlarni kiritib chiqing, shu joyda qo’shimcha kiritgan pochtangizga bir kun ichida javob berishlari kerak. Agar o’sha parolini yo’qotgan pochtangizga ro’yxatdan o’tish paytingizda qo’shimcha pochta va telefon raqamingizni biriktirgan bo’lsangiz o’sha pochta yoki tel raqamingiz orqali parolni tiklash mumkin.

    2. Umirzoq Qochqorov

      :cool: :idea: :idea: :evil: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :mrgreen: :razz: :razz: :oops: :oops: :oops: :oops:

  4. dilnoza

    Salom! Adobe photo shop dasturi haqida ma’lumot kerak va power point dasturida taqdimot qilishni ham o»rgating iltimos bundan tashqari yana qanday dasturda taqdimot qilish mumkin

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Adobe fotoshop haqida bir og’iz gapda to’liq ma’lumot berib bo’lmaydi. Sizga qanday ma’lumotlar kerak, dasturni kompyuterga o’rnatishmi, dasturda ishlash bo’yichami, qanaqa? Taqdimot qilish uchun Pover point dasturidan tashqari LibreOffice Impress, Google Slides, Prezi larda qilish mumkin. Va yana Apple Keynote dasturida ham taqdimot qilish mumkin, lekin bu programma Windowsda ishlamaydi, agar Sizning kompyuteringiz macOS yoki iOS bo’lsa ishlata olasiz.
      Power Pointni ishlatish haqida maqola yozishga niyatim bor.

  5. Damir

    salom e-mail ocholmayabman ошибка 500 deb yozyabdi nima qilay

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, bu oshibka vebsaytning serveri bilan bog’liq, bu yerda sizning qilishingiz mumkin bo’lgan bir nechta ish bor: 1. sahifani yangilab ko’ring, 2. Brauzeringizning keshini, cookiesini tozalab qayta urinib ko’ring yoki keyinroq urinib ko’ring

  6. D

    salom savolim boridi.email im bor internet magazindan tovar zakaz qilmoqchi bolsam email soriydi. yozsam royxatdan otmagan dib qabul qilmayabti nima qilishim kerak

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Siz oldin o’sha internet magazinda ro’yxatdan o’tib o’zingizga alohida akkaunt ochib olishingiz kerak. Ba’zi internet magazinlarda shunday

  7. Diyorbek

    o‘zbek tilidagi e-pochta ocholmayabman! sababi loginni xato berayabdi login topolmayabman qanday login yozishim mumkin? Diyorbek 99 354 68 40

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, mail.ru saytidan ro’yxatdan o’tmoqchi bo’lsangiz, bir nechta variantlar bor, masalan: mail.ru, list.ru V.H.K. umuman ishlatilmagan nom tanlash kerak va uni saqlab qo’yishingiz kerak.

  8. Diyorbek

    Salom oxunjon sizning javobingizdan qoniqmadim! CHunki men umail.uz dan e-pochta ochmoqchiman loginni xato deb chiqarayabdi hamma yozganlarimni (invalid) deb yozayabdi. Qanday login yozsam e-pochta ochaman? umail.uz da e-pochta ochishni video ko‘rinishda o‘rgatsangiz! loginni mukamal o‘rgating!

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, mail.ru sayti haqidagi maqolada izoh qoldirganingiz uchun mail.ru da deb o’ylabman. umail.uz saytidan pochta ochib ko’rmagan ekanman. Hozir ochdim. Xullas: Login degan joyga uzunroq narsa tanlash kerak va uni sizdan oldin hech kim yozmagan bo’lishi shart, har qil variantlarni sinab ko’ring. Asosiy pochta qutisi 6 harfdan ko’p bo’lishi lozim. Hozir video yozib youtubeda joylashga vaqtim yo’q. Agar shunda ham invalid deb chiqsa, pastroqda Qayta aloqa degan joyga kirib sayt adminlaridan so’rang.

  9. Diyorbek

    Salom oxunjon, akount haqida hech narsa bilmayman! akount nima o‘zi? Menga nima uchun kerak? Qayerda ishlataman? Qanday foydalanaman? Foydasi va zarari haqida ko‘proq malumot bersangiz!

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, Akkaunt – hisob raqami degani. Masalan, umail.uz yoki mail.ru dan ro’yxatdan o’tganingizda, sizda akkaunt ochiladi, ya’ni shaxsiy akkaunt. Men ko’pincha akkaunt deb ishlatib ketaman. Sizga kerakligi, foyda va zarari saytning ko’rsatadigan xizmatiga qarab bo’ladi. umail.uzda kimgadir xabar yuborishingiz mumkin va xabar qabul qilishingiz mumkin. Foydasi ishingizni osonlashtiradi.

  10. Anvar

    Telegramda kiradigan akkaunt ni qanday ochamiz aka

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, nima demoqchisiz tushunmadim?

  11. samrat

    Asalomu aleykum Oxun aka yaxshimisiz charchamasdan yuribsizmi men sizni darslaringizni kuzatib boraman darslaringizni yaxshi obdon tushuntirib borasiz lekin man english tilini bilmasligim uchunmi vep sayt ocholmayapman yoki men qo’ltilifoni bilan kirayotganim uchun shunaqa bo’lyaptimi Oxun aka shunga nima maslaxat berasiz javob uchun oldindan raxmat ?

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, kompyuterdan foydalaning sayt ochish uchun.

    2. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, Sayt ochmoqchi bo’lsangiz, kompyuterdan foydalanganingiz yaxshi.

  12. dasre zacffdg

    :evil: :evil: :evil: :sad:

  13. Nursulton

    Salom. Men zoomdan regstratsiyadan o’tish uchun gmail ochgandim. Zoomda regstratsiya da _sizning gmailingizga kod yuborildi_deyapti lekin pochtamga hech Nima kelganini korsatmayapti. Oldin gmaildan foydalanmaganman. Nega bunday bolyotganini tushunta olmasizmi.( Gmailimga kelgan bolsa korinmiptimi yoki boshqa sabab bolishi mumkinmi)

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, spam papkani ham tekshiring, shunga kelgan bo’lishi mumkin, kiritgan pochta manzilingizni tekshiring – to’g’rimi yoki yo’q shuni tekshiring.

  14. Oyatulloh

    Assalomalekum telegiramga kelgan paroldi ocholmayspman emayildan topolmayapman

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Valeykum salom. Aslida kod qaysi telefon raqamga ochgan bo’lsangiz o’sha raqamga sms bo’lib keladi. Agar pochta ham kiritgan bo’lsangiz, spam papkani ham tekshiring!

  15. Abaptajon

    ;-) ;-) ;-) ;-) ;-)

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: