Qaysi sohada sayt ochishni bilmayapsizmi? Unda siz to’g’ri manzildasiz.


Internetda pul topish yo’llarini izlab yoki o’zingiz yaratgan biron maxsulotni (kitob, video kurs, shunga o’xshashlar) sotish yoki tarqatish yo’lini izlab, axiyri blog yaratishga qaror qilgan bo’lsangiz, unda eng muhim birinchi qadamni tashlabsiz.

Salom, men Oxunjon, sizni juda yaxshi tushunaman va shuning uchun ham bu maqolani yozishga qaror qildim. Bu maqolamda blogingiz sohasini tanlashda sizga yordam beradigan maslahatlarni kiritdim.

Blog yuritish siz uchun qanchalik muhim, zarur bo’lsa, to’g’ri sohani tanlash shunchalik muhim.

Nega?

Buni tushunish uchun bloggerlikda blogger qiladigan ishlarni to’liq ko’z oldingizga keltira olishingiz kerak. Bu uchun, agar mening “Blog yurutishning isbotlangan 10 ta asosiy yo’llanmasi yoxud blog yaratishda nimalarni bilish kerak?” nomli maqolamni o’qib chiqsangiz, siz savolga deyarli javob olib bo’lasiz.

Faqatgina, o’z sohangizni tanlashingiz kerak.

Bir inson ko’p sohada bilimga ega bo’la oladi. Albatta mukammal bo’lmasligi mumkin, lekin kimgadir  biron foydali narsa o’rgata oladi yoki keyinchalik bilimini mustahkamlab, shu davrda o’rganganlarini bilmagan insonlarga o’rgata oladi. Shunga ko’ra har xil soha tanlashingiz mumkin.

Lekin, soha tanlashda eng asosiysi o’zingiz sevgan, qiziqqan va keyinchalik boshi berk ko’chaga kirib qolmaydigan soha tanlash haqida o’ylashingiz kerak.

 

MIYA BO’RONIni boshlash vaqti keldi.

Qaysi sohada sayt ochishni bilmayapsizmi? Unda siz to'g'ri manzildasiz.

Miya bo’roni – bunda siz miyangizda, hayolingizda aylanib yurgan barcha fikr va g’oyalarni bir qog’ozga tushurasiz, yaxshisi, bu uchun bitta katta daftar oling! Chunki:

 

Yozilmagan fikr, yo’qotilgan xazina.

A. P. CHexov

 

Fikrlar, g’oyalar, yo’nalishlar qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Siz 100, 200 yoki 300 balkim undan ham ko’p hayolingizga kelgan, to’g’rirog’i shular bilan blogging olamida yashay oladigan fikr va g’oyalarni yozdingiz.

Qaysi sohada sayt ochishni bilmayapsizmi? Unda siz to'g'ri manzildasiz.

Yoza olmasangiz ham qo’lingizdan keladigan ishlar yoki kichik bo’lsa ham biron sohadagi tajribangiz haqida o’ylang, masalan: Oshpazlik, dehqonchilik sirlari (qanday yaxshi hosil olish haqida), go’zallik sirlari, o’qish tizimi, dasturlash tillari( Java, C++, … ), chet tillarni o’rgatish, dunyo yangiliklari, matematik yoki fizik va hakazo.

 

Yuqorida yozganlarim bilan kimgadir g’oya berib, ilhomlantirib yuborgan bo’lsam ajab emas.(((

 

Endi, bularni umumiy bitta g’oyaga jamlashingiz kerak, bu turli xil insonlarni bitta bayroq ostida jamlashga o’xshaydi.

Blogni rivojlantirishda o’quvchilaringiz bilan muloqatda bo’lish juda muhim. Kommentariyada berilgan savollarga javob berishingiz kerak, ba’zan o’quvchilaringiz yuzlashgan muammolarni yechishingizga to’g’ri kelishi mumkin. Demak, miya bo’ronida ajralib chiqqan zarralarni jamlashda, shularga e’tibor berishingiz kerak.

Agar aniq bir g’oya ostida barcha fikrlaringizni to’plagan bo’lsangiz va e’tibor bersangiz, hozir qilgan miya bo’ronida keyinchalik blogingizga yozadigan maqolalar sarlavhasi ham ko’rinadi.

 

Siz o’zingiz biladigan va o’rgata oladigan, qisqacha aytganda ichida yashay oladigan sohani tanlagandirsiz, lekin bu insonlarga qanchalik kerak, axir siz mehnat qilib maqolalar yozib malumotlar bersangiz-u, hech kim o’qimasa, foydalanmasa.

Kerakmi yo’qmi, buni bilish uchun, o’zingiz har doim foydalanadigan qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Yahoo va hakazo) xizmatlaridan foydalaning. Bu qidiruv tizimlari xizmatlaridan so’zlar, savollar oyiga nechchi marta so’ralganini bilib olasiz va miya bo’ronidagi natijalar bilan solishtirasiz.

Bu xizmatlardan foydalanishni o’rganish ham katta mavzu bo’lib ketadi, shuning uchun bular haqida keyingi maqolalarimda yozaman, hozircha, o’tkazib yubormaslik uchun blogimga OBUNA bo’ling!

Solishtirish natijasi sizga to’g’ri kelsa ya’ni haqiqatda internetdan siz tanlagan sohaga oid savollar so’ralgan bo’lsa darhol sayt yoki blog yaratishni boshlab yuboravering.

Hozir qilingan yaxshi reja, keyingi oylarda qilingan mukammal rejalardan ba’zida ustun turadi, chunki bu vaqt ichida siz ancha ish qilib bo’lasiz. Yaratish uchun boshlang’ich amaliy yordamni esa mening “WordPressda blog yaratish” nomli mini kitobimdan olasiz.

Agar qidiruv yoki izlanish natijalari kutilganidek bo’lmasa, miya bo’ronida qilingan qog’ozni yirtib yuborishga shoshilmang. Albatta sohani qayta o’ylab ko’ring, lekin shoshilmang. Chunki, o’zbekistonda biron narsani bilish uchun internetdan malumot qidiradigan kam, buni o’rniga kimdandir so’rab qo’ya qolishadi yoki internet ularga nimalar berishi mumkinligini yaxshi bilishmaydi.

Internet va axborot zamonida yashayapmiz, demak, internetga bo’lgan talab kuchayadi, lekin, kamaymaydi. Shuning uchun o’z blogingizni yaratishni boshlang va o’z sohangiz QIROLI bo’ling.

Endi, xayrlashish vaqti, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

 

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 17 mins

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 118Publics: 120Registration: 04-10-2017
Like this post? Please share to your friends:
Leave a Reply
Tarmoq orqali kiring: 

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: