Salom blogimning o’quvchilari! Ushbu maqolada sayt yurutuvchilar uchun (Webmaster, blogger, va boshqalar uchun) va internetdan ko’p foydalanuvchilar uchun juda muhim ma’lumot bermoqchiman. Ya’ni bu saytdagi virus va qanday qilib olib tashlash, oldini olish to’g’risida bo’ladi.
Yaqinda meni saytimga (ushbu saytga) ham virus tushdi va saytim yo’qolib qoldi va buni tozalatish uchun 2000 RUBLE sarflashga to’g’ri keldi. Bu kabi viruslarlar sayt egalariga ham sayt foydalanuvchilariga ham katta zarar yetkazadi.
Shu o’rinda sayt foydalanuvchilariga eslatib o’tmoqchiman, agar siz biror saytga kirganingizda, sizni darhol boshqa saytga yo’naltirib yuborsa va qandaydir bir so’rovlarni to’ldirishni yoki tugma bosishni so’rasa darhol bu saytdan chiqib keting, har qanday kichik yoki katta hatti harakatlaringiz natijasida kompyuteringizga zararli (virusli) dasturlarni o’rnatib qo’yish mumkin.
Odatda, vebsayt kontentni boshqarish tizimlari (WordPress, Joomla, Drupal va hokazo) va ular uchun yaratiladigan plaginlardan virus yuqtiradi. Bu ish uchun ikkita turli xil senarolar bo’lishi mumkin. Siz rasmiy yoki rasmiy bo’lmagan omildan virus yuqtirilgan faylni yuklab olgan bo’lishingiz mumkin yoki yangilashlar (obnavit qilish) hakkerlar ishlatadigan xatoliklarni (kamchiliklarni, zaifliklarni) o’z ichiga olgan bo’lishi mumkin.
Hakkerlar zaifliklar haqida ma’lumotni saqlashadi va o’zining navbatdagi qurbonini topish uchun turli xil saytlarni tekshirishadi.((( Uni topgach, ular spam yuborish, turli xil ma’lumotlarni o’g’irlash yoki foydalanuvchini boshqa veb-saytlarga yo’naltirish maqsadida zararli dasturlarni yuklash uchun zaiflikdan foydalanishlari mumkin.
Boshqa senaryolar bo’lishi ham mumkin, lekin imkoniyatlar past.
Mening veb-saytim virus yuqtirganini qanday tushunsam bo’ladi?
Ko’pgina hollarda, signal brauzer, Desktop antivirus yoki veb-boshqaruvchi paneli orqali yuboriladi. Siz quyidagi bepul xizmatlardan foydalanib bilishingiz mumkin:
Agar veb-saytimga virus yuqqan bo’lsa nima qilishim kerak?
- Dasturiy ta’minotingizni yangilang. Yangi zaifliklar aniqlangach, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar ularni tuzatish uchun yangilanishlarni chiqaradilar. Men faqat rasmiy veb-saytlardan foydalanishni tavsiya qilaman: WordPress, Joomla!, Drupal.
- Ruxsatsiz plaginlarni o’chiring. Faqat rasmiy ishlab chiquvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan plaginlarni o’rnating. Agar siz biron-bir pullik plaginning «bepul nusxasini» topsangiz, unda zararli dastur mavjudligi ehtimoli katta. Infektsiyalangan veb-saytni tuzish o’rniga, haqiqiy plaginga pul to’lab ishlatgan yaxshiroq.
- Parolni o’zgartiring. Login va parol email yoki desktopda (kompyuter) saqlanadigan va FTP yoki CMS (Control Manegement System – WordPress…) admin panelidan foydalanuvchi saytlarga virus tushishi keng tarqalgan senariy. Server boshqaruv paneli, FTP / SSH-akkauntlar, MySQL va CMS-ga kirish uchun parollarni o’zgartiring. Bosh va kichik harflar, maxsus belgilar va raqamlar bilan 10 dan ortiq belgilarni o’z ichiga olgan kuchli parollardan foydalaning. Siz bunday parollarni yaratish uchun bepul xizmatlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Umuman olganda kuchli parol yaratish va uni ishonchli saqlash to’g’risida “Biznes kaliti” nomli VIDEO kurs yozganman. Bu kursdan foydalanish sizga albatta yordam beradi.
Kursga ssilka: BIZNES KALITI
- Zaxirani tiklash. Agar veb-saytingiz infektsiyalangan vaqtni bilsangiz, shu paytgacha yaratilgan zaxirani qayta tiklashingiz mumkin. Bu sizga virusni davolashdan qochish imkonini beradi.
Ha, siz saytingiz fayllarini ZAXIRAga olib borishingiz mumkin. Shunda saytingizga biron gap bo’lsa darrov ZAXIRA fayllar bilan saytingizni qayta tiklasa bo’ladi.
Zaxirani nimaligi va uni qanday qilib borish to’g’risida alohida maqola yozganman, albatta bu bilan ham tanishib chiqing: SAYT ZAXIRASI QANDAY QILINADI?
Saytga VIRUS tushishidan qanday qochish mumkin?
- Faqat dasturni yuklab olish uchun ishonchli manbalardan foydalaning.
- Kuchli shifrlarni yarating va foydalaning va uni brauzerda saqlamang.
- Zaxira jadvalini (tartibini) sozlang.
- Yuqorida berilgan xizmatlardan foydalanib saytingizni tez-tez tekshirib turing!
Albatta sayt yuritish davomida yuqorida aytilgan qoidalarga amal qilib boring! Sayt yuritish davomida, shaxsan o’zim ikki marta jiddiy xatarlarga (hakkerlar xujumiga) duch kelganman. Xudoga shukur hech qanday jiddiy talofat ko’rmadim.
Internetda ham hayotdagi kabi osongina daromad orttirish niyatida yurganlar soni ancha, asosiysi shuni unutib qo’ymang!
Sizlar bilan xayrlashishdan oldin blogimga OBUNA bo’lishingizni so’rab qolaman.
Endi esa xayr!
Muallif: Oxunjon G’aybullayev.
men ham maqola yozmoqchi edim qanday mavzularda maqola yozsam bo’ladi.
https://uzinterbiz.com/ish-orinlari