Konkurslar? O’HO’! Mana senga…
Salom – salom, mening hurmatli do’stlarim!
Demak, tara-ta-tannn, cheksiz va qiziqarli bellashuvlarni (Konkurslarni) qabul qiliing! Bularning ba’zilari vaqti kelib yopiladi, ba’zilari esa shu blog bor ekan, davom etaveradi. Albatta, blog yuritish davomida men, har xil qiziqarli bellashuvlar o’tkazib turaman, bunga ishonavering!
Shuning uchun blog yangiliklariga shu yerda obuna bo’ling.
Bu sahifada men, bellashuvlardan tashqari, bellashuvlarga oid har xil aksiyalar o’tkarib turaman. Mana shunaqa)
DIQQAT, DIQQAT! BLOGDA YANGI BELLASHUV. BELLASHUV 1 OY DAVOM ETADI. BUGUN CHISLO: 22.07.2018.
Salom do’stlar! Sizlar bilan men Oxunjon G’aybullayev. Bir oylik yangi bellashuv bilan tanishing! Bir oy davomida blogdagi har bir yangi yozilgan maqolaga birinchi bo’lib izoh (Kommentariya) qoldirgan shaxs 50 rubl pul sovg’asiga ega bo’ladi.
Bellashuv sharti: Izoh aynan shu mavzu yuzasidan bo’lishi kerak, ya’ni maqola yuzasidan. Maqolaga gap yo’q, zo’r maqola, yaxshi chiqibdi kabi izohlar qabul qilinmaydi. Izoh, bellashuvga chaqiruvchi, mushohada qilishga undovchi, mavzuga oid bahsga chaqiruvchi bo’lishi kerak.
Maqola chop qilinganligini birinchilardan xabar topish uchun esa blogimga obuna bo’ling.
Bellashuvda qatnashing va g’olib bo’ling!
Izohlar bellashuvi
Bugun 2018 yilning 1 chi iyuli va men o’zimning shaxsiy blogimda “Izohlar bellashuvi” deb nomlangan, har oy o’tkaziladigan bellashuv joriy qilishga ahd qildim.
Buning manosi nima?
Demak, asosiy qoidalar:
Har oyning oxirida, aniqrog’i 30 chislo kuni men, blogimda yozilgan barcha maqolalarga izoh ( kommentariya ) yozishda eng faol qatnashgan kommentatorlarni aniqlayman.
G’oliblarni shaxsan o’zim aniqlayman. Keyingi oyning 1 chi chislosida g’oliblar aniqlanib e’lon qilinadi va ularga tantanali ravishda sovg’alar topshiriladi!
Blogimda hammadan eng ko’p sharh ( kommentariya ) qoldirgan shaxs – MUKOFOTLANADI. Sovrinli o’rinni egallash uchun esa, bir oyda kamida 25 ta kommentariya ( izoh ) yozishingiz kerak. 25 ta kommentariya yozganingizdan keyin Siz, faqat shu marrani egallagan boshqa shaxslar bilan bellashasiz.
- 1 chi o’rin uchun sovrin – 100 rubl, xohlagan pul o’tkazish yo’li bilan: WebMoney, Yandex.Dengi, Qiwi, Visa…
- 2 chi o’rin uchun sovrin – 50 rubl
- 3 chi o’rin hozircha yo’q. Keyinroq biron nima o’ylab topamiz(((
“Raxmat, zo’r maqola”, yoki “Muallifga raxmat, yana yozing” kabi sharhlar – hisoblanmaydi. Yana, bir-birovga raxmat aytishlar hisoblanmaydi, masalan: “Raxmat” va tamom. Raxmat aytish hech kimga taqiqlanmaydi, lekin bellashuvda bu kabi sharhlar hisobga olinmaydi. Iltimos shularni e’tiborga oling.
Mazmunli izoh qoldiring. Bular nafaqat menga kerak, balki Sizni ham shaxs sifatida obro’yingizni oshiradi.
Albatta, men spam kommentariyalarni hisobga olmayman, bunga AntispamBee plagini yo’l qo’ymaydi, va yana boshqa saytlarga ssilka beruvchi izohlar qabul qilinmaydi.
Izohlarda, maqtash yoki tanqid qilish shart emas. Mavzu yuzasidan tortishish, o’z bilimini ko’rsatish bu yaxshi. Sunday ekan, sharhlar bering, savollar bering, maslahat bering, fikringizni, tajribangizni baham ko’ring, boshqa sharhlovchilarga javob bering, munozaralarga qo’shiling, bahslashing, tanqid qiling – faqat odob doirasida. Bularning hammasiga ruxsat bor.
Aytgancha, blogimning o’ng qismidagi vertical bo’limda ( saydbar ) “Eng yaxshi izohchilar: Izohlang va pul ishlang” deb nomlangan panel joylashgan:Unda 6 ta eng yaxshi izohchilar ko’rsatiladi. Siz ham shu yerda ko’rinishni istaysizmi? Buning uchun internetda o’z avataringizni yaratib oling!
Quyida, har oy bellashuvda eng faol qatnashib birinchi o’rinni egallaganlarning suratlari va ularning blog yoki ijtimoiy tarmoqlardagi profillariga ssilkalar berib boriladi.
FOTO JADVAL
Diqqat: Kimning bu ro’yxatga uch marta ismi tushsa u qo’shimcha sovgalar bilan taqdirlanadi.
Harakat qiling! Sizga omad! Keyingi oyning 1 chi chislosida, g’oliblarni taqdirlash marosimida ko’rishguncha, xayr!
Muallif Oxunjon G’aybullayev
Albatta qatnashamiz aka
Ha albatta qatnashing va g’olib bo’ling! Ha aytgancha, gravataringizni ochib olsangiz yaxshi bo’ladi. Qanday ochishni manabu ssilkadan kirib bilib olishingiz mumkin http://uzinfobiz.ru/avatar-yaratish.html
Bering savolizni Oxun aka
zo’r bellashu ekan