Okhunjon Gaibullayev's blog

Instagramdan rasm va video qanday yuklab olishni bilmaysizmi? Marhamat…

Rasm, foto va video yuklab olish


Salom blogimning o’quvchilari! Ushbu maqola sizga Instgramdan rasm va videoni qanday qilib android qurilmangizga saqlab qo’yishni o’rgatadi.

Demak, Instagramda rasm yoki videoni qurilmamizda saqlab qo’ymoqchi bo’lsak, buni qilishning to’g’ridan-to’g’ri yoli yo’q. Buni qilish uchun esa qo’shimcha kontentlarni saqlab qo’yadigan qurilmalardan foydalanish kerak bo’ladi.

Ushbu maqolada shunday qurilmalarning biridan foydalanib instagramdan rasm va video olishni ko’rsataman.

Mobil android qurilmangizdan Play store ga kirib  Inst download video$Photo deb yozib qidiring va quyida rasmda ko’rsatilgan ilovani o’rnatib oling.

Instagram download ilova

Instagram download ilovasini yuklab olish

Ilovani o’rnatib bo’lgandan keyin rasm yoki videoni bemalol saqlab qo’ysak bo’ladi.

Instagramdan rasm yuklab olish.

Instagram ilovasiga kirib saqlab qo’ymoqchi bo’lgan rasmni tanlang va rasmning yuqorisidagi uch nuqtaga bosing! Shunda kichik oynacha ochiladi va bunda Copy Link ustiga bosing! Shu bilan ssilka nuzxasini olasiz. Quyidagi rasmdagi kabi.

Instagramdan yuklab olish uchun rasm tanlash

Endi esa Inst download ilovasini oching!

Instagram download ilovasini ochish

Check URL tugmasini bosing! Siz Instagram ilovasida saqlash uchun tanlagan rasmingizni ko’rasiz. Rasmni saqlash uchun Save Image tugmasini bosing!

Rasm ssilkasini olish

Save Image tugmasini bosgandan so’ng, kichik oynacha ochiladi. Folder Path maydonchasida rasm tushadigan papka yo’nalishini ko’rsak bo’ladi. Undan pastda rasmga nom berishimiz mumkin. Va yakunda Download tugmasini bosamiz.

Rasmni qurilmaga saqlab qo'yishShu bilan rasm yuklab olish tugaydi.

Instagramdan video yuklab olish.

Video yuklab olish ham rasm yuklab olish dek oson. Video yuqorisidagi uch nuqtaga bosamiz va Copy Link ustiga bosamiz.

Instagramdan videoni tanlab olish

Instg download ilovasiga kirib Check URL tugmasini bosamiz va keyin Save Video tugmasini bosamiz.

Instagramdan video ssilkasini olish

Save Video tugmasini bosgandan keyin oyna ochiladi. Video tushadigan fayllar yo’nalishini ko’ramiz. Videoga nom bersak ham bo’ladi. Oxirida Download tugmasini bosamiz.

Videoga nom berish

Rasm hamda videoni yuklash shunday bo’ladi.

Instagramdan yuklab olingan rasm va video

Mana endi siz ham Instagramdan video va rasmni qanday qilib yuklab olishni bilib oldingiz. Savollar bo’ladigan bo’lsa, quyida izohda qoldiring, tezroq javob berishga harakat qilaman.

Shu bilan bugungi maqolaga yakun beramiz, siz bilan esa xayrlashamiz, xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev

 

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: