Salom do’stlar! Bugungi maqola qisqacha bo’ladi va men bu maqolada Instagram kanal ochish haqida ma’lumot bermoqchiman.
Instagram ochish juda ham oson ish, lekin oldin Instagram nima ekanligi haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’laylik
Instagram nima?
Instagram smartfondan foto (rasm), videolarni bo’lishish uchun asos solingan ijtimoiy tarmoq ilovasi.
Facebook yoki Twitterga o’xshab, instagramda akkaunt ochgan har bir odam o’zining profili va yangiliklar lentasiga ega bo’ladi.
Instagramda rasm yoki video qoldirganingizda, u profilingizda namoyon bo’ladi. Boshqa sizga ergashadigan foydalanuvchilar o’zlarining lentasida siz qoldirgan postni ko’rib borishadi.
Shu kabi siz ham, o’zingiz ergashadigan foydalanuvchilar post qoldirishganida ko’rib kuzatib borasiz.
Boshqa ijtimoiy tarmoqlar singari, siz Instagramdagi boshqa foydalanuvchilar bilan aloqada bo’la olasiz, masalan, kommentariya yozish ya’ni izoh qoldirish va shaxsiy xabarlar yuborish kabi harakatlar bilan tasirda bo’lish mumkin. Siz Instagramda ko’rgan rasmlarni saqlab qo’ysangiz ham bo’ladi.
Instagramni qanday qurilmalarda ishlatsa bo’ladi?
Instagram iOS va Android qurilmalarida bepul. Bundan tashqari, internetda kompyuterdan ham foydalanish mumkin, ammo foydalanuvchilar faqat o’z qurilmalaridagi fotosuratlar yoki videolarni yuklashlari va almashishlari mumkin.
Instagramda akkaunt ochish va profilga ega bo’lish.
Instagram dasturidan foydalanishdan oldin, u sizdan bepul akkauntingizni yaratib olishingizni so’raydi.
Siz Facebook yoki elketron pochtangiz orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin, yoki bo’lmasam telefon nomeringiz bilan. Sizga kerak bo’aldigan narsalar faqatgina foydalanuvchi nom va parol.
Instagram.com saytiga kiring! Telefondan yoki kompyuterdan, buni farqi yo’q. Quyida ko’rsatilgan formani to’ldiring!
- Facebookdagi profilingiz orqali ro’yxatdan o’tsangiz bo’ladi, agar sizda mavjud bo’lsa.
- Telefon nomer yoki electron pochtangizni kiriting!
- To’liq ismingizni kiriting!
- Foydalanuvchi nom kiriting!
- Instagram uchun parol kiriting! Parolni saqlab qo’yishni unutmang, chunki Instagram profilingizga kirish uchun shu paroldan foydalanasiz.
- Yuqorida barcha talablarni bajargan bo’lsangiz, Sign up tugmasini bosing va ishga yakun yasang!
Sign up tugmasini bosganingizdan keyin, sizdan profilingiz uchun rasm qo’shish va Facebook bilan ulash kabi takliflar so’raladi. Bular albatta majburiy emas, ularni keyin qilsangiz ham bo’ladi yoki qilmasangiz ham bo’ladi.
Profilni ochgandan keyin, uni sozlab chiqsangiz ham bo’ladi. Ismingizni, rasm, qisqacha biografiya va agar bo’lsa, saytingizni ssilkasini qo’shsangiz bo’ladi.
Postlaringizga yoziladigan izohlar uchun filter o’rnatishingiz mumkin. Bunda sizga keragi bo’lmagan so’zlar qatorini kiritasiz va shunga ko’ra yozilgan izohlarda shu so’zlar qatnashsa, bu izoh yashiriladi.
Instagramdan keyinchalik foydalanishga keladigan bo’lsak, Instagram ilovasini (app) telefoningizga o’rnatib oling! Buni agar telefoningiz IOS sistemasida bo’lsa AppStore yoki Android bo’lsa Google Playdan bepul yuklab oling! Shu bilan sizning Instagram foydalanishga tayyor, foydalaning va zavqlaning.
Yangilik:
Ura-a-a men ham oq doskalik bo’ldim ! Oq doskaning qora ishlari!
Xullas, kecha, ishlarimga kerak bo’lgani uchun oq doska sotib oldim:
Lekin, o’zimda marker (flamaster) bo’lganligi uchun flamaster sotib olmadim, ortiqcha xarid qilgim kelmadi. Shuning uchun doska bilan birga faqat gubka ya’ni o’chirg’ich sotib oldim xolos.
Uyga kelgandan keyin, ne umidlar bilan flamaster bilan yozganimni bilaman, zo’rg’a o’chirdim. Keyin qarasam o’sha flamaster PERMANENT ekan ya’ni uzoq muddatli, doimiy flamaster ekan.
U bilan biron joyga yozsangiz, o’chirish qiyin bo’larkan. Keyin ma’lumot izlasam oq doskaning maxsus markerlari bo’larkan. Boardmarker – deb atalarkan, bu kabi flamasterlar tarkibida suv yoki spirt aralashmasi bo’larkan. Bunday markerni bilish uchun, biron joyga chizib, barmog’ingiz bilan artsangiz barmog’ingizda namligicha turaverarkan. Shularni sotib oldim va muammoni hal qildim.
Aytmoqchimanki ishingiz tushib, doska uchun marker olmoqchi bo’lsangiz, e’tiborli bo’ling! Barcha markerlar ham doskaga tushavermaydi. Ishlaringizga omad!
Ha aytgancha, doska menga 2700 rublga tushdi.
Bu kunga aytmoqchi bo’lganlarim shular edi. Shu kabi qiziqarli ma’lumotlar uchun blogimga OBUNA bo’ling! Agar tushunmagan narsangiz yoki qo’shimcha izohlaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring!
Hozircha xayrlashamiz, xayr!
Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.
Instagram ocholmayapman.parolni tersam telim qotib qolyapti
Oson iwku!!
Assalomu aleykum menga instagram ochishni orgating
:mrgreen:HUAWEIDRA-LX2
A
Instagramda ochilgan profilni yana qayta tiklasa buladimi agar iloji bulsa qanday?
Salom, ro’yxatdan otganda tel nomer yoki povhta manzilni kiritgan bolsangiz qayta tiklasa boladi yani parolni esdan chiqargan bolsangiz, parolni qayta tiklashda yordam beradi.
Instagramda qanday qilib kanal ochsa bi’ladj
Instagr direct tiga padpiskezdan boshqa odam yozolmidgan qlsa.boladimi
😍
Assalomu aleykum Umuman tushunmadm men instagram ochmoqchiman uni menga aniq qilib tushuntirishni iloji yoqmi
Afra8888
Salon
Salom
Xoxlasangiz yoqtirin..
Xoxlamasangiz xoxlaganingizni yoqtiring….
asalomu alekum
Va alekum salom
Ajal
🧿❤
salom men insta parolini esdan ciqarib qoydim wunga yangi akkaunt ocsam bolmayapti
Valeykum salom. Ha bo’ladi.
salom men instagramga yangi akount ochmoqchiman kod kemayabdi nima qisam buladi
Asalomu alaykum meni instagramim obnavlenya sorayabdi nima qilsa boladi obnavlenya bosamham bolmayabdi bilganlar aytvoringlar
💔💔💔💔💔💔💔💔💝
Milawka