Salom do’stlar! Siz bilan men Oxunjon G’aybullayev. Bu maqolamda telegram nimaligi, uning imkoniyatlari va undan qanday foydalanish kerakligi haqida ma’lumot bermoqchiman.
Telegramdan foydalanishni boshlashdan oldin uning nima ekanligi va imkoniyati qandayligini bilib olishimiz kerak bo’ladi.
Telegram nima va uning imkoniyatlari qanday?
Bu savolga javobni telegramming rasmiy saytidan olib yozdim.
Xullas, telegram oddiy qilib aytganda tezkorlik va xavfsizlikka qaratilgan xabar almashish dasturidir (appidir), va bu tez, oson va bepul. Telegramni barcha qurilmalaringizda bir vaqtning o’zida ishlatsangiz bo’ladi ya’ni xabar sizning telefoningiz, planshetingiz yoki kompyuteringiz orasida muammosiz sinxronlashtiriladi.
Telegram bilan, siz xabarlar, rasmlar, videolar, va ko’p turdagi fayllarni (doc, zip, mp3 va hokazo) yuborishingiz mumkin, shu bilan birga 100 000 gacha guruhlar ochsangiz bo’ladi.
Telefoningizda yozilgan (saqlab qo’yilgan) kontaktlardan ismlariga ko’ra odamlarni topishingiz mumkin. Bundan tashqari, qurilmangizdagi disk maydoni haqida qayg’urishga hojat yo’q. Telegramning keshni boshqarish imkoniyatlari disk xotirasini ko’paytirib yubormaydi.
Telegramning IOS, Andriod va Windows telefonlar uchun dasturlari (applari) bor. Telegramning veb versiyalaridan foydalansangiz ham bo’ladi, ya’ni Windows, OSX va Linux uchun.
Endi, bu telegramdan qanday foydalanish to’g’risida gapirmoqchiman.
Telegram dasturini (appni) telefoningizga ( ya’ni siz ishlatayotgan qurilmangizga – telefon, planshet va kompyuter) o’rnatib olib yoki veb sahifani o’zida telegram ochsangiz bo’ladi. Har ikkala holatda ham sizdan davlatingizni tanlash va telefon nomeringizni kiritish so’raladi.
Albatta telefoningizga (umuman foydalanayotgan qurilmangizga) telegramni yuklab (skachat qilib), o’rnatib olsangiz, keyinchalik foydalanishda ishingiz osonlashadi.
Android uchun Play Store va IOS uchun App Storedan bepul telegram appni yuklab (skachat) qilib olsangiz bo’ladi.
Skachat qilib olgandan keyin, uni albatta o’rnatib (install) olasiz!
O’rnatishtugaganidan so’ng, telegramni oching va START MESSAGING tugmasini bosing!
Keyin sizdan davlatingizni tanlashni va telefon nomeringizni kiritishni so’raydi:
Siz kiritgan telefon nomeringizga aktivatsiya qilish uchun besh xonali kod boradi. Bu kodni ikki daqiqa ichida kiritishingiz kerak.
Berilga kodni to’g’ri kiritganingizdan keyin ism familiyangiz kiritilishi so’raladi.
Ism va familiyangizni kiritgandan keyin, telegramingizdan foydalanishni boshlasangiz bo’ladi. Bunda eng avvalo telegramdagi do’stlaringizni topib olishingiz kerak, ya’ni xabar yozishni boshlash uchun yangi kontaktlar qo’shishingizga to’g’ri keldi.
Telegram sizni telefoningizning kontaktlar ro’yxatida telefon raqamlarini qidiradi va biron-bir raqam Telegram akkauntiga bog’langan bo’lsa, siz ularni Telegramda ko’rishingiz va ularga xabar yuborishingiz mumkin. Shunday qilib, agar siz do’stingiz bilan Telegram orqali suhbat qurishni istasangiz, do’stlaringizdan Telegram orqali ro’yxatdan o’tishni so’rashingiz mumkin. Shu tarzda ularning telefon nomerlarini o’zingizning telefon kontaktingizga saqlab qo’ying!
Shu bilan bir qatorda, do’stlaringizni Telegramdagi WhatsApp kabi boshqa ilovalardan ham taklif qilishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun qurilmangizning menyu tugmasini bosing, Kontaktlar-ni tanlang, Invite Friends tugmasini bosing! So’ngra do’stlaringizni taklif qilishni istagan dasturni tanlang va do’stlaringizga chaqiruvingizni yuboring!
Telegram orqali xabar yuborish.
Telegramda suhbatni boshlash uchun, suhbatlashmoqchi bo’lgan kontaktni tanlang va unga bosing!
Telegram orqali rasm, video va boshqa fayl turlarini qanday yuborasiz?
Suhbat oynasida yuqorisidagi qog’oz qistirgichi tasvirchasi-ga teging. Telegram sizga Gallery-dan yoki telefoningiz kamerasidan suratga olish variantlarini ko’rsatadi. Siz shuningdek video, hujjat, joylar va boshqalarni qo’shishingiz mumkin.
Telegramda stiker yuborish.
Telegramda ko’plab stikerlar mavjud. Ko’pincha suhbatni qiziqtirish uchun stikerlardan foydalanishadi. Stiker yuborish juda oddiy, bu uchun quyida ko’rsatilgan rasmdagikabi ish tuting!
Istagan bir stikeringizni tanlang!
Android uchun Telegramda boshqa sozlamardan foydalanish.
Bildirishnomalar, suhbat fonlari, bloklangan foydalanuvchilar, tilni o’zgartirish, tizimdan chiqish kabi boshqa xil sozlamalar uchun android qurilmangizning Menyu tugmachasini bosing va Settingni (Sozlamalar) tanlang!
Agar siz tilni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, Languagega kirasiz. O’sha yerda ko’rsatilgan tillardan birini tanlaysiz xolos, o’zbekcha telegram mavjud emas. Tilni o’zbekcha qilsa bo’ladi, masalan ruscha telegram ham yo’q. Lekin Ruslar nimadir qo’shib bu muammoni hal qilishgan.
Manashu tarzda telegramdan foydalansangiz bo’ladi. Bundan oldingi maqolalarimning birida INSTAGRAM haqida yozgandim, istasangiz bu maqolaga ham tashrif buyuring va INSTAGRAM to’g’risida bilmaganlaringizni kashf eting!
Maqolada aytmoqchi bo’lganlarim shulardan iborat edi. Kamchiligi bo’lsa yoki tushunmagan qismingiz bo’lsa kommentariyada qoldiring, albatta javob berishga harakat qilaman.
Shu kabi kerakli va qiziqarli maqolalar uchun saytimga OBUNA bo’ling!
Sizga sog’lik va ishlaringizga omad tilab, siz bilan xayrlashaman, xayr!
Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.
Men ptichkanibossam try again deb chiqaverayapti
Salom, qayta urinib ko’rishingizni so’rabdi, qayta urinib ko’ring!
Assalomu alaykum men telegram ocholmayapman yordam berib yuborizlar gmailni ham undan kelgan kodni ham kirityapman sm kartamga kod kelmayapdi caqiruv ham
Telegramimga kod bermayapti nima qilay
Salom, qayta urinib ko’ring
Meni telagramim kodlanib qogan shuni ochishim kerek
Salom, savolingizni aniqroq qilib yozsangiz, kodlanib deganda nimani sorayapsiz?
Meni tlegramim ochib bolmayabdi lirsam biz sizning profilingizga yubordik deyapti profil yoq kirsam boladi keyin sms tarzida olishni bossam yordam va raqamni tahrirlash chiqayapti yordam berar
:ro
Telegram zur men unga tezroq ulanishni hohlayman.
Telegram ochaman desam mendan vaqt sòrayapti iltimos yordam berilar
Kompyuter uchun yangi telegram yuklabolgan edim akkaunt yaratib bo’lmayapti nima qilishim kerak? Iltimos menga yordam bering.
Salom, telegramni o’rnatib bolgandan song, tel nomer soriydi, kiritasiz va shu tel nomerizga kod keladi, tasdiqlash uchun, kodni kiritasiz, albatta to’g’ri kiritasiz, keyin osha nomerizga telegram akkaunt ochiladi.
Kod kelmayapti sms orqali
salom
menga azgina yordam berolisizlarmi tugrisi men telegram iwlatiwniyam yuklab ochiwniyam blmiman wunin uchun iltimos malol kemasa yordamilani ayamilar
oldindan tashakkur
Salom, aynan qanday yordam kerak?
Salom qanday qilib telegaram ochsa buladi
Salom man teligram ocholmayapman iltimos yordam berizla bilsalariz kod kelmayapti
telegram profilim uzidan uzi o’chib ketibdi qanday tiklasam bo’ladi qaytadan ochibam bo’mayapti nomer bloklangan deyapti
Salom, agar blokka tushgan bolsa, o’zi ochilishini kutishingiz kerak, 15 kundan ko’proq kutishingiz mumkin.
noto’g’ri qilgansiz hech narsa so’ramasligi kere
SALOMCHA…..
Javohir Abdurahmonovdan salom
Elektronniyknigaean tepvm ga kirsa buladimi
iltimos menga yordam bering kompyuterdan telegram tortib olishim kerak shunga qiynalayabman yordam bervoring
Салом, телеграмимни билмасдан учириб куйдим,кайтадан телеграм юклаб олиб очсам код суради билмасдан бошка код юборган эдим,энди 700 минут кутинг деяпди,Нима килиб муаммосиз очсам булади? Олдиндан Рахмат!
Assalom alekum, telegram shunday tizim yo’lga qo’ygan, menimcha kutishdan boshqa ilojingiz yo’q.
Salom yangi telefon olgandim telegram ochishim kerak.Mendan kod soʻrayapti lekin kod kelmadi.Yordam bering nima qilay.
Salom, qayta urinib ko’ring
Salom menda telegram ochish uchun kod qönğoroq asosida yuborilgan ekan men buni ötkazib yubordim endi boshqa yuborilmayapti qanday qilib telegram ni ochsam büladi.kod kelmayapti.
Salom hammaga menda bta savol borde iphone telefonga yuklamoqchi bolsam apple id soravotdi km tushunadi shunga
Dili
Salom menda telegram ochish uchun kod qönğoroq asosida yuborilgan ekan men buni ötkazib yubordim endi boshqa yuborilmayapti qanday qilib telegram ni ochsam büladi.kod kelmayapti.
Mening tellegrammim oshilmay qoldi endi nima qilaman cod kelmay qoldi
телеграмни корхонада ёпиб куйилган канака килиб уланса булади
Assalomu alekum men telegram ochaman desam hech bolmayapti hatolik yuz bergan deb ochishimga yol bermayapti nma qilsam boladi
Meni tlegramim ochib bolmayabdi lirsam biz sizning profilingizga yubordik deyapti profil yoq kirsam boladi keyin sms tarzida olishni bossam yordam va raqamni tahrirlash chiqayapti yordam berar
908519
Teligram ochib bulmayapti