2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va…

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...


Assalomu-aleykum qadrli do’stlar, uzinfobiz.ru blogimning o’quvchilari. Bugun 2017-yilning dekabr oyi 31- sanasi. Bugungi maqolamda men sizlarni bayramingiz bilan tabriklamoqchiman hamda o’zimning 2017-yildagi qilgan ishlarim va erishgan yutuqlarimning hisobotini bermoqchiman.

 

YANGI YIL TABRIGI !!!

Men Oxunjon G’aybullayev, sizlarni kirib kelayotgan 2018- yangi yil bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bu yil sizlarga oldingi yillarda erisha olmagan niyat, maqsadlaringizga yetishish uchun OMAD yili bo’lishini tilayman.

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

Ha, do’stlar yillar o’tyapdi, uni to’xtatishga hech kim qodir emasligini biz hammamiz yaxshi bilamiz. Shuning uchunmi, kelayotgan yangi yilga yaxshi niyatlar qilamiz, kelgusi yil uchun katta-katta rejalar tuzamiz va shu rejalar amalga oshishi uchun harakat qilamiz.

Bular hammasi nima uchun?  Mening fikrim – inson hayotga kelibdiki, yaxshi yashashni, ma’noli hayot kechirishni, bu qisqa va tez o’tuvchi hayotda mazmunli umrguzaronlik qilish uchun deb o’ylayman.

Eski 2017-yil o’tyapdi, 2018-yil kelyapdi, bu bilan birga bizning yoshlik ham o’tayapdi. Faraz qiling, vaqtlar o’tib quyidagi she’r misralarini o’qiyapsiz: qanday alamli va qanday ayanchli, chunki yoshlik bu bebaho!

 

Ko`ngil ma’yus tortdi yilning so`nggida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko`zim o`ngida,
Yana bir yoshimni o`g`irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o`taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..

 

Bahorim yetgudek qo`lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g`alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig`lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutsammi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

 

So`rsang, sevinchimdan o`kinchim ko`proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko`zda tabassum -u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

 

Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo`ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo`qlab kelganingni o`zi bir bayram.
Qulog`ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…

Yangi yil arafasida men bu gaplarni nimaga aytayapman?

Chunki, do’stlar yoshlik o’tmoqda, bu yoshlikning qadriga yetaylik. Tez o’tuvchi bu hayotda keyin afsuslanmaylik. 21- asr texnologiyalari bizga katta-katta imkoniyatlarni yaratib turgan shunday zamonda yashab turib, vaqt o’tgandan keyin ortga qarab, hayotda hech nimaga erisha olmaganimni ko’rib afsuslanadigan bo’lsam, o’zimni kechirmayman… Vaqt o’tib yaqinlarimizga, bolalarimizga, qolaversa kelajak avlodga “ha endi u paytlar imkoniyatlar yo’q edi, u edi, bu edi” desak, o’zimizni aldagan bo’lamiz.

Shunday ekan, keling do’stlar niyatlarni pok qilib, belni mahkam bog’lab, buyuk ishlarni reja qilib yangi yilga o’taylik!!!

 

Tabassumga burkansin dunyo,
Qordek oppoq bo’lsin dilingiz.
Bo’lsin qordek tozа, musaffo
Qadam qo’ygan YANGI YILINGIZ!!

  

Yangi yilda ko’rmang g’am,
Ko’zlaringiz bo’lmasin nam.
Bu yilda kulib tursin yuzingiz,
Faqatgina $ DOLLAR sanasin qo’llaringiz!

 

Men yangi yilni qanday kutib oldim .

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

 

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

 

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

 

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

 

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

 

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

 

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

 

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

 

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

 

 

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

 2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

2.5 oyda qilgan ishlarim natijasini ko’ring! Va...

Ikki yarim oylik hisobot !

Blogimni 2017-yilning 9-oktabrida ochdim unga birinchi maqolamni yozdim.

Bugun sana 31-dekabr 2017-yil, Internetda o’z faoliyatimni boshlaganimga ikki yarim oy to’ldi, ya’ni blogimning internet yuzini ko’rganiga ikki yarim oy bo’ldi. Mana shu vaqt ichida qilingan ishlar sarhisobini sizlarga taqdim etishga qaror qildim. Chunki, bu qilgan ishlarim kimgadir foydasi tegishi mumkin deb o’yladim.

Qisqa vaqt ichida nimalar qildim va nimalarga erishdim.

Saytning texnik tomonlarini to’g’irlab, eng asosiy kerakli plaginlarni o’rnatib ularni sozladim, saytni har xil tashqi hujumlardan himoya qilish yo’llarini qildim.

Bu muddatda men bir qancha maqolalar yozdim: Internetda pul ishlash to’g’risida, shaxsiy blog, sayt yaratish va uni rivojlantirish to’g’risida va yana Java dasturlash tili to’g’risida. Bugunga kelib saytimda manashu o’qib turgan maqolangiz bilan birga 52 ta maqola bo’ldi. Mana o’sha maqolalar ro’yxati.

Saytimning ishlaridan tashqari ikkita mini kitobni yozib tugatdim va bittasi tugallanish jarayonida. Bular: WordPressda blog yaratish, “Javadan boshlang’ich darslar” va yaqin kunlarda “Internetdagi haqiqiy pullar” nomli mini kitobimni yozib tugataman.

 

Yuqorida qilingan ishlar menga va saytimga nima berdi? Ya’ni yutuqlarim.

Menga – bu ishlarni qilish jarayonida ko’p narsalarni o’rgandim. Masalan: taxminan uch, to’rt oy oldin men hattoki maqola yozishni bilmasdim. Balkim hozirgi maqolalarim ham unchalik yaxshimasdir, lekin, maqola yozish to’g’risida ko’plab malumotlarni o’rganib chiqdim va o’rganishda davom qilyapman. Va yana shunga o’xshab video kurs, audio kurs, pdf kurslar qanday programmalarda va qanday yozilishini o’rgandim.

Aniqroq qilib aytadigan bo’lsam, manashu ikki yarim oyda olgan bilimlarim mening internetda faoliyat yuritish hamda pul ishlash to’g’risidagi qarashlarimni butunlay o’zgartirib yubordi. Kelgusi yangi yilda manashu olgan bilimlarimni sizlar bilan o’rtoqlashaman.

Saytimga – qisqasi, saytimda anchagina maqolalar paydo bo’ldi, chunki, yuqorida aytib o’tgan ishlarni qilish jarayonida, qilingan ishlar to’g’risida maqolalar yozib bordim. Ha, hali saytimning to’ldirilmagan sahifalari ham bor. Lekin, ular tayyorlanish jarayonida.

Saytimni hali hech qayerda reklama qilmadim, lekin shu bugunga kelib saytimni o’quvchilar soni kuniga 20- 30 tani tashkil qiladi. Ha, albatta bu kam natija, ammo bu saytimning hech qayerda reklama qilinmaganligini va yoshligini hisobga olganda yaxshi natija deb hisoblayman.

Mayli, nima bo’lsa ham erishilgan yutuq o’zimizniki, endi kelgusidagi niyat va maqsadlar haqida gapirmoqchiman.

Kelgusidagi rejalar va maqsadlar.

2018-yilda oldimga katta maqsadlar qo’yganman.

Bular: birinchisi, manashu blogimni rivojlantirib bir yilda kuniga 1000 tadan ko’p o’quvchisi bo’lishiga erishish, lekin, to’g’risi bunga qanday erishishni hali o’zim ham bilmayman. Biroq, qarorim qat’iy, blogimni kuzatib borsangiz bu jarayondan xabardor bo’lib turasiz. Buning uchun esa blogimga OBUNA bo’ling !

Sizlarga vada beraman:

Xudo xohlasa 2018-yil oxirida, ya’ni manashu oylarda sizlarga hisobot berganda “blogimga kuniga tashrif buyuruvchilar soni 1000 taga yetdi” deb hisobot beraman. Agar bu natijaga erisha olmasam, unda ……. bo’ladi(((. Nima bo’lardi, hech nima bo’lmaydi. To’g’risini aytsam o’zimga o’zim jazoni tanlay olmadim, bu jazoning qanaqa jazo bo’lishini siz kommentariyada yozing va o’zingiz tanlang! Men esa lyuboy jazoga tayyorman.(((

Ikkinchisi, Video, audio kurslar yaratish.

Bular qanday  video kurslar bo’ladi?

Sayt ochish, uni rivojlantirish va undan pul ishlash – buni o’zi katta soha.

Java dasturlash tili bo’yicha boshlang’ich va kuchaytirilgan video kurslar.

Ba’zi katta programmalardan (Camtasia Studio, Photoshop) foydalanish haqida kurslar.

Yuqorida sanab o’tgan mavzularda o’quv (o’rganish) kurslari yaratish bu mening hayolimdagi ishlar. Lekin, siz qanday mavzularda kurslar yozishimni xohlardingiz. Sizlarning ham fikrlaringizni bilsam yaxshi bo’lardi. Quyidagi so’rovnomada o’zingiz istagan mavzuni belgilab so’rovda qatnashing! Agar siz istagan mavzu so’rovda bo’lmasa unda kommentariyada o’z istaklaringizni yozib qoldiring!

QAYSI MAVZULARDA AUDIO, VIDEO KURSLAR BO'LISHINI ISTAYSIZ ?

Javoblarni ko'rish

Loading ... Loading ...

Va bulardan tashqari katta loyiha to’g’risida o’ylayapman, lekin bu hozircha sir. Shuni aytishim mumkinki, bu loyiha o’zbek internetida yangi va eng birinchi loyiha desam ham bo’ladi, chunki bunaqangi loyiha hali uznetda yo’q. Bu loyiha ko’p insonlarning ishini yengillashtiradi, men bunga ishonaman.

Bu maqolada aytmoqchi bo’lganlarim shulardan iborat edi.

2018-yilda blogimda katta o’zgarishlarni ko’rasiz! Sizning muammolaringizni yechishda yordami tegadigan maqolalar yozishga harakat qilaman. Bu maqolalarni o’tkazib yubormang, blogimga OBUNA bo’ling!

Men esa sizlar bilan qarib bir yilga xayrlashaman.

Yana bir bor yangi yilingiz bilan tabriklayman, xayr! 2018-yilda ko’rishguncha!

 

Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.

 


BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 1 hour

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 118Publics: 120Registration: 04-10-2017
Like this post? Please share to your friends:
Leave a Reply
Tarmoq orqali kiring: 

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: