Assalomu aleykum qadrli do’stlar va mening shaxsiy blogimning doimiy o’quvchilari!((( Ha ha bilaman siz bugun juda ham kamchiliksiz va yana ham aniqrog’i hali hech qanday o’quvchim yo’q. Hechqisi yo’q!
Ammo shuni bilamanki yaqin kunlarda siz juda va juda ko’p bo’lasiz va siz bilan juda ko’p narsalar haqida, ya’ni hayot haqida, hayot yangiliklari haqida, yaxshi yashashlik, hususan zamonamiz texnologiyalari, internet va kompyuter texnologiyalari va yana ko’plab sohalarda fikrlashamiz degan niyatdaman.
Bugun kalendarda 2017 yilning 9 oktyabr sanasi. Bugun men uchun qo’shaloq bayram, ya’ni bugun mening tug’ilgan kunim. Ikkinchisi e’sa mening shaxsiy blogimning ham tug’ilgan kuni desa bo’laveradi. Chunki aynan shubugun o’z shaxsiy blogimga e’ng birinchi maqolamni yozayapman. Ha ha tug’ilgan kunlar bilan tabriklashingiz mumkin.
Eng avvalo manashu saytni yaratish bilan o’zimni o’zim tabriklashga qaror qildim.(( Saytimning o’quvchilari va muhlislarining xursandchiliklari uchun o’samiz, ulg’ayamiz va rivojlanamiz (Bu bizning shior).
Bu mening shaxsiy blogimdagi eng birinchi maqolamdir. O’zim to’g’rimda yozib o’tirmayman, agar men to’g’rimda bilishni istasangiz saytimning manashu «Muallif haqida» saxifasidan batafsil bilib olishingiz mumkin. Bu sayt nima haqda? Bu to’g’rida saytimning «Muallif haqida» saxifasida yozganman va yana takrorlamoqchiman. Bu blogni ochishdan asosiy maqsadim, yaxshi, bilimli va hamfikr do’stlar orttirishdir.
Bu saytda men o’zim uchun qiziq bo’lgan hamma narsa to’g’risida yozaman. O’z tajribalarim va bilimlarim bilan o’rtoqlashaman. O’ylaymanki, agar inson o’z bilim va tajribalarini boshqalar bilan o’rtoqlashsa, o’zgalarning bilim va tajribalarini o’rgansa, bundan ham jamiyat ham insonlarning o’zlari yutadi.
Do’stlar Xush kelibsiz mening shaxsiy blogimga. Sizni blogimning o’quvchisi sifatida ko’rganimdan xursandman. Sizni qiziqtirgan savollar, takliflar bo’lsa marhamat, kommentariyada yozib qoldirishingiz mumkin, yoki manabu yerdan, ya’ni saytning «Aloqa» sahifasida men bilan bog’lanishingiz mumkin, jonim bilan javob beraman.
Saytimdagi eng birinchi maqolamni qisqa qilmoqchiman. Keyingi maqolalarim amaliy mashg’ulotlar bo’ladi, ya’ni video, audio va yozma ravishda bo’ladi. Sizlar uchun ko’plab qiziqarli materiallar yiqqanman, o’tkazib yubormang, RSS lentaga a’zo bo’ling.
Xato va kamchiliklar uchun oldindan uzr so’rayman va xatolarimni to’girlash uchun sizlar tamondan qilingan tanqidiy fikr va mulohazalarni qabul qilaman.(odob doirasida qilingan tanqidlarni albatta)
Keyingi maqolalarda ko’rishguncha xayr !!!
Hurmat bilan Oxunjon G’aybullaev