Okhunjon Gaibullayev's blog

SAMARALI VA FAOL MULOQOTNING 8 SIRI

Qanday muloqot qilish kerak

Assalom aleykum! Biz, siz bilan birgalikda hohlagan insoningiz bilan kim bo’lishidan qatiy nazar(kasbi, qiziqishlari va hokazo) davomiy va faol muloqot qilish, yangi do’stlar orttirish shu bilan birgalikda muloqotni buzuvchi xatolar tog’risida gaplashamiz!

Qiziqyapsizmi? Unda nimani kutyapsiz? Qani ketdik!

Muloqot haqida

  1. Tabassum qiling! Tabassum qilish Payg’ambarimiz(s.a.v) sunati. Demak bunda juda katta foyda bor. Aytaylik ko’chada ketyapsiz, chanqadingiz, albatta do’konga kirib suv sotib olishni xohlaysiz. Do’konga SAMARALI VA FAOL MULOQOTNING 8 SIRI
    kirdingiz sotuvchi sizga tabassum bilan muomula qilsa, siz avtomatik ravishda shu do’konni va o’sha sotuvchini eslab qolasiz. Kelgusi safar ham shu do’kondan xarid qilasiz to’g’rimi? Agar shuni teskarisi bo’lsachi? Ishonch bilan aytishim mumkin, siz bu do’konga qaytib tashrif buyurishni xohlamagan bo’lardingiz. Chunki xo’mraygan sotuvchidan ko’ra tabassum qilgan sotuvchi yaxshiroq nima dedingiz?

Inson doim quvnoq yashashi kerak. Agar quvonching tugasa,nimada yanglishganingni axtar.
L. N. TOLSTOY

  1. Samimiy bo’ling! Agar muloqot vaqtida samimiylik bilan gapirsangiz, suhbatdoshingizga fikirlaringizni aniq va soz tushuntirishingiz onson bo’ladi. Agarda suhbat vaqtida va hayotingiz davomida ham samimiy bo’lmasangiz, atrofingizdagilar o’zlarini sizdan olib qochishlari turgan gap.

Samimiylik ham xuddi husun va aql kabi ehsondir.
V. I. KACHALOV

  1. Diqqat bilan eshiting va savollar bering! Ko’pchilik insonlarga o’zlari haqida gapirish yoqadi. Agar mendan kimdir kun davomida insonlar ishlatadigan eng ko’p so’z? deb so’rasa, “MEN” so’zi deb javob bergan bo’lar edim. Nega deysizmi? Misol uchun 2 inson so’zlashmoqda, siz chetdan nazar solsangiz ko’p hollarda xar ikkisi ham o’zlari haqida gapirishadi. Yana boshqa bir misol siz do’stingiz bilan so’zlashyapsiz, agar diqqat bilan tinglamasdan qo’lingizdagi soatga qarayverib, uyoq buyoqqa alanglasangiz siz suhbatlashayotgan odam siz uni eshitishni xohlamayotganingizni payqaydi va siz bilan uzoq suhbat qilolmaydi. Kelgusi uchrashuv to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi.muloqot nima
  2. Gapni bo’lmang! Hozir shunday vaqtda yashayapmizki insonlarni so’z jumlasini tugatmasdan uni gapini bo’lish odatiy hol bo’lib qolgan. Siz o’ylayotgandirsiz 4 bo’limdagi maslahat 3 bo’limdagiga qarshiku? Yo’q, men sizga suhbat vaqtida faqat suhbatdoshingiz gapirsin, siz jim eshiting demadim. Men sizga 4- bo’limga oid quyidagi maslahatlarni bermoqchiman: a) Vaqti vaqti bilan suhbatdoshingizni ko’ziga nazar soling(bu tikilib turish kerak degani emas). Bu orqali siz suhbatdoshingizni diqqat bilan eshityotganingizni va unga davom ettirishi mumkunligiga ishora qilasiz. b) Bosh chayqab qo’ying. Bu bilan siz suhbatdoshingiz fikrini tasdiqlaysiz. v) Agar suhbat paytida savol berish imkoniyati tug’ilsa, savol bering!
  3. Suhbatdoshingizni qiziqtirgan narsalar to’g’risida gapiring! Ha bu mushkul ish bo’lib ko’rinishi mumkun, lekin yaxshi suhbatdosh bo’lishni xohlasangiz, qila olasiz. Avval aytganimdek ko’pchilik insonlar o’zlari to’g’rilarida va o’zlarini qiziqtirgan narsalar to’g’risida gapirishni yaxshi ko’rishadi. Aytaylik siz sportga qiziqasiz, do’stingiz bo’lsa ilim-fanga qiziqadi. Siz do’stingizga sport to’g’risida qancha xohlasangiz shuncha gapirishingiz mumkin, lekin suhbat uzoqqa cho’zilmaydi. Nega deysizmi? Chunki, do’stingizga sport qiziq emas. Agar siz o’zingizni qiziqtirgan mashg’ulot to’g’risida emas, do’stingizni qiziqtirgan mashg’ulot to’g’risida gapirganingizda suhbat uzoq vaqt davom etgan bo’lardi.
  4. O’zgalar fikrini hurmat qiling! Hech qochon insonlarni birdaniga ayblamang! Misol uchun siz do’stingizga fikri noto’g’ri ekanini aytdingiz. Nima bo’ladi? Ruxsatingiz bilan men topsam. Do’stingiz, sizni tanqidiy fikringizni inkor qilib o’zini fikri to’g’ri ekanini aytadi. To’g’rimi? Chunki, kamdan kam odam o’z aybini mardlarcha tan oladi.

Tanqid qilmang. Tanqid qilinuvchilardan bo’lmang.

Avram Linkolin

     Tabiiy savol tug’iladi, unda qanday qilib inson fikrini noto’g’ri ekanini aytish mumkin? O’zgalar aybini aytish uchun maqtovdan boshlash kerak. Yana boshqa yo’li, o’z xatolarini etirof etib so’ngra o’zgalarni tanqid qilishga o’tish kerak. Misol uchun sizni farzandingiz bor u maktabda o’qiydi. Farzandingizni o’qish darajasi pastroq, shu bilan birga o’qishni xohlamaydi. Siz ota yoki ona sifatida tanbeh bermoqchisiz lekin qanday?

Siz unga jahil bilan baqirib urushib so’ksangiz u o’z holicha hech bir o’zgarishsiz qolishi hech gap emas. Siz unga uyat emasmi? Qo’shnini bolasini qara yoki akangni qara yoki bo’lmasa ukangni qara, ulardan o’rnak olsang bo’lmaydimi deyish bilan biron bir natijaga erishish qiyin. Chunki, siz bu so’zlar bilan uni ko’nglini cho’ktirib shu bilan bir qatorda akasiga yoki ukasiga yoki bo’lmasa do’stiga nafrat uyg’otasiz. Bularni o’rniga yoniga o’tirib do’stlardek o’g’lim, men ham sendek yoshimda maktabda yomon o’qiganman, darslardan qochganman, o’rtoqlarim bilan darslarga kirmay maydonda kulishib o’tirganman. Lekin vaqtlar o’tdi, xatolarimni tushunib yetdim. Men yoshligimda doktor bo’lishni orzu qilgan edim, ammo erisha olmadim. Endi o’zimga yoqmagan kasb bilan muloqot nima
shug’ullanishga majburman. Shu kasb bilan sizlarni boqishim kerak. Agar menga sendekligimda kimdir bu xato ekanligini tushuntirganda, xozirgacha yo’l qo’ygan xatolarimni qilmagan bo’lar edim. O’g’lim, o’zing tanla kelajaging o’zingni qo’lingda. Shunday yo’nalishda tushuntirilsa maqsadga muofiq bo’ladi.

  1. Suxbat avvalidan do’stona oxangda (tonda) so’zlashing. Bu safar misol sifatida ko’chalarda bo’lib turadigan holatni olsak, siz ko’chada ketyapsiz, sizdan bir notanish inson kelib telefoningizdan foydalanib olishni so’rayapti, ammo shunday oxangda so’rayaptiki, huddi sizni undan qarzingiz bordek. Xo’sh, siz telefoningizni foydalanishga berarmidingiz? Hech kimga yordam bermaslikka chaqirmayapman aksincha muloqotda oxangni ro’lini aytmoqchiman.
  2. Sodda tilda va qisqa, londa gapiring! Haddan tashqari ko’p gapirish ham yaxshi emas. Bu maslahatimiz tanishishda juda katta ro’l o’ynaydi. Avvalam bor ro’parangizda turgan insonni gapirish, o’zini tutishidan fikirlash darajasini tahlil qiling va shulardan foydalanib u bilan suhbatni davom ettirasiz. Aytishingiz mumkin, insonni tahlil qilishni qisqa va londa gapirishga nima aloqasi bor? Aloqasi katta. Faraz qiling sizni suhbatdoshingiz oddiy ilim-fandan uzoq inson, siz bo’lsa professorsiz, agar siz suhbatdoshingizga kitobiy tilida yoki qandaydir terminlarni qo’shib gapirsangiz, u sizni tushunmasligi mumkin. Chunki u, sizga o’xshab ilim fan bilan shug’ullanmaydi. Unga sodda xalqona tilda tushuntirish kerak.

Sergaplik, doimo yoqimsiz.
M. SERVANTES

To`gri so`zlab, ezmalikdan qoch.
DEMOKRIT

Aytur so`zni ayt, Aytmas so`zdan qayt.
A. NAVOIY

Sodda tilda gapirilsa, qisqa londa qilib tushuntirish mumkin. Lekin oddiy insonlar bilan suhbatda kitobiy yoki ilmiy terminlar ishlatilinsa yoki murakkab tilda tushuntirilsa, ko’p gapirishga to’g’ri keladi. Men sizga kasbdoshlaringiz bilan sodda xalqona tilda so’zlashing demoqchi emasman. Men holatga qarab, vaziyatga qarab, so’zlashing demoqchiman.

Etiboringiz uchun rahmat, xato va kamchiliklari uchun uzur so’rayman. Agar siz bu mavzuga qiziqsangiz mazkur kitobni o’qib chiqishingizni maslahat beraman:

             Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir o‘tkazish

                                                                    Deyl Karnegi

Рейтинг
( 2 assessment, average 5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 1
  1. Nurali

    Assalomu aleykum ushbu maqoladan o’zimiz uchun juda yaxshi ma’lumotlar oldik. Oxunjon G’aybullayevga o’z tashakkurimiz izhor etamiz. Kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz! :!:

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: