Assalomu – alaykum qadrli blogimning o’quvchilari! Ushbu maqola hayotda muvaffaqiyatga erishishning ba’zi muhim sirlari qoidalari to’g’risida bo’ladi va bugungi maqola muallifi saytimning o’quvchisi Islombek. Maqolani Islombek davom ettiradi:
Shunday insonlar borki, ular hayotlari davomida ko’plab muvaffaqqiyyatlarni qo’lga kiritishgan. Bunga misol keltiradigan bo’lsam ular ko’pchilikni tashkil qiladi. Bizda savol tug’iladi xo’sh ular bunga qanday erishishdi? Bu borada ko’plab izlanuvchilar tadqiqotlar o’tkazishgan. Masalan shunday izlanuvchilardan biri shaxs rivojlanishini o’rganish bo’yicha mutahassis Robin Sharma ushbu mavzu bo’yicha o’z qilgan izlanishlari tufayli ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritdi.
Men Robin Sharmaning muvaffaqqiyatga erishish bo’yicha asarlaridagi muhim qoidalarini umumlashtirgan holda eng asosiylaridan bo’lgan 10 ta qoidani quyida keltirib o’tmoqchiman va ushbu ma’lumotlar sizning muvaffaqqiyatga erishish yo’lingizda bir muncha foydasi tegishiga ishonaman. Demak boshladik.
- 1-qoida: Kamroq uxlang!!!
- 2-qoida: Shaxsiy rivojlanish vaqtini o’tkazing
- 3-qoida: Fikrlaringizni yozib oling
- 4-qoida: Oqshomni o’zingizga bag’ishlang
- 5-qoida: O’z vaqtingizni qattiqqo’l boshgaruvchisi bo’ling
- 6-qoida: Foydali insonlar bilan muloqot qiling
- 7-qoida: Hayotda o’z maqsad vazifangizga ega bo’ling
- 8-qoida: O’z-o’zini ishontirish usuli
- 9-qoida: Kechirimli bo’ling
- 10- qoida: O’zingiz uchun shaxsiy kundalik daftar tuting
1-qoida: Kamroq uxlang!!!
Bilamizki inson salomatligi uchun 6 soat uyqu yetarlidir. Siz 21 kun davomida har kuni vaqtliroq uyg’onishga harakat qiling va asta sekin bu sizning doimiy odatingizga aylanib boradi. Kamroq uxlash hayotingizni yanada unumdor va mazmunli bo’lishiga yordam beradi
2-qoida: Shaxsiy rivojlanish vaqtini o’tkazing
Har kuni ertalab 1soat shaxsiy rivojlanish uchun vaqt ajrating. Bugungi kuningizni qanday o’tishini oldindan his qiling, motivatsiya beruvchi matnlarni o’qing yoki xush kayfiyat bag’ishlovchi musiqalar tinglang. Asosiysi bu qisqagina vaqtni bugungi kuningiz uchun ruxingizni g’ayrat va kuch quvvatga to’ldirishga sarflang, chunki kunni yaxshi kayfiyatda boshlanishi ishingizni samaradorligini oshiradi
3-qoida: Fikrlaringizni yozib oling
Kun davomida bizning ongimizga ajoyib g’oyalar, fikrlar kelib turadi. Ularni yozib olish uchun esa albatta yonimizda yon daftarcha olib yurishimiz kerak. Fikrlaringiz yozilgan yon daftarchani ko’zga ko’rinadigan joyda saqlang va vaqti vaqti bilan ularni ko’zdan kechirib turing. Oliver Vendel aytganidek: yangi fikr orqali kengaygan inson miyasi hech qachon avvalgi o’lchamiga qaytmaydi
4-qoida: Oqshomni o’zingizga bag’ishlang
Har yakshanba oqshomini o’zingiz uchun bag’ishlang va buni o’zingiz uchun odatga aylantiring. Bu vaqtni yangi yangi rejalar tuzishga, orzularingizni ko’z oldingizga keltirishga va ularning ro’yobini ruxan his etishga, ilhom beruvchi kitoblar mutolaa qilishga, yoqimli musiqalar tinglashga, shunchaki dam olishga sarflang. Bularning barchasi kelyotgan haftaning samarali o’tishini ta’minlaydi
5-qoida: O’z vaqtingizni qattiqqo’l boshgaruvchisi bo’ling
Tongda ozgina vaqtingizni kunlik rejalaringizni tuzib olish uchun sarflang. Ushbu rejalaringizga qat’iy amal qiling. O’z vaqtingizni keraksiz yumushlardan qizg’onib, ularni qilinishi muhim bo’lgan masalalaringizni hal etishga qarating. Ushbu vaqt ichida ko’pgina yumushlaringizni bajarishga odatlaning. Zero bugungi ishni ertaga qoldirmang.
6-qoida: Foydali insonlar bilan muloqot qiling
Kuch g’ayratingizni bekorchi gaplar bilan so’ndirmaydigan, foydali biror narsa o’rganishingiz mumkin bo’lgan insonlar bilan doimo muloqotda bo’ling. Doimo o’zining rivojlanishi ustida ishlaydigan insonlar bilan munosabatda bo’lish orqali o’zingiz zabt etishni istagan komillik cho’qqisiga yetishishingiz mumkin bo’ladi.
7-qoida: Hayotda o’z maqsad vazifangizga ega bo’ling
Bu orzularingiz sari to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi mayoqdir. Keying bir oy ichida hayotingizni to’g’ri yo’lda ushlash uchun kerak bo’ladigan 5-10 tacha maqsadingizni yozishga vaqt ajrating. Masalan o’qishga kirish yoki yangi mashina olish balki qobiliyatli rahbar bo’lishdir. Hayot yo’lingizda qanday vazifalar bo’lishiga qaramasdan, maqsadlaringizni ko’zdan kechirib turing. Shundagina sizda chalg’ituvchi voqealar ro’y bersada, tezda o’z hayot yo’lingizga qaytib olasiz
8-qoida: O’z-o’zini ishontirish usuli
Bu usuldan katta davlat arboblari, sportchilar jamiyki muvaffaqqiyatga erishgan insonlar foydalanib kelishgan. Siz ham bu usulni amalga oshira olasiz. Masalan g’ayratli va shijoatli bo’lishni xohlasangiz »men g’ayratli va shijoatliman» deya ko’p marta qaytaring. Kerak bo’lsa yon daftarchangizga 500 martalab shunday yozib chiqing. Bu mashqlarni 3 hafta davomida bajaring va o’zingizda bo’layotgan o’zgarishlarni ko’ra boshlaysiz. Siz kutgan natija tezda sodir bo’lmasa, afsuslanmang u tez orada amalga oshadi, chunki sizning miyangiz topshirig’ingizni bajarishga kirisha boshlaydi
9-qoida: Kechirimli bo’ling
Kechirimli bo’lish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi lekin siz buni amalga oshiring. Kechirimli bo’lish ichki xotirjamlikni saqlash uchun zarur fazilatdir. Kechirish qiyin bo’lgan vaziyatlarda kechirimli bo’lishni sinab ko’ring. Agar doimo kechirimlilik mushaklarini ishlatib tursangiz, har xil mayda gaplar va voqealar sizga ta’sir qilmay qo’yadi va sokin ruxingizni hech narsa bezovta qila olmaydi
10- qoida: O’zingiz uchun shaxsiy kundalik daftar tuting
O’z fikrlaringizni yozib borish va erishgan yutuqlaringizni o’lchab borish uchun kundalik daftar tuting. Balki sizni qiynab turgan muammolarni ham yozib borish ortiqcha havotirlanishdan saqlanishga, fikrlashingiz ravshanligini saqlab qolishga yordam beradi.
Amerikalik yozuvchi Richard Bax aytganidek: “hech qachon ega bo’lmagan narsalarga ega bo’lay desangiz, hech qachon qilmagan ishlaringizni qila boshlang. Muvaffaqqiyatga erishish yo’li shundan boshlanadi.Ushbu maqolam orqali sizning muvaffaqqiyatga erishishingizga oz bo’lsa ham hissamni qo’shsam bundan faqat xursand bo’laman. Muvaffaqqiyatli hayot sari hozirdan qadam tashlang. E’tiboringiz uchun raxmat azizlar.