Assalomu-alekum blogimning qadrli o’quvchilari. Uzoq muddatli tanaffusdan so’ng yana birgamiz. Ushbu muddatda ko’plab ilovalar qildim, shulardan biri yo’l harakati qoidalarini o’rgatuvchi va haydovchilik guvohnomasini qo’lga kiritish maqsadida imtihonga tayyorlovchi avtotest ilovasi. Bu maqolada shu ilova va undan foydalanish to’g’risida ma’lumot bermoqchiman.
Bu ilova web va android versiyaga ega.
Web versiya ko’rinishi:
Ilovaga o’tish havolasi -> Avtotest
Android versiya ko’rinishi:
Ilovani o’rnatib olish – Google play Auto test
Ilovani rus tilidagi versiyasi – Google play Auto test rus
Ilovani yaratish sababi haqida aytib o’tmoqchiman.
Xullas, haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirmoqchi bo’ldim. Imtihonga tayyorgarlik ko’rish uchun test savollarini o’rganmoqchi bo’ldim. Google playdan telefonimga maxsus ilova o’rnatib oldim va imtihonga tayyorlanishni boshladim, lekin telefon ekrani kichik bo’lganligi sababli o’rganishga qiynaldim va internetdan onlayn versiyasini qidirishga tushdim, topa olmadim. Ammo diskini topdim va kompyuterda imtihonga tayyorgarlik ko’rdim.
Imtihon topshirdim va imtihondan beshinchi marta topshirganimda o’tdim, 10 ta savoldan 10 tasini yechdim. Shu imtihonga tayyorgarlik ko’rish jarayonida disk topishga qiynaldim, web programmasi ham internetda yo’q, va bunga ehtiyoj ancha ekan, chunki bu qidiruv tizimlaridan juda ko’p marotaba qidirilgan. Shunda angladimki yo’l harakati qoidalarini testlar yordamida organish va imtinga tayyorlanish uchun web ilovalarga ehtiyoj katta.
Dasturchi sifatida bu qo’limdan kelishini bilardim va tezda ishga kirishdim. Tez kunlarda web dasturning birinchi versiyasini tugatdim. Uni internetga joyladim va blogimning sahifasiga joylashtirdim. Ayni dasturni android versiyasini yaratishni ham boshladim va uni tezda tugatib Google playga joylashtirdim (hozircha qayta ko’rishda, tayyor bo’lishi bilan linkini maqolaga joylashtiraman).
Yo’l harakati qoidalari dasturi haqida malumot va undan foydalanish.
Ilova 700 ta yo’l harakati qoidalariga oid savol va javoblardan tuzilgan testlarni o’z ichiga oladi. Ilova kiril, lotin va rus tillarida bo’lib ulardan foydalanish 3 xil yo’nalishda.
- Shablonlarni o’rganish – bunda 70 ta biletni birma-bir o’rganib chiqishingiz mumkin. Har bir bilet 10 ta savolni o’z ichiga oladi.
- Marafon – bu bo’limda 700 ta savolni hammasini o’rganib chiqishingiz mumkin.
- Imtihonni boshlash – O’rgangan ko’nikmalaringizdan foydalanib o’zingizni sinash uchun imtihonni boshlash. Imtihon biletlari tasodifiy ravishda almashadi. Ha bir biletni yechish uchun 14:59 datiqa vaqt beriladi.
Shablonlarni o’rganish:
Shablonlarni o’rganish bo’limiga kirganda sizni 70 ta bilet kutib oladi va siz bu yerdan istagan biringizni tanlaysiz:
Men bu yerda 6-biletni tanladim, so’ngra bilet testlarini yechishni boshlaysiz:
Savolni o’qib to’g’ri javobni topgandan so’ng javob ustiga bosasiz, agar javob rostdan ham to’g’ri bo’lsa, siz tanlagan javob yashil rangda bo’ladi, agar aksi bo’lsa tanlagan javobingiz qizil rangda bo’ladi va dastur to’g’ri javobni yashil rangda ko’rsatadi. Shuningdek javob berishga ikkilansangiz pastdagi izohlardan foydalanishingiz mumkin. Bu uchun pastdagi ikonka ustiga bosing, quyidagi rasm hamma narsani tushuntirib beradi.
Savollarni ketma-ketlikda emas balki o’zingiz istagan tartibda yechishingiz mumkin, bu uchun yuqori rasmda ko’rsatilganiday savol nomeri ustiga bosish kifoya. Keyingi savolga o’tish uchun esa Keyingi savol tugmasini bosing. Agar savolga oid rasm mavjud bo’lsa savol yonida rasmi ko’rinadi, mavjud bo’lmasa yuqoridagi rasm turadi.
Shablonlarni o’rganishda hech qanday vaqt oralig’i belgilanmaydi. Shuning uchun bemalol savollarni o’ylab, o’rganib yechish mumkin. Lekin ikkita xato javob beradigan bo’lsangiz imtihon topshirilmaydi. Imtihondan o’tish uchun faqat bitta xato qila olasiz.
Marafon:
Marafon bo’limi barcha (700 ta) testlarni o’z ichiga oladi. Bu bo’limdan foydalanish yuqoridagi shablonlarni o’rganish bo’limi bilan deyarli bir xil. Bu bo’lim barcha savollarni bir vaqtda o’rganish uchun yaratildi.
Imtihonni boshlash:
Imtihon boshlash bo’limi ko’nikmalarni tekshirish va haqiqiy imtihonga tayyorlash uchun yaratildi. Imtihon biletlari tasodifiy ravishda tushadi va almashadi. Biletni yechish uchun 14:59 daqida vaqt berildi. Faqat bittta xatoga yo’l qo’yishingiz mumkin, aks holda imtihon topshirilmaydi. Bu bo’limda IZOHlardan foydalanish imkoni yo’q.
Yuqorida web ilovadan qanday foydalanish ko’rsatildi, android programmadan ham xuddi shunday tartibda foydalaniladi.
Albatta dasturlarda boshlanishida kamchiliklar bo’lishi tabiiy, shuning uchun ham kamchiliklarni yoki xatoliklarni ko’rib qolsangiz va takliflaringiz bo’lsa ham quyida IZOHda qoldiring. Kelgusi maqolalarda ko’rishguncha salomat bo’ling.
Assalomu Aleykum hammaga. Iloji bo’sa Avtotestni rasmini emas, aksincha, uni kompyuter uchun skachat qiladigan qib qo’ysangiz zo’o’o’r bo’lardi.
Va alekum salom. Kompyuterga skachat qiladigan programmasi manda yoq, web ilovasini yaratganman, kompyuterdan kirib ishlatishingiz mumkin. https://uzinfobiz.ru/avtotests
Assalom aleykum. Hormela. Testlani elektron varianti word variantida bormi
Va alekum salom, word varianti yo’q, apk ilova varianti bor: https://play.google.com/store/apps/details?id=io.ionic.avtotest
yangi kiritilgan qoidalar yoq
Samarqand viloyati Payariq tumani
156 savol xato bor
Salom, ko’rib chiqamiz
156-savol xato bor