Barchaga salom! Sizlar bilan yana Oxunjon G’aybullayev. Chet tilini bilish sizning hayotingizning ko’p jihatlarida sizga yordam berishi mumkin. Bu sayohatni, hatto aqliy salomatlikni ham o’z ichiga oladi.
Lekin siz chet el tilini o’rganish orqali eng yaxshi til ishlarini topishingiz va hayotingizni moddiy jihatdan boyitishingiz mumkinligini bilasizmi?
Men bu maqolada chet tillarini bilish orqali qanday ishlarda ishlashingiz yoki nima ishlar qilishingiz mumkinligi to’g’risida o’z bilim va tajribamni sizlar bilan bo’lishmoqchiman.
Umid qilamanki, maqoladagi ma’lumotlar chet tilini o’rganishni endi boshlamoqchi bo’lgan yoki ayni paytda o’rganayotganlarni ruhlantirib yuboradi.
1. Ustoz, maxsus o’qituvchi va onlayn o’qituvchi bo’lib ishlash.
Agar siz boshqa tilda gapiradigan bo’lsangiz, bu bilimingizni boshqalarga o’rgatish bilan o’zingizni ish bilan ta’minlash imkoningiz bor. Sizda uchta asosiy variant mavjud: sinf o’qituvchisi, xususiy o’qituvchi va onlayn maktab o’qituvchisi.
Sinf o’qituvchisi.
Oddiy o’qituvchi kabi maktab yoki tashkilotga ingliz tilidan dars berish uchun ishga kirasiz. Bunda sizdan o’qitmoqchi bo’lgan tilingizdan qandaydir daraja yoki sertifikat so’rashlari mumkin.
Masalan: IELTS va TOEFL-ga o’xshagan sertifikatlar.
Agar o’quvchilar bilan muloqot qilishni yaxshi ko’raman va o’zingizni sinf muhitida ham uyingizdagidek his qilsangiz, menimcha sinf o’qituvchisi bo’lish yaxshi ish.
Biroq, haqiqat shuki, ko’plab chet tilini yaxshi biladiganlarda kerakli tavsiyanomalar, darajalar yo’q, boshqalarga mukammal o’rgata olishiga qaramay. Bu vaziyatda o’rgatishni xohlagan o’sha odamlarga ikkinchi va uchunchi tanlovlar to’g’ri keladi deb o’ylayman.
Xususiy o’qituvchi.
Maxsus o’qituvchi sinf o’qituvchisiga o’xshaydi, lekin odatda birma-bir va yuzma-yuz ishlaydi. Uchrashuvlar ya’ni darslar odatda mashg’ulotlar, darslar yoki ish tugaganidan keyin amalga oshiriladi.
Siz ushbu ishda erkinlikni saqlab qolasiz, siz foydalangan darslar va usullarni to’liq nazorat qilasiz. Bu xususiy repetitorlikning eng katta yutuqlaridan biridir.
Onlayn maktab o’qituvchisi.
Men bu yerda onlayn maktab va uning o’qitivchisi deganda quyidagini nazarda tutayapman.
Bunda onlayn maktab uchun alohida sayt ochiladi va bu saytda tilni o’rgatishning bosqichma-bosqich tizimi yo’lga qo’yiladi.
Darslar video formatida bo’ladi va har bir dars yuzasidan o’quvchiga topshiriqlar beriladi.
Xullas, o’quvchi bu onlayn maktabda o’qib biron chet tilini mukammal o’rgana olishi kerak, men aynan shunday onlayn maktabni nazarda tutayapman.
Bu tanlovda siz o’zingizni o’zingiz ish bilan ta’minlaysiz, hech kimga ish bormi, bo’lsa ishlamoqchi edim deb murojaat qilib bormaysiz.
Texnik tomonlariga keladigan bo’lsak, siz asosan video darslarni yozasiz, sayt ochish esa oddiy ish va bu to’g’risidagi ma’lumotlarni ushbu (uzinfobiz.ru) saytidan topishingiz mumkin yoki sayt tuzib beruvchi birontasini topasiz.
Nega men onlayn maktab tanlovini har tomonlama yaxshi ko’raman va foydali deb bilaman?
Buning bir nechta asosiy sabablari bor, shulardan biri bu o’quvchining ham o’qituvchining ham ishini ancha osonlashtirishidir.
O’quvchiga:
O’quvchi sifatida o’zimni yaqqol namuna qila olaman ya’ni men Oxunjon Toshkent shahri Zangi ota tumanida yashovchi amakimning uyidan Yunsobod tumaniga Ingliz tilidan IELTS sertifikatiga erishish uchun darsga borardim.
Dars haftada uch marta bo’lardi va darsga kelishim uchun 2400 so’m pul va bir yarim soat vaqt ketardi, uyga qaytish uchun ham yana 2400 so’m va bir yarim soat vaqt ketardi.
Bu sonlarni aniqroq ko’z oldimizga keltiradigan bo’lsak, bir oyda 57600 so’m yo’l kirra va 36 soat vaqt – bu bir oyda bir yarim kunlik vaqt yo’lda o’tdi degani(((.
Agar o’shanda men yuqorida aytgan onlayn maktab tanlovi bo’lganida edi, 57600 so’mni Internetga va 36 soatni o’qishga sarflagan bo’lar edim.
Mana o’quvchiga qiladigan foydasi qayerda.
O’qituvchiga:
O’qituvchi sifatida o’z o’qituvchimni misol qilib keltirishim mumkin, ya’ni bir kunda 8-10 soatlab dars berardilar. Tabiiyki, kun oxiriga kelib ancha charchab qolardilar.
Albatta kun bo’yi tik oyoqda yurishni va har darsda deyarli bir narsani qaytarishning o’zi bo’larmidi?
Lekin, shuni o’rniga har bir o’tilayotgan darsni videoga yozib borib, natijada yig’ilgan darsliklar asosida yuqorida aytilgan onlayn maktab tuzilsa nur ustiga a’lo nur bo’lardi, meni fikrimcha.
Ya’ni bunda kuniga 8-10 soatlab ishlashdan hatto butunlay ishlashdan qutulgan bo’lardik, teskarisiga onlayn maktab o’qituvchi (o’zining asoschisi) uchun ishlagan bo’lardi.
O’ylaymanki, onlayn maktab go’yasi va tanlovi tushunarli bo’ldi. Aslida bu haqida ko’proq yozsa bo’lardi, bu yerda shunchaki mazmunini anglatmoqchi edim. Keyingi maqolalarimning birida buni aniqroq yoritib berishga harakat qilaman.
Bu yuzdan blogimga OBUNA bo’lishingizni so’rayman, shunda maqola chiqishi bilan tezda xabar topasiz.
2. Bloggerlik.
Blogger bo’ling va o’zingizni ish bilan ta’minlang! Demak, siz blog (sayt) ochasiz va o’sha saytingizda ingliz tilini o’rgatish bo’yicha maqolalar yozib blogingizni rivojlantirasiz ya’ni blogingizga tashrif buyuruvchilar sonini oshirasiz.
Bu yuqoridagi onlayn o’qituvchilikka o’xshab ketadi. Faqat bunda regularni maqolalar yozib borasiz. Menimcha bunda qilishingiz kerak bo’lgan asosiy ish tushunarli, lekin, siz sayt tuzish, blog (sayt) orqali pul ishlash qanday bo’ladi deb hayron bo’layotgandirsiz.
Bular to’g’risida manashu blogimda ko’plab ma’lumotlar berilgan, shu jumladan sayt tuzishga kelsak, BEPUL mini kitob, bepul mini kurs va pullik kurslar yozib chop etganman.
Bular to’g’risidagi to’liq ma’lumotni quyidagi ssilkalardan olasiz:
Saytni pullashtirishga kelsak, buning bir necha xil yo’li mavjud, keyingi maqolalarimning birida bu to’g’risida ma’lumot beraman.
3. Sayohat yo’l boshlovchisi (gid).
Chet tilni bilsangiz, siz o’z mamlakatingizga tashrif buyurgan sayyohlarga rahbarlik qilishingiz mumkin. Siz shuningdek, o’z mamlakatingizdagi sayyohlar guruhini xorijiy mamlakatlarda ham boshqara olasiz.
Tushunganingizdek bu sayohat va ko’p muloqot bilan bog’liq ish.
Mana siz ham chet tilini bilish orqali qanday ishlarda ishlashingiz mumkin yoki qanday ishlarga o’zingiz asos solishingiz mumkinligi to’g’risida bilasiz.
Maqolani yozishga kirishganda chet tilini bilish orqali qayerlarda ishlash mumkinligi haqida ko’proq ro’yxat bermoqchi edim, lekin maqolani ikki qismga bo’lishga qaror qildim. Demak bu birinchi qism, ikkinchi qismni keyingi maqolada davom ettiramiz.
Maqola oxirida yana bir bor blogimga OBUNA bo’lishingizni so’ragan bo’lardim, shunda blogda maqola chop etilishi bilan sizga xabar boradi.
Savollaringizni kommentariyada qoldiring! Keyingiz maqolada ko’rishguncha xayr!
Til o’rganishda nimalarga ko’proq etibor berish kerak qandey qilsa ko’proq so’zlarni yodlagandan keyin esdan chiqib ketmidi
Salom! Til o’rganishda o’qishga ko’proq e’tibor berish kerak. Chunki chet tilidagi bir so’z o’zbek tilida bir nechta ma’noni beradi va agar ko’proq o’qib tarjima qilib borsangiz so’zlarning gapda kelishiga qarab ma’nosini ajrata boshlaysiz. Shunda bu so’zlar sizda shakllana boshlaydi, esingizdan ham chiqib ketmaydi osonlikcha.
Uzr ko’rmay qolibman. Hamyon nomerizzi yuboring.
online maktab ochishda saytdan tashqari teamtalk nomli dasturdan foydalanib real vaqtda til organuvchilarga online dars otish mumkin. bu dastur video va audio konferensiyaga moljanlangan bolib, uni instrumentlarini ozimizdagi serverlardan biriga ijaraga olib joylashtirsa, tas-ix da ishlaydi. bu ham foydalanuvchilarga bir qulaylik.
Salom! Siz aytgan dastur bilan tanish emasman, lekin shunga o’xshagan internetda juda ko’p xizmatlarni topish mumkin. Bir tomondan bu usul ham ancha yaxshi ya’ni bunda ko’pchilikka dars o’tish mumkin. Lekin men maqolada aytgan onlayn maktabda sistema bir marta yo’lga qo’yilganidan keyin, o’zi ishlayveradi, bu o’zingizning dasturingiz bo’ladi.
Salom. Aka maqola uchun raxmat. Til o’rganishga qiziqaman, lekin nimadan boshlashni bilmayman, maslahat bersangiz, nimadan boshlasam bo’ladi
Valekum salom. Siz qaysi tilni o’rganishni xohlaganingizdan qatiy nazar, men Sizga boshlanishida o’sha tilni tushunsangiz-tushunmasangiz ham ko’proq o’sha tildagi kitoblarni ovoz chiqarib o’qishni maslahat beraman
Kech qobsizku(((
Uzr ko’rmay qolibman. Hamyon nomerizzi yuboring.
Ha ozgina kech qobman(((
Ozginamas, anchagina(((. Hechqisi yo’q, bo’b turadi, keyingi safar bo’lib qolar
Harakat qilaman(((
Harakat qiling, bo’lmasam bellashuv tugab qoladi(((.
Xop…
Z406636224034
Rubl hamyon nomerizzi bering. Bu hamyon dollorda.
R807637514345
Yubordim.
salom