Blog Oxunjon Gaybullayeva

Saytning yoki Blogning mobil versiyasi qanday qilinadi? Va u nima uchun kerak?

Sayt yo blogning mobil versiyasini tayyorlash


Salom. Mening ismim Oxunjon. Bugun sizlarga qanday qilib saytning (blogning) mobil versiyasini plagin va plaginsiz qilish haqida malumot bermoqchiman. Agar sizning saytingiz yoki blogingizda ham mobil versiyasi bo’lmasa bu ishni qilishga shoshiling!

Nima uchun deysizmi? – Nima uchunligini maqoladan bilib olasiz.

Bu nima uchun kerakligi haqida ikki og’iz gap.

Qisqa qilaman. Juda ko’p odamlar mening saytimga yani blogimga mobil telefonlari orqali kirishadi. Chunki xozirgi kunda ko’pchilik odamlarda smartfonlar mavjud va u internetdan foydalanishga ham qulay.

Saytning yoki Blogning mobil versiyasi qanday qilinadi? Va u nima uchun kerak?

Shundan kelib chiqib, men ularga saytdagi malumotlarni o’qish va o’rganish oson va qulay bo’lishini xohlayman. Buning uchun esa blogning mobil versiyasi albatta kerak, bu birinchisi.

Ikkinchidan, keyingi paytlarda izlash tizimlari bo’lgan Google, Yandexga o’xshagan barcha servislar ham sayt yoki blog foydalanuvchilar uchun qulay bo’lishini talab qilishyapdi, demak ular ham saytning mobil versiyasining bo’lishini xohlashyapdi.

Blog (sayt) da mobil versiyasi bo’lsa bu bilan sizning sayt (blog) izlash tizimlarining ko’ziga yaxshi ko’rinadi, natijada saytingizning rivojlanishiga oz bo’lsada foydasi tegadi. Aks holda sizning saytingiz TOPlardan ancha yiroqda bo’lishi aniq.

Ha aytgancha shu yerda bir gapni aytib o’tsam, agar siz saytingizni tezroq rivojlanishini istasangiz blogimdagi “Sayt yoki blogni Yandex webmasterga qanday bog’lash kerak? Va bu nima uchun kerak?” degan maqolani o’qib chiqing va unda ko’rsatilgan ishlarni qiling.

Asosiy gapga qaytadigan bo’lsam men ham saytning mobil versiyasi bo’lishi kerak deb hisoblayman.

Agar siz saytingizda Google Adsens, Yandex Direkt, Banner va shunga o’xshagan reklamalarni o’rnatib pul ishlayotgan bo’lsangiz unda sizga juda zarur.

Chunki mobil versiyasi yo’q saytga mobil telefonidan kirib biron bir reklama ustiga bosish juda qiyin va noqulay, men o’zim tekshirib ko’rganman,ishonmasangizlar tekshirib ko’ringlar.((((

Xo’p bo’ldi, endi masalaning asosiy qismiga o’tamiz.

Men o’zim plaginlarni uncha ham yoqtirmayman, shuning uchun men o’zimga plaginsiz qilishni maqul ko’rdim va sizlarga ham shuni qat’iyan tavsiya qilaman. Nima uchun? Keyin aytaman!

Lekin maqola davomida plagin bilan mobil versiya qilish haqida ham bilib olasiz.

Qanday qilib saytning (blogning) mobil ko’rinishini plaginsiz qilish mumkin?

Saytning  mobil ko’rinishini plaginsiz qilishning ikkita yo’li bor:

Birinchisi- shunday ish bilan shug’ullanadigan kompaniya yoki frelansni topib apgreyd buyurtma qilish, yani hozir saytingizda ishlab turgan shablonga o’zgartirish kiritish.

 

Ikkinchisi- mobil ko’rinishdagi alohida shablon buyurtma berish. Bu shablon qachonki o’quvchi mobil telefonidan saytga kirgan payt ishlaydi.

Ikkinchi yo’l kamroq ish talab qiladi, shuning uchun men shuni aytib o’tmoqchiman. Birinchi yo’l ancha qiyin va qimmat, chunki shablon kodlarini o’zgartirib chiqishga to’g’ri keladi.

Ikkinchi yo’lida hamma ish manabunday kechadi:

1.  Saytning mobil versiyasini qilishga buyurtma berasiz va sizga alohida mobil shablon qilib berishadi. ( Qanday buyurtma berishni maqola davomida bilib olasiz. )

 

2.  Va siz bu shablonni hostingga, saytingizning manashu /httpdocs/wp-content/themes papkasiga yuklaysiz.

 

3.  Any Mobile Theme Switcher yoki WPMS Mobile Edition plaginlaridan bittasini o’rnatib aktivatsiya qilasiz. Bu plaginlar avtomatik ravishda mobil shablonni kerakli paytda kerakli odamga ulab beradi

DIQQAT! Bu plaginlarni saytning mobil versiyasini o’zi yaratadigan plaginlar bilan aralashtirmang (masalan WpTouch). Bular mutlaqo boshqa-boshqa plaginlar. U plaginlar hamma ishni o’zi qiladi, a men aytgan plaginlar esa qachonki foydalanuvchi saytga mobil telefonidan kirsa mobil shablonni ulab beradi va serveringizga hech qanday og’irlik tushmaydi.

Saytning mobil versiyasini qilish uchun kimga va qanday buyurtma berish kerak:

Hamma ishni bitta kompaniya yoki frelansga berishingiz ham mumkin yoki alohida-alohida buyurtma berishingiz ham mumkin. Mobil versiyaning dizaynini qila oladigan dizaynerni topasiz va unga dizayn maketini qildirasiz, keyin shu dizayn maketi bilan alohida shablon qilib blogga ulaydigan programistni topib ishni qildirasiz.

Dizayner maketni chizib sizga psd fayllarni beradi va siz uni hostingizga kiradigan login parollar bilan birga programistga berasiz. Programist hamma ishni tugatganidan keyin siz tekshirib olasiz, tamom. Qarabsizki saytingizning mobil versiyasi tappa tayyor.

Saytning yoki Blogning mobil versiyasi qanday qilinadi? Va u nima uchun kerak?

 

Tabriklayman, endi sizning sayt yoki blog o’quvchilarsiz qolmaydi.(((

Asosiysi, endi siz ham bilasiz, qanday qilib saytning mobil versiyasini plaginlarsiz qilishni. Lekin to’g’risini aytish kerak, bu usulda ham ancha xarajat qilishingizga to’g’ri keladi, ammo yuqorida aytgan birinchi yo’ldan arzonroq.

Agar siz umuman xarajat qilmayman, men html, css, php kodlarini qisman tushunaman desangiz unda blogimga OBUNA bo’ling. Chunki keyingi maqolalarimda “qanday qilib sayt shablonidagi kodlarni o’zgartirib mobil versiya qilish” to’grisida video qo’llanma bo’ladi yani yuqorida aytgan birinchi yo’l to’g’risida. O’tkazib yubormang!

Saytning mobil versiyasini plaginlar bilan qanday qilish kerak?

Eng oson va eng yomon yo’li bu plaginlar bilan qilish. Hech qachon va hech vaqt oson yo’l uzoq foyda keltirmagan yoki umuman keltirmagan, buni esingizdan chiqarmang!

Shundaygina mobil versiya yaratadigan bepul plaginni skachat qilib olib, saytga o’rnatib uni aktivatsiya qilib va tezda sozlab, ha endi bo’ldi, ishlarim zo’r deb sevinib yurish bu yaxshimas. Aslida ishlaringiz pachava.((((

Chunki, siz bilasizmi u saytga qancha zarar keltirishini? Bilmasangiz bilib oling! Ko’pchilik bu plaginlarni maqtashadi “zo’r narsa, shablonlar chiroyli va hokazo” deb.

Lekin ko’pchilik bilishmaydiki u plaginlar saytga qanchalik og’irlik berishini, yana xavfsizlik jihatidan qancha teshiklari borligini va yana bu plaginlar hamma bloglarga ham to’g’ri kelavermasligini bilishmaydi.

 

Saytning yoki Blogning mobil versiyasi qanday qilinadi? Va u nima uchun kerak?

 

Tog’risini aytsam foydasiz narsa haqida ko’p yozgim kelmayapdi. Agar yomon tomonlarini yozaman desam ko’p gaplarni yozishimga to’g’ri keladi.

Qisqasi tavsiya qilmayman bunday plaginlardan foydalanishni.

Yana qaytaraman, nima oson va bepul bo’lsa hammasini axlat yashikga ag’daring.

Saytning yoki Blogning mobil versiyasi qanday qilinadi? Va u nima uchun kerak? Bu mening fikrim. Kim mening fikrimga qo’shilmasa kommentariyada yozinglar, bahslashamiz.

Hurmatli do’stlar! Shuning bilan bugungi maqolam tugadi, charchadim. Soat tungi 4:05 bo’libdi, men hali uxlaganim yoq, ertaga o’qish(((

 Xayr!

Ha aytgancha keyingi maqolalarni pochtangizga qabul qilib olish uchun OBUNA bo’ling! Endi, ko’rishguncha xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

 

Рейтинг
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: