Blog Oxunjon Gaybullayeva

Dasturlash nima va dasturchi kim? Programist kim?

Dasturlash nima va dasturchi kim? Programist kim?


Assalomu — aleykum blogimning qadrli o’quvchilari. Oxunjon G’aybullayev sizlar bilan birga. Blogimda bugun dasturlashni o’rganish haqida yozishga qaror qildim.

Ko’pchilik dasturchi (programist) bo’lishni xohlaydi, lekin buning asl nima ekanligini va bu kasb unga nima berishi mumkinligini yaxshi bilmaganligi sababli o’rganishda ya’ni o’zlashtirishda qiyinchilikka uchrashadi. Bu hatto dasturchilik kasbidan uzoqlashishga sabab bo’lishi ham mumkin.

Dasturlash nima va dasturchi kim? Programist kim?Bu borada o’zimning kichik bir tajribamni aytib dasturlash maqsadini yoritmoqchiman, shuni aytishim kerakki ayni vaqtda o’zim ham o’ta kuchli, mukammal dasturchi emasman – o’rganishda va izlanishdaman.

DIQQAT E'LON! Java dasturlash tillari bo'yisha video kurs tayyor. Video kurs haqidagi ma'lumotni quyidagi rasm ustiga bosib o'qishingiz mumkin: 

javani o`rganishning oson yo`llari

Dasturlash nima?

Dasturlashni oddiy qilib aytganda biron vazifani qanday bajarishini kompyuterga aytib beradigan ko'rsatmalar to'plami desak bo’ladi.

Ko’rsatmalar to’plami kodlardan tashkil topgan bo’ladi, va bu kodlar dasturchi (programmist) ya’ni sizu bizga o’xshagan odamlar tomonidan yozilgan bo’ladi.

Demak, kompyuterga biron vazifani bajarishi uchun siz kodlar ketma – ketligini yozasizu dasturchiga aylanasiz va dasturlashni yuzaga keltirasiz.

Dasturlash nima va dasturchi kim? Programist kim?

Dasturchining ishini yaxshi tushunish ya’ni dasturlashni anglash uchun kompyuteringiz, telefoningiz va yoki boshqa qurilmalaringizga bir e’tibor bering! Ko’plab programmalarga, o’yinlarga ko’zingiz tushadi, shulardan biri (hozirda ko’pchilik ishlatadi) Telegram yoki IMO bo’lishi ham mumkin. Bular dasturchi tomonidan tuzilgan.

Dasturchini ishi ham shunaqa ilovalarni tuzish.

Bu sohaga qiziqib qolganlar boshida men kodlashni o’zlashtira olarmikanman va men undan qanday foyda olar ekanman, bular ham mayli o’rganishni qayerdan, qanday boshlayman degan savollarga javob qidiradi.

Biz ham endi shularga qisqacha javob qidiramiz.

Dasturchi bo’lib kod yozishni nima foydasi bor?

Aslida dasturchi bo’lish bu bir kasb, dasturlashni ya’ni kodlashni o’zlashtirish orqali qo’lingizda tayinli (hozirgi zamonda esa eng kerakli kasblarning biri) hunaringiz bo’ladi. Bilasiz hunari  bor odamga ishlash uchun har doim ish topiladi.

O’zingiz uchun ish muammosini yechasiz.

Dasturlash nima va dasturchi kim? Programist kim?

Aynan biron joyda ishlamasangiz ham, jamiyat uchun kerakli programmalar yozib sotsangiz bo’ladi ya’ni bir marta bosh qotirib yaxshi dastur tuzasiz va sotib pul ishlaysiz. Shunaqa dasturlardan biri Camtasia Studio.

Bunaqa ish sizga doimiy daromad olib keladi.

Yana ham yaxshi tarafi ishlaringizni o’zingiz suyadigan kompyuteringiz va siz birgalikda olib borasiz. Sizni ishingizga hech kim halaqit qilmaydi va siz ham hech kimga halaqit qilmaysiz.

Men dasturchi bo’la olamanmi?

Eng boshida shuni aytib qo’yishim kerakki, dasturchi bo’lish uchun aynan biron universitetda tahsil olish shart emas, yoki sizdan biron ilmiy daraja talab etilmaydi, qaytanga o’zingiz mustaqil tarzda o’rgansangiz, tez o’rganasiz.

O’rganishda MATEMATIKA fanidan tushunchangiz bo’lsa, buyog’I qiyinmas. MATEMATIK bo’lmasangiz ham, FOIZ, ULUSH tushunchalarini bilsangiz, dasturlashni o’zlashtirishingiz osonlashadi.

Dasturlashda sizning logikaviy salohiyatngiz yaxshi bo’lsa, shu tarzda dasturning vazifasiga ko’ra logikasini yaxshi ko’z oldingizga keltira olsangiz, sizdan yaxshi dasturchi chiqadi.

O’rganishni qayerdan, qanday boshlash kerak?  

Hozirgi kunda dasturlash tillari juda ko’p, masalan: C, C++, C#, Java, JavaScript, PHP, HTML, XML, Phyton (fiton), va hokazo.

Dasturlash nima va dasturchi kim? Programist kim?

Yuqoridagilarning har biri har xil imkon va qulaylik taklif etadi. Siz bular haqida ko’proq o’rganib, qaysi biri aynan siz bob ekanligini aniqlab oling! Bu sizning birinchi qiladigan ishingiz.

Bu borada shaxsan men JAVA dasturlash tilini o’rganishni tavsiya qilgan bo’lardim.

Har bir dasturlash tilining imkoniyatlari va bir biridan farqi haqida alohida maqola yozaman. O’tkazib yubormaslik uchun blogimga hozir OBUNA bo’ling! Shunda maqola chiqishi bilan xabari sizning elektron pochtangizga yetib boradi.

Java dasturlash tili haqida boshlang’ich video kurslarim va mini kotobim bor.

Mini kitobimni KURSLAR sahifasidan yuklab olsangiz bo’ladi.

Anglaganingizdek siz ishingizni biron o’zingizga mos dasturlash tilini tanlashdan boshlashingiz kerak.

Dasturlashni o’zlashtirish uchun esa yaxshi tushuntirilgan qo’llanmaga ehtiyojingiz bor – bu ikkinchi masala.

Video kurs bo’lsa yanada yaxshi.

Ingliz tili va rus tilida bunday ma’lumotlar bisyor, agar yaxshi dasturchi bo’lib yetishmoqchi bo’lsangiz, sizga ingliz tilini o’rganishni tavsiya qilaman, chunki kodlashda ishlatiladigan maxsus kalit so’zlar ingliz tilida bo’ladi. Demak, ingliz tilini bilsangiz, o’zlashtirishingiz osonlashadi.

Dasturlashdagi kichik tajribam va kichik maslahat.

Inha universitetida birinchi kursda o’qib yurganimda C++ dasturlash tilida kodlarni eslab qolishim qiyin bo’lardi. Nega bu kodni yozish shart yoki bu kod nima vazifani bajaradi kabi savollar meni qiynardi.

Bir kuni o’qituvchimiz har bir o’quvchi biron loyiha tanlab, uni dasturlab kelish kerakligini aytib qoldi.

Men ko’p o’ylab kutubxona tizimini boshqaradigan loyiha tanladim ya’ni kutubxona uchun dastur. O’sha payti kodlashni yaxshi tushunmas edim.

O’ylab turib men tanlagan loyihaning vazifalarini birma-bir daftarga yozdim. Keyin shu vazifalarni bajarishi uchun kodlardan qanday foydalanish kerakligi logikasini tuzdim. Masalan, qaysi funksiya qanday vazifani bajaradi. Eng oxirida bu vazifalarni bajarishi uchun kodlarni kiritdim.

Shu tarzda birinchi C++ dasturlash tilidagi loyihamni tuzdim. Keyin qarasam bundanda mushkul dasturlar yaratish qo’limdan kelarkan, faqat to’g’ri fikrlash kerak.

Bunda bitta katta loyihani bajarishim kodlarning vazifalarini tushunishda yordam berdi.

Aytmoqchi bo’layotgan nuqtam shuki, siz dasturlashga generic e’tibor bering! Ya’ni sizni ko’z oldingizda katta o’rmon turibdi, siz o’rmonni ichiga tushib daraxtlar panasida yo’qolib adashib ketmang! Balki o’rmonga yuqoridan qarashni o’rganing!

Bugungi maqolada bermoqchi bo’lgan ma’lumotlarim mana shulardan iborat edi. Maqola yuzasidan fikr mulohazalaringiz yoki savollaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring! Shu kabi foydali ma’lumotlar uchun blogimga OBUNA bo’ling!

Xayr salomat bo’ling, xayr!

MAQOLANING SIZGA FOYDASI BO'LDIMI ?

Javoblarni ko'rish

Loading ... Loading ...

Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.

Рейтинг
( 5 assessment, average 4.4 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 6
  1. a1b2r3o4r

    salom

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Valeykum salom

      1. SHoxjaxon

        Assalomo Aleykum men ayti dasturlashni o'rganmoqchiman. Qanday qilib dasturlashni o'rgansam bo'ladi va qansay maslahat berasiz?

  2. 91 262 53 63

    ;-) ;-) :grin: ;-) ;-)

  3. Munisa

    Assalomu alykum! men TATU ning talabasiman ammo kompyuterni yaxshi tushunmayman dasturlashni o'rganmoqchiman nimadan boshlashni ham bilmayapan nima deb maslahat bera olasiz ?

  4. Уктамхон

    Аввало мақолангиз учун рахмат. Сизга саволим бор. Мен дастур тузишим учун дастурлаш тилларидан қайсини ўрганишим кераклигини қандай билишим мумкин. яъни уларни урганмасдан қайси дастурлаш тили менга мақбул келишини қандай биламан.Жавоб учун рахмат.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: