Blog Oxunjon Gaybullayeva

JavaScript dasturlash tili darsliklar – 1. Kirish.

JavaScript dasturlash tilidan boshlang'ich darsliklar

Salom blogimning qadrli o’quvchilari, siz bilan Oxunjon G’aybullayev. Anchadan buyon blogimda maqola yozmay qo’ygandim, sababi o’qish, o’rganish ishlari bilan mashg’ul edim.

Va nihoyat yana blogimda yangi maqolalarim chop etila boshlaydi. Bu galgi maqolam JavaScript dasturlash tili haqida yozgan bepul kursim to’g’risida bo’ladi.

Ammo kurs haqida gapirishdan oldin biroz JavaScript dasturlash tili haqida gapirmoqchiman.

JavaScript – bu dinamik veb saytlar, sahifalar ishlab chiqishda ishlatiladigan uchta asosiy texnalogiyalarning biridir (Bular: HTML, CSS va JavaScript). JavaScriptning rasmiy xususiyatlarini yozadigan bo’lsam, yangi o’rganuvchi uchun tushunishga qiyin bo’ladi. Shu sababli fikrlarni boshqa tarafga yo’naltirmasdan, hozircha Javascript haqida biz internetda ko’radigan dinamik saytlarni qurishda ishlatiladigan dasturlash tili deb bilishimz yetarli, menimcha.

Nega JavaScriptni o’rganishimiz kerak?

Bilamizki veb sohasi kundan-kunga rivojlanib bormoqda va shu bilan birgalikda veb dasturchlarga bo’lgan ehtiyoj ham oshib bormoqda. Veb dasturchi bo’lish uchun asosiy uchta texnalogiyani bilish zarur, bular Html, css va JavaScript.

Html – Saytdagi kontentlarga (tarkibiy qism: matn, video, rasm, gif va hokazo) masul.

Css – Kontentlarning saytdagi joylashuvi va ko’rinishiga masul.

JavaScript – Sayt vaqt o’tishi yoki tashqi foydalanuvchi tasiri ostida saytning harakatga kelishiga masul.

Buni oddiy qilib OT, SIFAT va FE’L terminlaridan foydalanib tushuntirishga harakat qiladigan bo’lsak:

Bu yerda:

Html – OT

CSS – Sifat

JavaScript – FE’L

So’zlariga mos keladi.

Bu JavaScript dasturlash tili haqida kichik ma’lumot edi. Endi kurs to’g’risida aytsam, kurs VIDEO shaklida bo’ladi va YOUTUBE kanalimda darsliklari qo’yib boriladi. Pastda birinchi darsimni tomosha qilishingiz mumkin. Birinchi kirish darsimiz JavaScript kodlarini yozish uchun ishlatiladigan text-editor (matn- tahrirchi) haqida bo’ladi.

Bunda juda ko’p tanlovlar mavjud, Masalan: VS Code, Atom, Sublime, Bracket kabi text editorlar. Men darslikda Bracketdan foydalanaman, agar siz boshqa birontasini maqul ko’rsangiz, bu ajoyib, ixtiyor sizda.

Endi esa birinchi darsimizni kuzatib, Text editor boshlang’ich sozlanmalarini ko’rib oling, men esa sizlar bilan keyingi maqolalarda ko’rishguncha deb xayrlashaman, xayr salomat bo’ling.

Рейтинг
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 4
  1. Abror

    Salom Menda shahsiy sayt bor obmennik sayt shu saytni to`lov tizimi hamyonlarni avtomatik bajarish to`lab berish pul abul qilish avtomatik qilsa bo`ladimi siz qilaolasizmi haq evaziga albatta?

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, bu borada tajribam yo’q.

  2. Azizjon Lutfullayev

    Salom, JavaScriptni qanday qilib yoqsa boladi Operada

  3. Azizjon Lutfullayev

    Salom, JavaScriptni qanday qilib yoqsa boladi Operada!

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: