Salom do’stlar! Ushbu maqolada sizga VKtarget saytida qanday qilib pul ishlash haqida to’liq qo’llanma bermoqchiman. Bu saytda kimlar pul ishlashi mumkinligi to’g’risida ma’lumot beraman.
VKtarget yangi boshlovchilar va tajribali frilensirlar uchun ijtimoiy tarmoqlarda pul ishlaydigan loyiha. Men bu loyihada pul ishlashni internetga endigina pul ishlash uchun kirganlarga maslahat beraman. Sizdan hech qanday bilim va ko’nikma talab etilmaydi, pul ishlashning jarayoni oddiy va sarmoyasiz.
Bu sayt ko’plab ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlaydi, jumladan:
- VKontakte
- Odnaklassniki
- Telegram
- Youtube
Bundan kim foydalanadi? Reklama beruvchilar, internetdagi o’z loyihalarini targ’ib qiluvchi bloggerlar yoki tadbirkorlar bo’lishi mumkin. Bu saytda ro’yxatdan o’tgan ijtimoiy tarmoqlarning odatdagi foydalanuvchilari oddiy harakatlarni bajarish evaziga kichik sovg’alarni qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi, masalan, biron jamoatga qo’shilish, like-yoqtirishlar, o’z sahifasida post qo’yish, sayt haqida aytib berish kabi kichik vazifalar.
VKTargetda birinchi pulingizni ishlash uchun, saytda ro’yxatdan o’tishingiz va sistemadagi akkauntingizga ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntingizni qo’shib qo’yishingiz kerak. Quyidagi tugmani bosing va o’qishda davom eting.
Saytda “ЗАРЕГИСТРИРОВАТЬСЯ” tugmasini bosing.
Quyidagi rasmdagi kabi yangi sahifa ochiladi, ushbu sahifada so’ralgan ma’lumotlarni kiritasiz.
1 – Elektron pochta manzilingiz.
Agar sizda electron pochtangiz haligacha bo’lmasa, quyidagi qo’llanmalardan foydalanib ochib olishingiz mumkin.
2 – Akkauntingiz uchun parol tanlaysiz. Parolni kuchliroq qilib tanlang va ishonchli saqlang.
3 – Yuqorida tanlagan parolingizni qayta kiriting.
Va rasmdagiday qilib ikkita maydonchani belgilang, oxirida “ЗАРЕГИСТРИРОВАТЬСЯ” tugmasini bosing.
Shu bilan asosiy sahifaga tushamiz, bu orada yuqorida kiritgan pochtangizga kirib tasdiqlab qo’ying.
Endigi qiladigan ishimiz ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunlarimizni hozir ochgan akkauntimizga ulaymiz.
Diqqat: Akkauntingizni faqat bir marta ulashingiz mumkin. Agar siz bog’lanishni bekor qilsangiz unda, qayta bog’lana olmaysiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanib yurgan akkauntingizdan boshqa yana bir soxta ya’ni aynan pul ishlash uchun alohida akkaunt ochishingizni maslahat beraman. Chunki bajarishingiz kerak bo’lgan vazifalar har xil kanal, guruhlarga obuna bo’lishdan iborat asosan, va siz shu uchun pul ishlaysiz. Agar sizga pul tushganidan keyin, obunani bekor qiladigan bo’lsangiz, u holda sizdan pul qayta yechib olinadi va hatto akkauntingiz bloklanishi ham mumkin. Shu sababli eng boshidan faqat pul ishlash uchun alohida akkaunt yaratib oling har bir ijtimoiy tarmoqdan.
Men tushuntirishda o’zimga osonroq bo’lishi uchun sayt tilini ingliz tiliga o‘zgartiraman.
Xullas akkauntlarni bog’lash uchun “Earn” tugmasini bosing va “Settings”-ga kiring.
Qancha ijtimoiy tarmoqlardan ko’p foydalansak, shuncha ko’p ish o’rinlari ochiladi va ko’proq pul ishlashingiz mumkin bo’ladi. “Attach” tugmasini bosing, Twitter misolida:
Tizim sizning profilingiz bilan avtomatik ravishda bog’lanadi yoki sahifaga kirish uchun ma’lumot kiritishingizni so’raydi.
Ulangan profil tasdiq belgisi bilan ko’rsatiladi.
Vazifalarni bajaring va pul ishlang
Akkauntlar ulanganidan so’ng, “Earn” tugmasini bosadigan bo’lsangiz, vazifalar lentasi paydo bo’ladi. Ular vazifalarning narxlarini va vazifaga o’tish ssilkasi va hamda “Check” tugmasini o’z ichiga oladi.
Birinchi pulni ishlab topish
Vazifalar paydo bo’lgach,
Agar siz “Check” tugmasini vazifani bajarmasdan turib bossangiz, tizim sizni aldaganingizni biladi.
Ssilkaga bosib, guruhga qo’shilamiz.
Endi topshiriqning yonidagi «Check» tugmasini bosing, yashil tasdiq belgisi paydo bo’ladi.
Siz bu tugmani vazifani tugatgach darhol bosishingiz lozim, aks holda vazifa bajarildi deb hisoblanmaydi va sizga pul to’lanmaydi.
To’lanadigan pul juda ko’p emas, lekin juda qisqa vaqt ichida.
Balansni mablag’ bilan to’ldirgandan so’ng, jamoalardan ajralish, obunani bekor qilish yoki yoqtirishlarni, repostlarni o’chirish, va h.k kabi ishlarni qilmang, chunki u amalga oshirilganidan so’ng avtomatik tekshirish tizimi mavjud. Agar bu buzilishlarni topsa, u sizning hisobingizdan ishlangan pulni yozib qo’yadi. Ushbu shartlarga e’tibor bermaslik akkauntdagi mablag’larni muzlatib qo’yishga olib keladi.
Bu yerda ko’plab vazifalar bor va ular yangilanib turadi. Vazifalar tezda yo’qolib qolsa ham, darrov boshqasi paydo bo’ladi. Vktarget katta servis bo’lgani uchun reklama beruvchilar katta miqdorda buyurtmalar beradi.
Bu yerda qancha pul topish mumkin?
Mavjud vazifalar soni sizning ijtimoiy sahifalardagi ma’lumotlaringizga bog’liq (jins, yosh, shahar, do’stlar soni va boshqalar), chunki siz reklama beruvchining maqsadli auditoriyasi mos tushishingiz kerak.
Bir kunda 50 kopeka uchun 20 ta topshiriqni bajardik (o’rtacha hisoblaganda) deb faraz qilaylik. Bir kun ichida daromadlar 10 rubl bo’ladi. Unutmangki, buni bajarish 15 daqiqa vaqtingizni oladi. Bir oy ichida telefoningiz uchun cheksiz internet va avtobus pulingizni osonlik bilan ishlab olasiz.
Qanday qilib ko’proq pul ishlash mumkin?
Ko’p pul ishlash uchun ko’p vazifa bajarishimiz kerak.
Ishlar ya’ni vazifalar siz shu saytdagi akkauntingizga bog’lagan ijtimoiy tarmoqlardan beriladi, shuning uchun akkauntlarimizning barchasini qo’shamiz va ko’proq ishga ega bo’lamiz. Tarmoqlarda ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, ro’yxatdan o’ting va profilni to’ldiring.
«Settings» yorlig’ida ham barcha katakchalarni belgilang.
Slayderni o’ngga siljitish orqali yangi ish xabarnomalarini yoqing.
Shundan so’ng, qurilmangizda yangi vazifalar haqida ogohlantirishlar paydo bo’ladi. Shunday qilib, hech narsani o’tkazib yubormaysiz.
Uydan tashqarida ham vazifalarni bajarish
Kompyuter ishlatmayotgan bo’lsangiz ham, Android telefoningiz yordamida pul ishlashni davom ettirishingiz mumkin.
VKtargetda reklama beruvchilar uchun imkoniyatlar
Demak, bu saytda qanday qilib pul ishlash haqida ma’lumotga ega bo’ldik va endi reklama beruvchilar uchun imkoniyatlar to’g’risida gaplashamiz. Agar sizda guruh, kanal, sahifa yoki biron ijtimoiy tarmoqda akkauntingiz bo’lsa, va uning qisqa vaqt ichida sifatini oshirmoqchi, rivojlantirmoqchi bo’lsangiz, VKtarget buni qilish uchun internetda eng mashhur loyihalardan biridir.
VKtarget yordamida siz o’zingiz uchun quyidagilarni topishingiz mumkin:
- Likes – yoqtirishlar
- Guruhga obunachilar
- Do’stlar
- Youtubeda video tomosha qiluvchilar
- Va h.k
Reklama beruvchilar offisiga kirish uchun , saytning yuqori o’ng qismida joylashgan “New orders” bo’limiga bosing.
Yuqorida ochilgan sahifada, ijtimoiy tarmoqni tanlaysiz. Va sozlamalar maydonchasida shahar, do’stlar soni, bajaruvchilarning jinsi va kunlik buyurtmalar sonini sozlaysiz.
- Diqqat: Ijtimoiy tarmoqlar administratori tomonidan saytingiz bloklanmasligi uchun buyurtmalar sonini albatta cheklang. Kunlik 100 ta tavsiya qilinadi.
Narxlarga qaraydigan bo’lsangiz, narxlar menimcha juda yaxshi va siz yaxshi narxda sifatli reklama berish kompaniyasini yaratishingiz mumkin.
Bu saytning yana muhim bir xususiyatlaridan biri tutruqsiz bajaruvchilardan pulingizni qaytarib olish imkoniyati. Masalan, bajaruvchi VKantakte guruhingizga obuna bo’ldi va sizdan pul oldi, lekin guruhdan chiqib ketdi. Shunday vaziyatda “Return money” tugmasidan foydalanib pulingizni qaytarib olasiz. Bu tugmani bosish orqali, programma barcha bajaruvchilarni tekshiradi va agar kimdir buyurtmangizni yomon bajargan bo’lsa, pul hisobingizga qayta tushadi.
Ishlangan pul qanday qilib yechib olinadi?
Pul yechib olish uchun hisobingizda minimum miqdorda 15 ruble pul bo’lishi kerak. Pul chiqarib olish shartlari bo’yicha 2 ish kuni ichida amalga oshiriladi, lekin odatda bir necha daqiqa davom etadi.
Buning uchun saytning yuqorisidagi «Withdraw» tugmasini bosing.
Mavjud metodlarning birini tanlang.
- QIWI – electron hamyon ochish uchun to’liq qo’llanma.
- WebMoney – electron hamyon ochish uchun to’liq qo’llanma.
- Yandex Money – electron hamyon ochish uchun to’liq qo’llanma.
- Mobil qurilma
Elektron – hamyonni raqamini va to’lov miqdorini kiriting va Withdraw money tugmasini bosing.
Agar pul qaytarilmasa, VKtargetga murojaat qiling. Bu uchun Support tugmasini bosing.
Eng yaxshi analoglar – o’xshash saytlar.
VKtarget mashhur sayt bo’lsa ham, kuchli raqiblariga ega. Men bu servislardan foydalanishni va eng yaxshi bittasini tanlashni tavsiya qilaman.
- QComment – Pul ishlash uchun eski saytlardan biri. Vazifalar 1 rubledan boshlanadi, juda oson. Pul yechib olish juda tez.
- SocialTools – Ijtimoiy tarmoqlarda pul ishlash uchun servis. Pul ishlash uchun sizga shaxsiy sahifa kerak bo’ladi. Ishlarning narxi 2-30 ruble atrofida. Asosiy vazifa likelar qo’yish, guruhlarga qo’shilish va qayta post qilish.
- CashBox – Asosiy ijtimoy tarmoqlar va vazifalar VKtargetdagi kabi.
- ForumOK – sizni vazifa uchun yuqori narx bilan jalb qilishi mumkin, lekin profil talablari ham shunga mos, masalan, sizda kamida 100 ta do’st bo’lishi kerak.
- V-like – o’xshash sayt, ammo bu yerda stavkalar biroz pastroq, biroq ko’p vazifalar mavjud.
- VPrka – ishtirokchilarni kattagina naqd puldan tortib qimmatbaho sovg’alar bilan rag’batlantiradi!
Xulosa:
Ko’pchilik VKtarget pul to’laydimi yo’qmi deb so’raydi, men o’zim shaxsan tekshirganman. Ijtimoiy tarmoqlardagi harakat uchun pul olish imkoniyatini rostdan ham beradi. Bu harakatlar: guruhga qo’shilish, izoh qoldirish kabilardir.
Xullas, saytdan ro’yxatdan o’ting va birinchi pulingizni qozoning.
VkTarget bilan ishlash bo’yicha tajribangizni sharhlarda qoldiring.
Hammasi shu. Keyingi maqolalarda ko’rishguncha xayr.