Blog Oxunjon Gaybullayeva

Instagram akkauntni rivojlantirish (kuchaytirish) – 7 ta muvaffaqiyatli yo’l

Instagram profilni kuchaytirish, rivojlantirish

Salom do’stlar!

Instagram ijtimoiy tarmog’I kundan-kunga o’z foydalanuvchilarini ko’paytirib bormoqda. Insonlar o’z hayotlari haqidagi rasmlar va qisqa videolar post qilishadi, do’stlar bilan chat qilishadi, mashhur insonlarning akkauntlariga tashrif buyurishadi, iqtidorli fotosuratchilarning chiroyli suratlarini tomosha qilishadi.

Ko’pchilik shunchaki qiziqishga bu ijtimoiy tarmoqdan foydalanishadi va shuningdek ish uchun ham. Biznes muvaffaqqiyatli bo’lishi uchun, imkon qadar ko’proq odamlarni jalb qilish, obuna bo’lishga chaqirish, yangiliklarni kuzatish va aktsiyalarda ishtirok etishingiz kerak.

Shuning uchun bugungi kunda Instagramda foydali bo’lishi mumkin bo’lgan va uni mustaqil ravishda va maxsus xizmatlar va dasturlar yordamida Instagram akkauntni kuchaytirishni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida suhbatlashamiz.

Nima uchun Instagram akkauntni rivojlantiramiz?

Agar siz instagramda faqatgina do’stlar bilan suhbatlashish, ular uchun rasm va videolar yuklash uchun va begonalar ko’rmasligi uchun ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz, rivojlantirish to’g’risida sizga hech qanday savol yo’q.

Rivojlantirish (kuchaytirish) obunachilar, sharhlar, yoqtirishlar-like sonini oshirishga qaratilgan maqsadli harakatdir.

Instagram sizga ko’plab imkoniyatlar beradi, bu unchalik yaxshi ko’rinmasligi mumkin, lekin vaqt o’tishi bilan albatta yoqtirib qolasiz. Shuning uchun ham ijtimoiy tarmoqlar qiziqarli bo’ladi:

  • Ko’p miqdordagi foydalanuvchilar, 800 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega;
  • rivojlanishning yuqori dinamikasi – har kuni va oyda yangi odamlar va kompaniyalar tarmoqqa qo’shilishadi;
  • Yuqori faollik – har kuni 500 mingdan ortiq kishi onlayn rejimida qatnashadi, bu esa barcha foydalanuvchilarning 60% dan ortig’ini tashkil etadi;

Bu sizning mijozlaringiz, muxlislaringiz va o’xshash fikrlovchi kishilarni topishingiz mumkinligini ko’rsatadi. Agar siz hozir tadbirkor bo’lmasangiz ham, siz sevimli mashg’ulotingiz bo’yicha pul ishlashni boshlashingiz yoki muammolarni hal qilishda yordam berishingiz yoki sifatli kontentlar bilan odamlarni xursand qilishni boshlashingiz mumkin.

Instagramda akkauntni rivojlantirib, o’z tomoshabinlaringizga erishasiz. Agar sizni harakalaringiz pul ishlashga qaratilmagan bo’lsa va muloqot va yangi tanishlar quvonchini keltirishga qaratilgan bo’lsa – bu ham yaxshi natija.

Rivojlanish usullari

Abonentlar sonini ko’paytirish, ko’plab foydalanuvchilar orasida maqsadli auditoriyani topishga yordam beradigan va raqobatdan ajralib turadigan turli usullar mavjud:

  1. Akkauntni samarali boshqarish, yuqori sifatli va qiziqarli materiallarni nashr etish.
  2. Bellashuv va musobaqalar, yoki ular sovg’a sifatida qabul qilsa ham bo’ladi.
  3. Flash-moblarda ishtirok etish.
  4. Qo’shma PR.
  5. Follow qilish va like qilish.
  6. Maxsus xizmatlar va dasturlar yordamida abonentlarni va boshqa ko’rsatkichlarni aldash.
  7. Reklama.

Reklama bundan mustasno, barcha harakatlar mustaqil va bepul amalga oshirilishi mumkin yoki siz uchun buni amalga oshiradigan mutaxassis yordamiga murojaat qilish mumkin. Reklama pul va ma’lum bilim talab qiladi, aks holda chora-tadbirlarning samarasi nolga teng bo’ladi. Keyinchalik, har qanday reklama turini batafsil ko’rib chiqamiz.

Qanday qilib obunachilarni jalb qilish uchun sahifangizni kuchaytirishni boshlashingiz mumkin.

Avval Instagram-da ro’yxatdan o’tishingiz kerak, profilingizni sozlang va to’g’ri tartibga soling. Ismni yozing va «Biografiya» bo’limini to’ldiring – bu siz yoki kompaniya haqida qisqa ma’lumot. Kalit so’zlar, shuningdek, sizning manfaatlaringiz va aloqa uchun kontaktlaringiz bo’lishi kerak. Avatar uchun yaxshi rasm va suratni tanlang. Agar korporativ sahifangiz bo’lsa, unda bu rasmda siz mijozlaringiz va abonentlarga taklif qilayotganingiz aniq bo’lishi kerak.

Shundan keyin darhol, rasm va video chop etishni boshlasangiz bo’ladi. Akkauntni qanday yuritish bo’yicha ba’zi bir tiplar:

  • Maqsadli auditoriyangizni aniqlab oling: yosh, jins, qiziqishlar, sahifangiz, mahsulotingiz va xizmatlaringizdagi mavzularga qiziqadigan odamlarning muammolari.
  • Obunachilarga ta’sir qilishi, jo’shqinlantirib yuborishi, xullas ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ko’rgazmalar post qilib turing, profissional maslahatlarni bo’lishing va ko’rsatmalar yozing.
  • Raqiblaringizni o’rganib boring, juda ko’p izohlar va like-lar yig’gan mashhur postlariga e’tiboe bering.
  • Kontent reja tuzing, va bu sotuvchi, ma’lumotga boy va qiziqarli postlarni o’z ichiga olsin.
  • Savollar so’rang, o’z fikrlarini bo’lishishni o’quvchilaringizdan so’rang.
  • Izohlarga javob qaytaring yoki kamida “like” belgisini bosing.
  • Obunachilaringizdan qanday materiallar istashini, sizdan nima o’rganishni xohlashlarini so’rang.
  • Ijtimoiy tarmoqning barcha xususiyatlaridan foydalaning: matn, rasm, video, stories, live broadcast-jonli ko’rsatuv. Barchasi auditoriyangizga yaqinroq bo’lishda xizmat qiladi.
  • Kelajakdagi postlar va ko’rsatuvlar uchun e’lon bering.

Musobaqalar va tanlovlar.

Insonlar qiziqarli voqea-hodisalarda ishtirok etishni yoqtirishadi: sovg’alar va mukofotlar uchun. Sizni vazifangiz quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Shunday qoidalarni o’ylab topingki, sizga yangi obunachilar olib kelsin.
  • Auditoriyangizga yoqadigan va sizni o’gir ahvolga tushirib qo’ymaydigan sovg’alar bilan taklifda bo’ling
  • Musobaqa vaqtini belgilang.
  • Holatlar bilan bog’liq maqolalar tayyorlang va chop qiling.
  • Fikr-mulohazalarni kuting. Shunday voqea-hodisalarni uyushtirish uchun sizga katta miqdorda faol obunachilar kerak bo’ladi, kamida 3-5 ming, aks holda natija qoniqarli bo’lmaydi.
  • Kompaniya, xizmat va mahsulot haqida sahifangizda fikr-mulohaza qoldiring.
  • Berilgan mavzuda yaxshi rasm tayyorlang. Barcha qatnashuvchilarni ko’rish va keyin go’libni aniqlash uchun, foydalanuvchi akkauntlari ochilgan bo’lishi va ular kod so’zlardan-maxsus hashtag-lardan foydalangan bo’lishlari juda muhim. Agar sizda ko’p obunachi bo’lsa, GiveAways kabi maxsus xizmatlardan foydalaning. Ular jarayonni avtomatlashtirishda va tasodifiy g’olibni tanlashda yordam beradi.

Flash Moblar

Siz mavjud ijtimoiy harakatga qo’shilishingiz mumkin. Qiziqarli va g’ayrioddiy voqea-hodisalarda qatnashish sahifangizga bir xil tushunchadagi insonlarni jalb qilishda yordam beradi. Lekin, katta ta’sir ko’rsatadi deb o’ylamang. Agar siz flash mobning boshqaruvchisi bo’lmasangiz, kam miqdordagi yangi obunachilarni jalb qilishingiz mumkin.

Qo’shma Piar

Bu metodning nomi orqali, allaqachon uni qanday amalga oshirish mumkinligini taxmin qilish mumkin. Sizni vazifangiz o’xshash mavzudagi akkauntni topishda iborat va bu akkaunt siz bilan bir-biringizning xizmatlaringizni reklama qilishga tayyor bo’lishi kerak.

Bu metodning asosiy ustunliklaridan biri investitsiya qilish keragi yo’qligidadir. Biroq reklama qilishga tayyor bo’lganingiz sahifalarni tanlashda va o’zingiznikini reklama qilmoqchi bo’lgan joyni tanlashda ehtiyot bo’lishingiz kerak. Aks holda, bu kabi reklamalarni xush ko’rmaydigan obunachilarni yo’qotishingiz va boshqa profillardan sizga kerak bo’lmagan maqsadsiz auditoriyani jalb qilib qo’yishingiz mumkin.

 Follow va like qilish

Ushbu metod ko’p vaqt talab etadi, agar akkauntingizni o’zingiz rivojlantirmoqchi bo’lsangiz, ammo, ular yaxshi natija olib kelishi ham mumkin.

Muhim narsa shuki, sizni xaridorlaringiz bo’lishi mumkin bo’lgan foydalanuvchilarni tanlaysiz, ya’ni ular maqsadli auditoriyaga tegishli bo’ladi. Ularga obuna bo’lasiz va postlari ostida “like” qo’yasiz. Shunday qilib odamlarni qiziqtirasiz va o’z navbatida ular ham sizni muxlislaringiz bo’ladi. Biroq, ehtiyot bo’lishingiz kerak va kunlik 1000 obuna bo’lishlar va 2000 like va soatiga 60 faoliyatdan oshib ketmasligi kerak.

Bu jarayonni tezlashtirish va avtomatlashtirish uchun, maxsus xizmatlardan foydalaning:

  • Pamagram
  • Instaplus
  • Instapromo

Rivojlantirishda bu uslubining ziyon tarafi.

  • Agar administratsiya sizni mass-massive yoki mass-leakinglikda gumon qilsa, akkauntni bloklash xavfi bor.
  • Hamma narsani qo’lda qilsangiz vaqt ko’p ketadi.

Xulosa: Siz rivojlantirishning bu metodidan foydalanishingiz mumkin, agar extiyotkorlik bilan harakat qilsangiz. U yaxshi natija berishi mumkin, lekin shuningdek moderatorlar tomonidan jarima olish riski ham mavjud. Shuning uchun barchasini bosqichma-bosqich qilib borishingiz kerak, ayniqsa akkauntingiz yosh, kam obunachilarga ega bo’lsa.

Obunachilar va boshqa indikatorlarni chiting qilish.

Bu uchun, quyidagi kabi maxsus xizmatlardan foydalanasiz:

  • Bosslike
  • Likemania
  • Godlikes
  • Smmlaba
  • Insta turbo

Barchasining ishlash prinsipi o’xshash. Ro’yxatdan o’tasiz va vazifalarni bajarasiz: kimnidir akkauntiga obuna bo’lasiz, “like” qo’yasiz, izoh yozasiz. Bu harakatlar ball yig’adi va shu xizmatdagi boshqa foydalanuvchilardan istalgan faoliyat uchun buyurtmangizni joylashtirasiz.

Shuningdek bu xizmatlardan pul uchun ham foydalansangiz bo’ladi. Boshqa avtomatlashtirilgan rivojlantirishning metodlari singari, ba’zi negativ joylari ham bor:

  • Agar administratsiya sizdan chiting qilishda gumon qilsa, akkauntingiz blok bo’lish xafi bor, shu sababli soatiga 60 obuna bo’lishdan ko’p bo’lmasligi lozim.
  • Vaqt o’tishi bilan muxlislar soni kamayib borishi mumkin.

Shu sababdan, bu metod extiyotkorlik bilan ishlatilishi lozim.

Boshqa foydalanuvchilarning sahifalarida reklama qilish.

Auditoriyasi siznikiga mos tushadigan mashhur bloggerlar va jamoalar akkauntini topasiz va Instagram sahifangizga ssilka ko’rsatin mahsulotlar va xizmarlar uchun reklamaga to’lov qilasiz. Shuni aytishim kerak, obunachilari ko’p bo’lgan foydalanuchilarning barchasi ham reklama bilan shug’ullanavermaydi.

Shunday reklamalarning muhim foydalari shundaki, foydalanuvchilar postlarini muntazam ravishda o’qib boradigan bloggerlarga ishonishadi. Shuning uchun, bu holatda reklama qilish qadrdon va hurmat qiladigan insondan tavsiya kabi eshitiladi va bu samaradorlikni oshiradi.

Biroq, salbiy taraflari ham bor:

  • To’g’ri ya’ni mos auditoriyaga ega sahifani topish osonmas.
  • Narx biroz baland bo’lishi mumkin, bu blogger yoki bir jamoatning mashhurlik darajasiga bog’liq bo’ladi.

Umumiy aytganda, bu arzon emas, lekin rivojlantirishning samarali yo’li.

Instagramdagi biznes akkaunt nima va u rivojlantirishda qanday yordam bera oladi?

Agar siz ijtimoiy tarmoqda rivojlantirish va pul ishlash uchun sahifa yaratadigan bo’lsangiz, shaxsiy profil turidan biznes uchun maxsus turga almashtirsangiz bo’ladi. Shaxsiy bo’limingizning sozlanmalarida buni mutlaq bepul qilishingiz mumkin.

Biznes akkaunt sizga nimalar berishi mumkin:

  • Aloqa tugmasi mavjud, uning yordami bilan, foydalanuvchi sizga yozishi va zvanok qilishi mumkin.
  • Profilda manzilingiz, tel nomeringiz va electron pochta manzilingizni qo’shishingiz mumkin.
  • Yozuvlar va tashrif buyuruvchilar statistikasi bor: saytga o’tish, ko’rishlar, like-lar, izohlar.
  • Instagram rasmiy xizmati orqali mahsulot yoki servislaringizni reklama qilish imkoniyati bor.

Bularning barchasi savdoni oshirishga va sahifadagi kontentni analiz qilishga yordam beradi.

Instagram rasmiy reklama berish.

Instagramni kompaniyaning facebook sahifasiga bog’lagandan keyin. Mo’ljal qilingan reklama siz uchun yaroqli bo’ladi. Qanday foydali taraflari bor?

  • Reklama ko’rsatish uchun maqsadli auditoriya tanlovi.
  • Eng samaralisini aniqlash uchun turli xil reklama tanlovlarini tekshirish.
  • Obunachilarni jalb qilish natijasining analizi.

Rasmiy reklamaning salbiy tomonlari:

  • Moliyaviy xarajatlar talab qiladi.
  • Foydalanuvchilarga reklama ko’rinishi uchun, ularning akkauntlari facebookga bog’langan bo’lishi kerak, bu esa auditoriya sonini kamaytiradi.

Instagramdagi ish uchun foydali xizmat, dastur va ssilkalar.

Ijtimoiy tarmoqdagi akkauntni rivojlantirish uchun yordam beradigan ko’plab xizmatlar va dasturlar mavjud, Quyida ba’zi yaxshi servislar:

  • Onlypult – Vaqtinchalik nashrlarni joylashtirish, Instagram-ga fotosuratlar va videolarni kompyuteringizdan yuklash, bir nechta hisoblarni boshqarish, SMM mutaxassislarini jalb qilish, tahlil qilish imkonini beradi;
  • Socialkit – 1000 va undan ortiq ijtimoiy tarmoq sahifalarini saqlab qolish, autoposting, raqib va maqsadli auditoriyalarni tahlil qilish, hashtaglar va geolocation bilan ishlash kabi keng imkoniyatlarga ega dastur;
  • SMMplanner postlarni bekor qilish uchun qulay vosita bo’lib, qaydlarni avtomatik ravishda qo’shish va o’chirish imkonini yaratadi;

Instagram bilan ishlash uchun boshqa yaxshi vositalarni bilsangiz, iltimos, bu haqda fikringizni yozing.

Akkauntni qanday qilib rivojlantirish kerak – foydali turlar.

Sahifani rivojlantirish, yangi obunachilarni jalb qilish va eski obunachilarni ushlab turish uchun, siz muntazam ravishda kontentlar ustida ishlashingiz, yuqori sifatli rasmlar olishingiz, qiziqarli qaytlar yozishingiz kerak.

Muntazam ravishda istemolchilar qidiring, raqiblarni o’rganing va qilgan harakatlaringiz va natijalar ish bergan yoki bermaganini tushinish uchun jarayonni kuzatib boring. Quyida analitika uchun maxsus servislar:

  • LiveDune

Va yana bitta muhim tur: Ishonchli parol bilan sahifangizni himoya qiling, tel nomeringizga va electron pochta manzilingizga bog’lab qo’ying. Bularning barchasi profilingizni hakkerlardan himoya qilishda yordam beradi. Aks holda, barcha ma’lumotlaringizni, iste’molchilarni va pulingizni yo’qotishingiz mumkin.

  Xulosa:

Rivojlantirish uchun ko’plab turli xil tanlovlarni ko’rib chiqdik, biroq eng yaxshi yo’li qaysi biri siz uchun ish bersa o’shanisi. Urinib ko’ring, natijani o’rganib chiqing va Instagramdagi akkauntingiz uchun qaysi biri mos tushishini aniqlang. Yana bir marta, men faqat maqsadli auditoriya yig’ish va sahifani noldan boshlab rivojlantirish uchun yordam beradigan asosiy nuqtalarni yozdim:

  • Profil dizayni – nomi, ta’rifi-izoh, yagona uslubi;
  • Yuqori sifatli fotosuratlar, foydali matnlar, video va jonli efirlar;
  • Abonentlar bilan aloqa, fikr-mulohaza;
  • Potensial mijozlaringizga yoqadigan va obuna bo’lgan.
  • Musobaqalar va tanlovlar;
  • Qo’shma Piar;
  • Flash-moblar;
  • Aldagan abonentlar va boshqa ko’rsatkichlar;
  • Mavzuli jamoalar va mashhur bloggerlar orasida reklama lavhalari;
  • Ilovada rasmiy reklama.

Instagram sizga shaxsiy va korporativ brendingizni targ’ib qilish uchun katta imkoniyatlar beradi. Yana bir narsa, agar siz dizayner, fotograf bo’lsangiz, o’zingizning restoraningiz yoki go’zallik saloningiz bo’lsa, oshxona yoki sayyohlik blogini ishlatsangiz, demak bu ijtimoiy tarmoqda ommalashib ketishning ko’p imkoniyati mavjud. Omad!

Fikrlarda savollar va takliflarni yozing. Maqolani do’stlaringiz va tanishlaringiz bilan baham ko’ring, agar u qiziqarli va foydali deb topsangiz va umid qilamanki shunday. Internetda pul topish bo’yicha eng dolzarb ma’lumotlarni olish uchun, uzinfobiz.ru axborot blogiga obuna bo’ling.

Yana ko’rishguncha, do’stlar.

Рейтинг
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 3
  1. savol

    Telegramda ikki bosqichli tekshiruvni yoqqamdim. Telegramimni qayta ishga tushurmoqchi edim ammo kodni unuttim yordam bering iltimos. Oldindan rahmat. :oops: :lol:

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, telegram rasmiylaridan yordam so’rasangiz bo’larkan

  2. Sardorbek_boimatov

    :idea: :idea: :idea: :idea: :idea:

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: