Blog Oxunjon Gaybullayeva

Boy bo’lish sirlari haqida top maslahatlar!

Boy bo'lish sirlari haqida

Tez fursatda boyib ketmoqchimisiz? Sizda “nima qilish kerak?” , “qanday fikrlash kerak?” kabi savollar paydo bo’lyaptimi? Biz siz bilan aynan shu haqida suhbatlashamiz!

Assalomu alaykum, hurmatli o’quvchi! Siz bu maqolaga qiziqibsizmi, demak kelajangizni tubdan o’zgartirishga kirishgansiz(yaxshi tomonga, albatta). Ishonch bilan aytishim mumkinki, siz to’g’ri manzildasiz! Siz allaqachon boy bo’lish sirlari haqidagi bir nechta maqolalarni ko’zdan kechirib chiqqandirsiz? O’ylaymanki, ha. Ammo bizda boshqalardagi kabi bir xillikka duch kelmaysiz! Quyida taqdim etmoqchi bo’lgan maqolamiz yaqin kelajakda boyib ketish uchun nimalar qilish kerakligini tushuntiradigan kreativ g’oyalardan iborat. Eng asosiysi, bu maslahatlar boshqa sayt yoki jurnallardagi mashhur maqolalardan ko’chirib olinmagan! Hayotiy tajribadan kelib chiqqan holda o’z o’y-fikrlarimizni siz azizlar bilan baham ko’rishga qaror qildik.

Boy bo'lish sirlari haqida

 1-qoida. Har bir inson o’z mustaqil fikri shakllangandan so’ng , farovon hayot kechirish haqida orzu qila boshlaydi va bu yo’lda tezroq boyib ketishga intiladi. Shu tariqa o’z-o’zidan 1-qoida kelib chiqadi: agar maqsadingiz jiddiy bo’lsa, aslo shoshqaloqlikka yo’l qo’ymang. Ya’ni har bir ishni maromiga yetkazib, xotirjam bajaring. Masalan, biror bir tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval, uni har tomondan o’rganib chiqish; pishiq biznes reja tuzish; yetarlicha mablag’ to’plash va en muhimi, shu sohada tajribasi bor kishilardan maslahat olish lozim.

2-qoida. Soha tanlashda adashmang. Daromadli biznes yuritishni istasangiz, o’z kuch va imkoniyatlaringizdan kelib chiqqan holda soha tanlang, ya’ni xalqimiz aytganidek “baland dorga osilmang». Tajriba shuni ko’rsatadiki, pulga uchib o’zi ko’rmagan, bilmagan sohada ish boshlagan kishi tez orada kasodga uchraydi.

 3-qoida. Vaqtni samarali taqsimlashni o’rganing. Ish davomida vaqt bilan bog’liq turli qiyinchiliklarga duchor bo’lmaslik uchun kundalik vaqtingizni rejalashtirib qo’ying. Mashaqqatli faoliyatingizda ushbu omil tez toliqib qolmasligingizni ta’minlaydi. Hatto eng taniqli millonerlar ham kun tartibiga amal qilgan holda ish ko’radi. Shuning uchun bu qoidaga jiddiy qarang va unga qat’iy amal qiling.

4-qoida. Tavakkal qilishdan cho’chimang. Debyutantlik bosqichini ortda qoldirib, ko’nglingizdagidek pul topishni boshlaganingizdan so’ng tavakkalga qo’l urib turing. Boshlanishida qiyin bo’lishi mumkin, lekin tajriba orttirganingizdan keyin shu tavakkal bilan ham katta yutuqlarga erishishingiz aniq.

 5-qoida. Muomala madaniyatiga amal qiling. Shu qoidaga amal qilsangiz, hamkorlik ishlari hech qanday qiyinvhiliksiz o’tadi. Kim bilan , qay vaziyatda suhbatlashishdan qat’i nazar, xushmuomala bo’ling; muammolarni hal qilishda ham jahlga berilmasdan ish ko’ring.

Boy bo'lish sirlari, hamkorlar bilan munosabat

6-qoida. O’qish, o’rganish va izlanishdan to’xtamang. Har qancha yuqori cho’qqilarni zabt etganingizda ham ; o’zingiz uchun qoniqarli hayot tarzini ta’minlab bo’lganingizda ham mutolaa qilishni davom ettiring. Boy kishilarning 86 foizi muntazam ravishda kitob mutolaa qilar ekan; ular har kuni eng kamida yarim soat vaqtini o’z sohasiga taalluqli maqola va kitobkarni o’qishga bag’ishlar ekan. Bundan ko’rinib turibdiki, inson qanaqa middiy holatda ekanligidan qat’i nazar, uning oldida bir dona yakunlab bo’lmaydigan ish qoladi. O’zingiz anglaganingizdek, bu – kitob o’qish.

7-qoida. Muvaffaqiyatsizlikni tan oling. Ishda kishini mast qilar darajadagi yutuqlar bilan bir qatorda omadsizliklar ham bo’lishi tabiiy hol, albatta. Bunday paytlarda, shunchaki, mag’lubiyatni tan oling; tushkunlikka tushmang. Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki, hatto eng taniqli boylar ham o’z faoliyati davomida aqlga sig’maydigan darajadagi inqirozlarni boshdan o’tkazgan; lekin qisqa fursat ichida nufuzini qayta tiklagan. Shunday ekan, nima uchun biz arzimagan omadsizlikni deb sevimli ishimizdan voz kechishimiz kerak?! Shunchaki o’tgan ishlarga

Boy bo'lish sirlari, o'zgacha fikrlang

qo’l siltab, yangi marralar tomon intiling! Vaqt hamma dardning davosidir!

8-qoida. Pulni bosh maqsad qilib qo’ymang! Tezroq boyib ketishni istasangiz-da, pul topishni oson va qing’ir yo’llariga berilmang. Sizning oliy maqsadingiz, birinchi navbatda, o’z aqliy va ruhiy ehtiyojlaringizni qondirishga, tajriba to’plashga qaratilgan bo’lishi lozim. Tajribangizni maksimal tezlikda boyitib borsangiz, pul o’zi sizni topib keladi.

 9-qoida. Muvaffaqiyatga erishgan kishilarni boshdan kechirganlarini o’rganib chiqing. Qarindoshlaringiz yoki do’stlaringiz orasida boylari ham bormi? Hech bo’lmaganda, notanish bo’lsa ham, shunaqa kishilarni ko’rgansiz, deb o’ylayman. Yuqorida ta’kidlaganimdek, sizdan ko’ra tajribaliroq kishilardan o’rnak oling, o’rganing. Lekin qiyin paytlarda o’z aqlingizga tayanib qaror chiqaring, ya’ni omadli kishilardan nusxa ko’chirmang. Bu muvaffaqiyatingizning kaliti bo’la olmaydi.

 10-qoida. Tanqidga munosabat bildirishni o’rganing. Yozuvchi Syuzi Ormann aytganidek: « Foydadiz tanqidga e’tibor bermang». Darhaqiqat, asossiz tanqidlar tufayli asabiylashishning hojati yo’q. Agar sizni biror ma’nili sabab bilan tanqid ostiga olsalar, bunga siz o’z shijoatingiz bilan javob qaytaring; kamchiliklarni tuzating; faoliyatingizni eng mukammal darajaga olib chiqing.

Yakunda sizlar uchun bonus maslahat! Bo’sh vaqtingizda boy insonlar hayoti to’g’risidagi kitoblarni, yoki tez fursatda boyib ketgan oddiy kishilar haqidagi maqolalarni o’qib chiqing. Buni menga nima foydasi bor, deb so’rayapsizmi? Bu orqali hozirda siz uchun eng muhim bo’lgan narslarani olasiz; ular ISHONCH va MOTIVATSIYADIR. Agar mendan so’rasangiz, Adam Jeksonning “ Boy bo’lishning 10 qoidasi» yoki Bill Geytsning “Biznes falsafasi» nomli kitoblarini tavsiya qilaman. Ishonamanki, ularni o’qib chiqsangiz, yuqoridagi ikki xislatni o’zingizda mujassamlashtirasiz.

Mana azizlar, sizlarga taqdim etmoqchi bo’lgan kamtarona maslahatlarimiz shulardan iborat edi. Agar shu maslahatlarni o’zingiz uchun muhim qoidadek qabul qilsangiz, aminmizki, maqsadingizga tezroq erishasiz. Albatta bu ishni boshlashdan avval, Yaratgandan madad so’rashni va ota-onangizdan duo olishni yoddan chiqarmang!

Рейтинг
( 2 assessment, average 3.5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: