Salom blogimning o’quvchilari, siz bilan yana men Oxunjon. Bugun internetda pul ishlashning keng tarqalgan yo’lidan biri YouTubeda pul ishlash turlari haqida yozishga qaror qildim.
Youtubeda pul ishlashning qoidasi oddiy: “Video content yarat, ko’ruvchilar sonini ko’paytir, pullashtir.”
Youtubeda pul ishlashda sizning birinchi qiladigan ishingiz odamlar uchun kerakli, foydali, qiziqarli va sifatli videolar yaratish va uni o’zingizning youtube kanalingizga yuklashdan iborat.
Agar sizda haligacha youtube kanalingiz bo’lmasa, buni manabu ssilkaga kirib, o’qib o’rganib olib yaratishingiz mumkin.
Ko’rganingizdek youtubeda kanal ochish oson ish, endi unga video kontentlarni yuklash qoldi. Videoni kanalga yuklashdan oldin, ularni yaratish haqida gapirmoqchiman.
Youtubeda pul ishlashda video yaratish eng birinchi va muhim va hattoki qiyin ish, boshqa texnik tomondan qilinadigan ishlar qiyin emas. Shu sababli, video yaratishga katta ahamiyat qarating, shu narsa sizning youtube biznesingizdagi muvoffaqiyatni taminlaydi.
Eng boshida sizning maqsadingiz videolaringizni ko’pchilik tomosha qilishini taminlash. UNUTMANG! Har bir ko’rilgani uchun sizni hisobingizga pul tushadi, qanchaligini aniq bilmayman va qanday tushushi haqida keyin gaplashamiz.
Yaratgan videoyingiz youtubeda pul ishlash qonun-qoidalariga muvofiq bo’lishi kerak ya’ni barcha videolarga ham pul to’lanaverilmaydi. Youtube bir qancha kuchli qonunlar to’plamiga ega.
- Siz tayyorlagan videolar asl nusxa bo’lishi kerak ya’ni bu video internetda boshqa bo’lmasligi.
- Mualliflik huquqi qoidalarini buzmaslik.
- Internetdagi videolardan qirqib olib o’zingizniki qilib ishlatish ham yaxshi emas.
- Videoda boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy malumotlarini oshkor qilmaslik.
- Pornagrafik videolar bo’lmasligi kerak.
Google yuqorida qilingan aldovlarni aniqlaydigan sistemalar o’rnatgan. Agar siz youtube qonunlarini bajarmasangiz, sizga pul ishlash imkoni ham berilmaydi.
Agar o’zingizda biron turga oid video yaratish fikringiz bo’lsa ham, o’zingizga quyidagi savollarni berib ko’ring?
- Video chindan ham foydalimi yoki qiziqmi?
- Video sifatli chiqdimi?
- Youtubeda shunaqa mavzudagi videoni qidirib tomosha qilayotgan insonlar bormi?
- Videoda biron muammo yoki savolni yechdimmi?
- Bunaqa videoga bo’lgan ehtiyoj bormi emas ehtiyoj kattami?
Va hakazo.
Agar hali ham qanday videolar qilishni bilmayotgan bo’lsangiz, o’zingizga quyidagi savolni berib ko’ring!
Kanalimni va videolarimni qaysi so’zlar bilan qidirib topishlarini xohlayman?
Albatta, o’zingizning tengi yo’q videolar seriyangizni yaratishda, videoga ishlov beradigan programmalar kerak bo’ladi. Quyidagi maqolada videoga ishlov berish ya’ni motaj qilish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan mashhur programmalar ro’yxati berilgan:
Video kontentlaringiz tayyor bo’lgan bo’lsa, youtube kanalingizga qo’ying!
Bunda google akkauntingiz orqali o’z youtube kanalingizga kirasiz.
1
Videoni yuklash uchun qizil ramka bilan ko’rsatilgan joyga bosing!
2
Bu yerdan esa qizil ramka bilan ko’rsatilgan joyga bosib kompyuteringizdan videoni tanlab oling!
Yuqorigi jarayonda video kanalga yuklanyapti, to’liq yuklanib bo’lgandan keyin, Publish tugmasini bosib internetga chiqarib yuborsangiz bo’ladi. Ammo buni qilishdan oldin SARLAVHA, IZOH, TEG ni to’ldiring!
SARLAVHA – videoning sarlavhasi, video manashu sarlavha orqali topiladi. Shu sababli, boshqalar videoni topib ko’rish uchun qidirilishi mumkin bo’lgan sarlavha qo’ying!
IZOH – Videoning ostida chiqadigan izoh. Video nima to’g’risidaligi haqida malumot bering!
TEG – shu vedeoni yana qanday so’zlar bilan qidirishlari mumkin, shularni yozing!
Endi, Publish tugmasini bosib nashr qilsangiz bo’ladi.
Shu tarzda videolaringizni youtube kanalingizga yuklaysiz.
Bu videolarni pullashtirish vaqti keldi.
Youtubeda pul ishlash bo’yicha menda aniq tajriba yo’q, shu sababli RU netda mashhur bloggerlarning tajribalariga ko’ra pul ishlash turlarini sizlar bilan bo’lishaman.
Kontekstli reklama Google adsense
Youtube video hosting Google tomonidan boshqarib kelingani uchun, videolarni monetizatsiya (pullashtirish) uchun eng yaxshi yo’l Google Adsense kontekstni reklamalar.
Bu turdagi reklamani hammamiz ko’rganmiz, video tomosha qilganimizda. Uning reklama birliklari nafaqat videolarni o’zida balki shaytning boshqa qismlarida ham.
Quyida shu kabi reklamaning namunasi, video qo’shganda yuqori o’ng burchakda hosil bo’ladi.
Bu metodning mohiyati shundaki, siz odamlar tomosha qiladigan videolarni joylaysiz, Youtube o’zi reklamalarni ko’rsatadi va ko’rishlar yoki reklama ustiga bosishlar uchun kichik foiz to’laydi.
Youtube media tarmoqlar.
Media tarmoqlar yoki “youtube affiliate programs” deb nomlanadi, bu Google Adsense kabi, faqat shaxsiy kompaniyalardan. Reklamalar bir xil usulda ko’rinadi, ko’rishlar va kliklar uchun to’lovlar deyarli bir xil.
Faqat farq shuki, media tarmoqlar ko’proq to’lashi mumkin, ishlangan pulni qulay usulda yechib olish imkonini beradi va muammolar chiqqanda yordam berish uchun “Support-yordam” xizmati mavjud. Misol uchun, mualliflik huquqining buzilishiga oid shikoyat bilan.
Keyingi maqolalarda mashhur youtube affiliate programmalar va kanal uchun tarmoqlar tanlashni tahlil qilamiz.
Sheriklik programmalar
Fikrimcha youtube kanalni pullashtirish bo’yicha
Blogimda ham sheriklik dasturlari haqida, ular bilan qanday qilib pul ishlash mumkin ekanligi haqida yozganman, ko’proq ma’lumotga ega bo’lish uchun ma’qlani o’qib shiqishni maslahat beraman.
Qisqacha aytganda, ishlash prinsipi shundaki, siz mahsulot,servis topasiz, sheriklik dasturida ro’yxatdan o’tasiz, ssilkangizni olasiz va reklama qilasiz ya’ni targ’ib qilasiz (videoning izohida ssilkani qo’yasiz), har bir sotilgan mahsulot uchun o’z foizingizni qabul qilasiz. O’rtacha foizlar 5-30% gacha bo’lishi mumkin.
To’g’ridan to’g’ri reklama
Agar siz katta auditoriyaga va ko’p sonli obunachilarga ega bo’lmasangiz, bu metod siga uncha to’g’ri kelmaydi. Chunki reklama beruvchilar kichik auditoriyani ko’rib, reklama bermaydi.
To’g’ridan to’g’ri reklama qilish – reklama beruvchi pul evaziga videoda mahsulotni yoki servisni reklama qilish maqsadida sizga murojaat qiladi. Mashhur kanallarda, bu monetizatsiya turi eng katta daromad hisoblanadi.
- To’g’ridan-to’g’ri reklama turlari:
- Videoning eng boshida qisqa qo’yish
- Videoning o’rtasida joylashtirish, TV reklamalari kabi.
- Videoni oxirida.
Boshqa kanallarni va videolarni tavsiya, targ’ib qilish.
Bu holatda, kanal egasi o’z auditoriyasiga boshqa kanallarning videolarini reklama qiladi va shu uchun pul oladi.
Xulosa:
Kichik xulosa sifatida shuni aytmoqchiman, Youtubedan foydalanib har bir kishi qilishi mumkin bo’lgan mashhur pullashtirish yo’llari ro’yxatini tuzdik. Oxirgi yillarda, video hosting va blogging rivojlanib bormoqda, yaqin orada televideniyaning o’rnini egallaydi. Aslida men uchun allaqachun egallab bo’lgan, chunki men ko’pdan beri televizor tomosha qilmayman.
Auditoriya internetga borgani sari, reklama beruvchilar ham reklamalarini tomosha qiluvchilar bor joyga boradi. Bu yerda ko’proq pul bo’ladi va mos ravishda kanal avtori ko’proq pul ishlaydi. Shuning uchun qancha tez ish boshlasangiz, shuncha tez auditoriyaga erishasiz.
Bu maqolada aytmoqchi bo’lganlarim shulardan iborat edi. Amaliy qismlarni esa keyingi maqolalarimda yozaman. O’tkazib yubormang, blogimga OBUNA bo’lib qo’ying! Shunda yangi maqlalardan ogoh bo’lib turasiz.
Tushunmagan joyingiz yoki qo’shimcha malumotlar xohlasangiz, albatta komentariyada qoldiring!
Shuningdek bu maqolani ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan ulashishingizni so’rayman. Ishonchim komil ular ham bu materiallarga qiziqadi va siz ularga harakatga kirishishi uchun yordam bergan bo’lasiz. Yoningizdagilar qancha ko’p muvaffaqiyatga erishishsa, siz ham erishasiz.
Men esa sizga va youtube biznesingizga omad tilab xayrlashaman, xayr!
Muallif: Oxunjon G’aybullayev.
Men boshqa bir saytda O’zbekistonliklar uchun you tobe pul tulamaydi deb o’qidim bu gapga oydinlik kiritib bera olsez xursand bo’lardim.Yana bir savol😊bu pullar qanday qilib olinadi qayerga tushadi vidiyo uchun tushadigan pullar?.
Salom.
Pul to’laydi, faqat, mamlakati degan joyiga Amerika deb yozing.
Ishlagan pulingiz webmoney elektron hamyoniga yechib olasiz.
Qayerdan tekeirsam boladi youtubedagi hisobni
Adsense orqali tekshirasiz
Absolutely Youtube pul tolaydi requirement uchun 1K subscriber and 4k watching hours k-k..Paypal account orqali international transaction qlish m-n
Pulni kim to‘laydi o‘zi yutubda obunachilarni qanday to‘plash mumkin reklamaa qil7sh kerakmi
Youtube kanalingizda reklama qo’yishni yolga qo’ygandan so’ng google adsense servisiga ishlangan pullar tushadi, sizga pulni youtube tolaydi, bu aslida pullashtirishning turiga qarab bo’ladi.
Assalomu alaykum, yaxshimisiz? Iltimos monetizatsiyani yoqish bo`yicha ham oson,tushunarli qo`llanma chiqaring!!!
Salom, harakat qilaman.
Webmoneyda hamyon ochdim.You tubeda ham kanal ochdim ,obunachilarim yuzdan oshdi lekin mablagʻ tushmadi nima uchun
Salom, Youtube kanalni pullashtirmasangiz pul tushmaydi.
Kanalni qanday pullashtiraman?
Javob uchun oldindan rahmat!!!
Salom, Google adsense orqali pullashtirasiz.
Salom obunachi ko’paytirib beradigan sayt haqida malumot bering oldindan rahmat