Telegram nima? Telegram ochish va uni ishlatish!

Salom do’stlar! Siz bilan men Oxunjon G’aybullayev. Bu maqolamda telegram nimaligi, uning imkoniyatlari va undan qanday foydalanish kerakligi haqida ma’lumot bermoqchiman.

Telegramdan foydalanishni boshlashdan oldin uning nima ekanligi va imkoniyati qandayligini bilib olishimiz kerak bo’ladi.

Telegram nima va uning imkoniyatlari qanday?

Bu savolga javobni telegramming rasmiy saytidan olib yozdim.

Xullas, telegram oddiy qilib aytganda tezkorlik va xavfsizlikka qaratilgan xabar almashish dasturidir (appidir), va bu tez, oson va bepul. Telegramni barcha qurilmalaringizda bir vaqtning o’zida ishlatsangiz bo’ladi ya’ni xabar sizning telefoningiz, planshetingiz yoki kompyuteringiz orasida muammosiz sinxronlashtiriladi.

Telegram bilan, siz xabarlar, rasmlar, videolar, va ko’p turdagi fayllarni (doc, zip, mp3 va hokazo) yuborishingiz mumkin, shu bilan birga 100 000 gacha guruhlar ochsangiz bo’ladi.

Telefoningizda yozilgan (saqlab qo’yilgan) kontaktlardan ismlariga ko’ra odamlarni topishingiz mumkin. Bundan tashqari, qurilmangizdagi disk maydoni haqida qayg’urishga hojat yo’q. Telegramning keshni boshqarish imkoniyatlari disk xotirasini ko’paytirib yubormaydi.

Telegramning IOS, Andriod va Windows telefonlar uchun dasturlari (applari) bor. Telegramning veb versiyalaridan foydalansangiz ham bo’ladi, ya’ni Windows, OSX va Linux uchun.

Endi, bu telegramdan qanday foydalanish to’g’risida gapirmoqchiman.

Telegram dasturini (appni) telefoningizga ( ya’ni siz ishlatayotgan qurilmangizga – telefon, planshet va kompyuter) o’rnatib olib yoki veb sahifani o’zida telegram ochsangiz bo’ladi. Har ikkala holatda ham sizdan davlatingizni tanlash va telefon nomeringizni kiritish so’raladi.

Albatta telefoningizga (umuman foydalanayotgan qurilmangizga) telegramni yuklab (skachat qilib), o’rnatib olsangiz, keyinchalik foydalanishda ishingiz osonlashadi.

Android uchun Play Store va IOS uchun App Storedan bepul telegram appni yuklab (skachat) qilib olsangiz bo’ladi.

Skachat qilib olgandan keyin, uni albatta o’rnatib (install) olasiz!

O’rnatishtugaganidan so’ng, telegramni oching va START MESSAGING tugmasini bosing!

Telegram nima? Telegram ochish va uni ishlatish!

Keyin sizdan davlatingizni tanlashni va telefon nomeringizni kiritishni so’raydi:

Telegram nima? Telegram ochish va uni ishlatish!

Siz kiritgan telefon nomeringizga aktivatsiya qilish uchun besh xonali kod boradi. Bu kodni ikki daqiqa ichida kiritishingiz kerak.

Telegram nima? Telegram ochish va uni ishlatish!

Berilga kodni to’g’ri kiritganingizdan keyin ism familiyangiz kiritilishi so’raladi.

Telegram nima? Telegram ochish va uni ishlatish!

Ism va familiyangizni kiritgandan keyin, telegramingizdan foydalanishni boshlasangiz bo’ladi. Bunda eng avvalo telegramdagi do’stlaringizni topib olishingiz kerak, ya’ni xabar yozishni boshlash uchun yangi kontaktlar qo’shishingizga to’g’ri keldi.

Telegram sizni telefoningizning kontaktlar ro’yxatida telefon raqamlarini qidiradi va biron-bir raqam Telegram akkauntiga bog’langan bo’lsa, siz ularni Telegramda ko’rishingiz va ularga xabar yuborishingiz mumkin. Shunday qilib, agar siz do’stingiz bilan Telegram orqali suhbat qurishni istasangiz, do’stlaringizdan Telegram orqali ro’yxatdan o’tishni so’rashingiz mumkin. Shu tarzda ularning telefon nomerlarini o’zingizning telefon kontaktingizga saqlab qo’ying!

Shu bilan bir qatorda, do’stlaringizni Telegramdagi WhatsApp kabi boshqa ilovalardan ham taklif qilishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun qurilmangizning menyu tugmasini bosing, Kontaktlar-ni tanlang, Invite Friends tugmasini bosing! So’ngra do’stlaringizni taklif qilishni istagan dasturni tanlang va do’stlaringizga chaqiruvingizni yuboring!

Telegram orqali xabar yuborish.

Telegramda suhbatni boshlash uchun, suhbatlashmoqchi bo’lgan kontaktni tanlang va unga bosing!

Telegram nima? Telegram ochish va uni ishlatish!

Telegram orqali rasm, video va boshqa fayl turlarini qanday yuborasiz?

Suhbat oynasida yuqorisidagi qog’oz qistirgichi tasvirchasi-ga teging. Telegram sizga Gallery-dan yoki telefoningiz kamerasidan suratga olish variantlarini ko’rsatadi. Siz shuningdek video, hujjat, joylar va boshqalarni qo’shishingiz mumkin.

Telegram nima? Telegram ochish va uni ishlatish!

Telegramda stiker yuborish.

Telegramda ko’plab stikerlar mavjud. Ko’pincha suhbatni qiziqtirish uchun stikerlardan foydalanishadi. Stiker yuborish juda oddiy, bu uchun quyida ko’rsatilgan rasmdagikabi ish tuting!

Telegram nima? Telegram ochish va uni ishlatish!

Istagan bir stikeringizni tanlang!

Telegram nima? Telegram ochish va uni ishlatish!

Android uchun Telegramda boshqa sozlamardan foydalanish.

Bildirishnomalar, suhbat fonlari, bloklangan foydalanuvchilar, tilni o’zgartirish, tizimdan chiqish kabi boshqa xil sozlamalar uchun android qurilmangizning Menyu tugmachasini bosing va Settingni (Sozlamalar) tanlang!

Telegram nima? Telegram ochish va uni ishlatish!

Agar siz tilni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, Languagega kirasiz. O’sha yerda ko’rsatilgan tillardan birini tanlaysiz xolos, o’zbekcha telegram mavjud emas. Tilni o’zbekcha qilsa bo’ladi, masalan ruscha telegram ham yo’q. Lekin Ruslar nimadir qo’shib bu muammoni hal qilishgan.

Telegram nima? Telegram ochish va uni ishlatish!

Manashu tarzda telegramdan foydalansangiz bo’ladi. Bundan oldingi maqolalarimning birida INSTAGRAM haqida yozgandim, istasangiz bu maqolaga ham tashrif buyuring va INSTAGRAM to’g’risida bilmaganlaringizni kashf eting!

Maqolada aytmoqchi bo’lganlarim shulardan iborat edi. Kamchiligi bo’lsa yoki tushunmagan qismingiz bo’lsa kommentariyada qoldiring, albatta javob berishga harakat qilaman.

Shu kabi kerakli va qiziqarli maqolalar uchun saytimga OBUNA bo’ling!

Sizga sog’lik va ishlaringizga omad tilab, siz bilan xayrlashaman, xayr!

 

Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.

 

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 8 hours

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 115Publics: 114Registration: 04-10-2017

Tarmoq orqali kiring: 

Sizning emailingiz oshkor qilinmaydi. Ism va Email kiritish talab qilinadi.