Blog Oxunjon Gaybullayeva

Hamkorlik dasturi

Pul ishlashning eng zo'r usuli bu sheriklik. Sheriklik nima o'zi u? Nima bilan yeyiladi?


Salom do’stlar! Sizlar bilan yana men Oxunjon G’aybullaev va bugungi maqolamda internetda pul ishlash, internetda eng katta va ko’p daromad keltiradigan yo’nalishlardan birinchisi desa ham bo’ladigan sherikchilik dasturlarining ishlash prinsiplarini  sizlar bilan ko’rib, o’rganib chiqamiz.

Sherikchilik dasturi nima?- buni ruschasiga партнерская программа deyishadi, inglizchasiga affiliate program yoki partner program ham deyishadi (referral programma yoki partnerskiy marketing ham deyishadi).

Sherikchilik dasturi- nima uchun kerak? Qanday tuzilgan? Va nima uchun internetda endi ish boshlaganlarga pul ishlashning bu usuli ularga  yaxshi daromad manbai bo’lishi mumkinligini oddiy va tushunarli tilda tushintirishga harakat qilaman.

So'zimning isboti sifatida, sheriklik dasturida ishlashda, o'zimning natijalarimni maqola oxirida ko'rishingiz mumkin.

Bu maqola kimlar uchun?

  1. Internetda o’zining shaxsiy yoki tashkilotlarining loyihalarini ochgan va ularni rivojlantirib daromad olishni istayotganlar uchun. Masalan: internet magazini bor, shaxsiy blogi yoki sayti bor, webmasterlar va hokazo.
  2. Va internetda hech qanday loyihasi yo’q, lekin internetda pul ishlashni xohlayotganlar uchun.

Mundarija

  1. Sherikchilik dasturi nima degani?
  2. Referallik dasturi nima degani?
  3. Sherikchilik ssilkalari va ular qanday ishlaydi?
  4. Sherikchilik dasturining foydasi va u nima uchun kerak?
  5. Sherikchilik dasturida qancha pul ishlash mumkin?
  6. Nimadan boshlash kerak?

1. Sherikchilik dasturi nima degani?

Sherikchilik dasturi – sotish uchun mahsuloti bor odam va shu mahsulotning har bir sotilishidan, kelishilgan haq evaziga boshqalarga sotuvchi (tavsiya qiluvchi) boshqa  bir  odam o’rtasidagi hamkorlik.

sherikchilik dasturi

O’ylaymanki, barchamiz bilamiz, internetda shunday internet magazinlar bor, uydan chiqmasdan turib har qanday mahsulotni sotib olishimiz mumkin, masalan; kiyim boshdan tortib mebelgacha, ovqatdan tortib texnikagacha va hokazo.

Shunday internet magazinlardan biri – Aliexpress. Aliexpressning  CPA-set E-Commerce sherikchilik orqali ishlash dasturi mavjud. Bu dasturda xohlagan odam ro’yxatdan o’tib ishlashi mumkin. Siz unda ro’yxatdan o’tasiz va magazinlardan xohlagan mahsulotingizga sheriklik ssilkalarini olib, ijtimoiy tarmoqdagi do’stlaringizgami (odnaklassniki, vkontakte va hokazo) yoki o’zingizning shaxsiy saytingizdami, mahsulot haqida so’zlab, tavsiya qilasiz.

Do’stlaringiz yangiliklarni ko’ra turib sizning mahsulot haqidagi yozganlaringizni o’qib, qiziqib qolishadi va sizning sheriklik ssilkangizdan o’tib mahsulotni sotib olishadi. Va Sizga bu uchun mahsulot narxidan ma’lum foiz haq to’lanadi, foizlar: 10%  20%  30%  40%  50%  va undan ko’p ham bo’lishi mumkin.

Bu pullar Sizning sheriklik dasturidagi shaxsiy kabinetingizdagi hisob raqamingizga tushadi va Siz bu pullarni electron hamyonlaringizga yoki bank plastic kartangizga o’tkazib olishingiz mumkin. Hammasi oddiy!

Sotish uchun xohlagan mahsulotni olishingiz mumkin, masalan, turli xil o’quv kurslari, pulluk servizlar, birovning shaxsiy xizmatlari va hokazo.

Siz, internetda sayt tuzadigan yoki boshqa ishlar bilan shug’ullanadigan do’stingizning mahsulotlarini internetda targ’ib qilib, mijoz olib kelishga va sotilgan mahsulotdan ma’lum bir foiz olishga kelishib ishlashingiz ham mumkin. Bu esa sherikchilik marketing deyiladi.

2. Referallik dasturi nima degani?

Ko’plab sherikchilik dasturlarida referallik dasturi ham majud. Bu nima degani? Bunda Siz nafaqat mahsulotga xaridor olib kelasiz, balki ushbu dasturga o’zingizga o’xshab sherik olib kelasiz va uning sotgan mahsulotidan ham ma’lum bir ulush olasiz.

Referal (angliz. referral) — bu sherikchilik dasturi qatnashchisining referallik ssilkasidan kelib dasturda ro’yxatdan o’tgan ikkinchi odam.

hamkorlik

Sherikchilik dasturining ishlash prinsipini o’rganib chiqdik, keeling endi, amaliy tamondan bu ishlar qanday qilinishini ko’rib chiqamiz.

3. Sherikchilik ssilkalari va ular qanday ishlaydi?

Sherikchilik dasturidan ro’yxatdan o’tganingizdan keyin Sizga shaxiy kabinet ochiladi. Bu kabinetda Sizning RefID ingiz kiritilgan maxsus ssilka va mahsulotlarni internetda targ’ib qilish uchun maxsus materiallar beriladi. Yana, kabinet orqali barcha ma’lumotlarni ko’rib borasiz, ya’ni kim keldi, nechita xaridor keldi, nima sotib oldi va hokazo.

Ssilkalar ko’rinishi taxminan quyidagicha bo’ladi:

  1. http://shopeasy.by/cashback/view/paxojrbxd63qtu8xmsjawomjg9xr9m63/
  2. https://mchost.ru/?referer=2561239090

Ssilkadagi qora rang bilan yozilgan yozuv sistemaga kelgan xaridor kimning ssilkasidan kelganligini bildiradi, ya’ni SizningID.

Xaridor bunday ssilkadan kirgan zahoti uning brauzerida (uning kompyuterida) va sheriklik dasturi sistemasida u haqdagi ma’lumot saqlanib qoladi va uning harakati sistema orqali kuzatib boriladi. Sheriklik dasturining qo’ygan shartiga qarab, bu ma’lumotlar bir necha soatdan bir necha yilgacha saqlanib turadi.

Masalan, xaridor Sizning ssilkadan mahsulotga keldi lekin hech nima xarid qilmadi yoki biron bir bepul mahsulotni oldi va sahifani yopib chiqib ketdi. Keyin bir kundan keyin yoki bir necha oydan keyin mahsulot haqida eslab qoldi va mahsulotni sotib olish uchun sahifaga qaytib keldi.

Lekin u Sizning ssilkadan emas, to’g’ridan to’g’ri ssilka orqali keldi va mahsulotni sotib oldi. Shunda ham Sizga uning sotib olgan mahsulotidan Sizga ulush ajratiladi, chunki uning brauzerida va dastur sistemasida u haqdagi ma’lumotlar saqlanib qolgan.

Agar mijoz mahsulotga boshqa kompyuter (birinchi marta kirgan kompyuteridan emas) orqali kelsa, unda sistema Sizning ssilkadan kelganligini aniqlay olmaydi va Sizga ulush ajratilmaydi.

Shuning uchun ba’zi sistemalarda electron poshta orqali mahsulotga kirish yo’lga qo’yilgan. Agar mijoz boshqa kompyuterdan kirib ham o’sha birinchi marta kiritgan electron pochtasini kiritib mahsulotni sotib olsa, unda sistema mijoz Sizning ssilkangiz orqali kelganini aniqlaydi va Sizga ulush ajratadi.

Shu yerda men o’zimning sheriklik dasturimni Sizga bir oz maqtab qo’ysam (((. Nimaga? Chunki mening sheriklik dasturimning sistemasiga electron pochta orqali kirishdan tashqari “Chegirma” sistemasi ham tashkil qilingan. Bu nima degani? Bunda Siz, mijozlarga, dasturdagi mahsulotlarga o’zingiz har xil chegirmalar berishingiz mumkin.

Bu bilan Siz ikkita zo’r  yutuqga erishasiz, birinchisi: mahsulotlarga o’zingiz xohlagancha chegirma berib, ko’p mahsulot sotishga erishasiz, ikkinchisi: chegirma kuponini kiritib savdo qilgan xaridor bir umrga Sizga, sistemada bog’lab qo’yiladi, va Siz ushbu mijozning keying har bir xarididan ulush olaverasiz.

Agar Siz bunday mijozlardan bitta emas 100ta yoki 1000ta olib kelsangiz… daromadni o’zingiz hisoblayvering. Mana Sizga bir umrga doimiy daromad, manashunaqa gaplar…

Uzr mavzudan chetlab ketdik… Sherikchilik dasturim haqida barcha ma’lumotni manabu yerdan bilib olasiz: http://sherik.ru/

Davom etamiz…

Tushinyapsizmi? Agar biron nima tushunarsiz bo’lsa, kommentariyada so’rashingiz mumkin.

4. Sherikchilik dasturining foydasi va u nima uchun kerak?

Sherikchilik dasturi marketing borasida qanday inqilobiy qadam ekanligini, bizga qanday imkoniyatlar ochilishini o’zingiz ham yaxshi fahmlayotgan bo’lsangiz kerak.

O’z mahsulotlarini sotayotgan odamlar uchun bu, hech qanday reklamaga pul to’lamasdan ko’p mijozlarga ega bo’lish uchun katta imkoniyat. Siz dasturingizga a’zo bo’lib, sotgan mahsuloti uchun pul to’laysiz. Sizni boshqalarga mijozlarning o’zlari tavsiya qilishadi. Barcha reklama qilish, bosh og’riq ishlarini ular o’z zimmalariga olishadi

Sotish uchun o’zlarida mahsulotlari yo’q odamlar uchun bu, hech qanday xarajat qilmasdan internetda pul ishlashni boshlash uchun katta imkoniyat. Internetda sheriklik mahsulotlarini targ’ib qilib sotishning men bilgan, o’nlab bepul va pullik usullari mavjud.

Aynan barcha, internetda pul ishlashni endi boshlaganlar uchun yaqinda o’zimning sherikchilik dasturimni ochdim.

Dasturimga tashrif buyuring, juda qiziq bo’ladi, balkim shu kunning o’zida Sizga omad kulib boqadi va internetdagi birinchi pulingizni ishlaysiz.

5. Sherikchilik dasturida qancha pul ishlash mumkin?

Internetda shunday odamlar borki, faqat sheriklik dasturi orqali 10 000 lab, 100 000 lab dollorlar ishlashadi. Bular endi chet ellarda. Bizning uznetda ham oyiga 1000, 2000, 3000 dollor va undan ortiq pul ishlaydigan bollar bor.

Nima demoqchiman:

Qancha pul ishlash, har kimning o’ziga bog’liq, yani qancha izlanib, yo’l-yo’riqlarini o’rganib, amalda qo’llab harakat qilsangiz, sheriklik dasturi orqali yaxshi pul ishlash mumkin. Faqat, eng muhimi, o’zingizda, shu ishga qiziqish va shijoat topa olishingiz kerak.

O’zini piar qilyapdi deb tushinmang, men sherikchilik dasturida pul ishlash to’g’risida batafsil ma’lumot beruvchi, ya’ni sherikchilik dasturida qanday ishlashni o’rgatuvchi alohida blog (sayt) ochdim. Mana o'sha saytim: http://sherik.ru/

Saytimga kiring va foydalaning!

Siz mening sherikchilik dasturimda ishlaysizmi yoki boshqa sherikchilik dasturlarida ishlaysizmi, farqi yo’q. Bu blogdan olgan bilimingiz barcha sherikchilik dasturlarida ishlash uchun foydali bo’ladi.

So’zimning isboti sifatida, bitta sheriklik dasturida, bitta mahsulotni reklama qilmasdan, shunchaki bir marta tavsiya qilganimga 1998 rubl pul ishladim. Quyidagi rasm sheriklik dasturidagi mening shaxsiy kabinetim:

pul ishlash
pul ishlash

Runetdagi bir mahsulotni tavsiya qilgan edim. Ishlagan pulimni sayt egasi webmoney hamyonimga o’tkazibdi, men bir hafta o’tib hamyonimga kirganimda pul tushganini ko’rib qoldim:

Natija

1998 rubl bizning so'mga (03.08/2018) 245 858 so'm bo'ladi. Endi bu yog'ini o'zingiz hisoblayvering, agar bir oyda shunaqa tavsiya qilib 10 ta mahsulot sotsangiz qancha bo'ladi?- sal kam ikki yarim million. Agar 20 marta sotsangizchi?.. Sheriklik dasturlarida qancha pul ishlash mumkin degan savolga, manashunday javob olishingiz mumkin.

6. Va oltinchi- Nimadan boshlash kerak?

Nimadan boshlash kerak? Nimadan boshlash kerak? — a mening hamkorlik blogimdan boshlash kerak. Chunki, sherikchilik dasturlarida yaxshi (ko'proq) pul ishlash uchun barcha ma'lumotlar berilgan. Mana o'sha blogim: http://sherik.ru/

Mana endi Siz ham bilasiz, sheriklik dasturi nima degani va u qanday ishlashini.

Ha do'stlar, sheriklik dasturida yaxshi pul ishlash mumkin, faqat qanday qilish kerakligini yaxshi o'rganish va yaxshi sheriklik dasturini topish kerak. Sheriklik dasturini qanday topish kerak va sheriklik dasturlari ro'yxati bilan keyingi maqolamda tanishasiz. O'tkazib yubormang, Obuna bo'ling:

Men esa Sizlar bilan xayrlashaman, keyingi maqolalarda ko'rishguncha xayr!

Fikr va mulohazalaringizni kommentariyada qoldiring.

Рейтинг
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 8
  1. sanjar

    salom. sizga savol bilan murojat qilmoqchi edim. misol uchun aliexpressning sheriklik dasturidan royhatdan otib, biron mahsulotni silkasini olib. shu silka boyicha ozim mahsulotni harid qilsam. menga pul beriladimi yoki ozim sotib olganim uchun berilmaydimi.

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom! Siz aytayotgan ishlar AliexPress sheriklik dasturi qonun qoidalariga to'g'ri kelmaydi. Nafaqat AlexPressda, balki barca sheriklik dasturlarida shunday. Agar siz o'z ssilkangizdan o'zingiz biron narsa sotib olmoqchi bo'lganingizni aniqlashsa, Sizning akkauntingiz bloklab qo'yishadi va hatto oldin o'sha shaxsiy kabinetingizda ishlagan pulingiz bo'lsa, uni ham sizga to'lashmaydi. Sizning bu ishni qilayotganingizni Brauzer va Pochtangizga ko'ra aniqlashadi.

    2. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Ha aytgancha, yangi maqolaga birinchi izohni qoldirganingiz uchun bellashuvda g'olib bo'ldingiz. Biron bir hamyoningizning nomerini yozing! Pulingizni jo'nataman.

  2. sanjar

    rahmat

    R748303486465

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Jo'natdim, bordimi?

    2. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Bugun Alexpress to'g'risida maqolam chiqadi, foydalanishingiz mumkin.

  3. sanjar

    uzr kechroq yozganim uchun. ha hisobimga 48 rubl pul keldi. rahmat hammasi uchun.

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Arzimaydi.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: