Blog Oxunjon Gaybullayeva

Java dasturlash tilida for sikl operatori!

java dasturlash tilini o'rganishni xohlovchilar uchun darsliklar

DIQQAT E'LON! Java dasturlash tillari bo'yisha video kurs tayyor. Video kurs haqidagi ma'lumotni quyidagi rasm ustiga bosib o'qishingiz mumkin: 

javani o`rganishning oson yo`llari

Dasturlash tillarida eng ko’p fazilatga va xususiyatga ega bo’lgan operatorlardan biri “for” sikli bo’lsa kerak. Java ham bundan  istisno emas.

Ikki xil for sikli mavjud: 1- oddiy boshqa dasturlash tilida mavjud for sikli.

2- Kuchaytirilgan for sikli

Buyerda “for” siklining oddiy shakli ko’tsatilgan.

for(qiymat berish; shart qo’yish; takrorlash) {

// tana

}

For sikli “for” kalit so’zidan foydalanib e’lon qilinadi. For sikli ikkita qismdan iborat : bosh qismi “for(qiymat berish; shart qo’yish; takrorlash)” va tana qismi “// tana”.

Bosh qismida qavs ichida yoziladigan ifodalar for siklining ishlash yo’nalishini belgilab beradi.

Masalan: 1-ifoda qiymat berish jarayonida, biron bir o’zgaruvchini e’lon qilib unga boshlang’ich qilmat beramiz.

2- ifoda shart qo’yish jarayonida, o’sha e’lon qilib, boshlang’ich qiymat bergan o’zgaruvchimga qandaydir oraliq ichida shart kiritamiz.

Shart qo’yish jarayoni juda muhim hisoblanadi chunki o’sha yerda kiritlgan shart qanoatlantirsagina for sikli ishlashda davom etadi, aks holda dastur ishlashi for siklidan chiqib ketadi.

3- ifoda takrorlash jarayonida, yana o’sha o’zgaruvchining o’sish yoki kamayish oraliqlarini belgilaymiz (inkrement yoki dekrement operatoridan foydalangan holatda).

Har bir jarayon ‘;’ nuqta vergul orqali ajratiladi.

Misol uchun ularni quyidagicha to’ldirishimiz mumkin:

for(int i=1; i<10; i++)

Buyerda for sikli ishga tushishi bilanoq “i” ning turi va qiymati saqlab qo’yiladi va keyin ikkinchi shart berish jarayoniga navbat keladi. Shart tekshiriladi agar shart qanoatlantirsa undan keyingi takrorlash jarayoniga keladi. ko’rib turganimizdek bir o’ndan kichik va “i<10” harti qanoatlantiradi. Takrorlanish jarajonida increment operatori orqali “i” ning qiymati birga oshib ikkiga teng bo’lib qoladi. Va bu for siklining takrorlanish jarayoni shart qo’yish jarayoni “xato” bo’lgunicha davom etadi. Bizning holatimizda “i” o’nga tenglashgunicha davom etadi chunki o’n o’ndan kichik emas. For sikli o’sha takrorlanish jarayonida tana qismidagi barcha vazifalarni bajaradi.

“i++” takrorlash jarayonida “i” ni xohlagan qiymatimizga oshirish yoki kamaytirishimiz mumkin.

Masalan:

Har gal uchga oshirib bormoqchi bo’lsak “i+=3” kabi ko’rinishda yozishimiz kerak.

Agar beshga kamaytirmoqchi bo’lsak “i-=5” ko’rinishida yozishimiz kerak.

Barcha o’rganganlarimizni o’zida mujassamlashtirgan kichik dasturda ko’rib chiqaylik.

 

  1.  public class ForSikl1 {
  2.      public static void main (String args[]){
  3.          for(int i=1;i<10;i+=1)
  4.                 System.out.println (i);
  5.       }
  6.   }

 

NATIJA:

1

2

3

4

5

6

7

8

9

 

IZOH:

int turidagi ‘i’ o’zgaruvchisining boshlang’ich qiymati birga teng (3-qator). “i” o’ndan kichik deb shart kiritilgan va bu to’gri, demak sikl ishlayverishi mumkin va o’sha i ning qiymati har safar birga oshib boraveradi. Shutarzda uning qiymati o’nga teng bo’lganida “i<10” shartini qanoatlantirmaydi va dastur ishlashi sikldan chiqib ketadi.

2- dastur:

 

  1. public class ForSikl2 {
  2.     public static void main (String args[]){
  3.         int a, b;
  4.         for(a=1, b=4; a<b; a++, b--) {
  5.         System.out.println ("a = " + a);
  6.         System.out.println ("b = " + b);
  7.         }
  8.     }

}

NATIJA:

a = 1

b = 4

a = 2

b = 3

 

Inkrement va dekrement operatorlari qatnashgan dastur. For siklidan tashqarida ham o’zgaruvchini e’lon qilib uni sikl ichida ishlatsa bo’ladi. Yaxshiroq tushinish uchun videoni ko'rib chiqing:

2- Kuchaytirilgan for siklini Massivlar mavzusini o’rganganimizdan so’ng ko’rib chiqamiz. Hozircha shu mavzu yuzasidan tushunmagan yoki qo'shimcha fikr mulohazalaringiz bo'lsa komentariyada qoldiring, unutmang bu dasturlashni yaxshiroq o'rganishingizga yordam berishi mumkin. Xayr!

Рейтинг
( 3 assessment, average 4 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 4
  1. Abu-bakr

    Good Job ! Thanks

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Kommentariya uchun raxmat Abubakr!

      Bu mening blogimdagi eng birinchi kommentariya. Birinchi kommentariya uchun sizga maxsus sovg'am bor. Sovg'ani kuting!!!

  2. Aziza

    :grin: :grin: :grin:

  3. asilbek

    ajoyib

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: