Blog Oxunjon Gaybullayeva

Inkrement va dekrement operatorini o'rganish!

java dasturlash tilini o'rganishni xohlovchilar uchun darsliklar

DIQQAT E'LON! Java dasturlash tillari bo'yisha video kurs tayyor. Video kurs haqidagi ma'lumotni quyidagi rasm ustiga bosib o'qishingiz mumkin: 

javani o`rganishning oson yo`llari

Inkrement operatori “++”. Inkrement operatori o’zining harakatini (qiymatini) birga oshirib boradi.

Dekrement operatori "--“. Dekrement operatori o’zining harakatini (qiymatini) birga kamaytirib boradi.

Masalan:

x=x+1; ifodasini “ x++” ko’rinishida yozishimiz mumkin. Bu ikkalasi bir xil kuchga ega.

Xuddi shunday: “x=x-1” = ” x—“.

Bu operatorlar ikki xil ko’rinishga ega.

Postfix” va “prefix

Prefix ko’rinishidagi operator:  x=++x; x=--x; bularni yana boshqacha ko’rinishda yozish mumkin lekin ma’no o’zgarmaydi.   Misol uchun: x=x+1 va y=x; , x=x-1 va y=x; tepadagilar bilan teng kuchga ega.

Namuna:

x=20;

y=++x;  bunda y ning qiymati 21 ga teng.

Postfix korinishidagi operator: x=x++; x=x--; bularni yana boshqacha ko’rinishda yozish mumkin lekin ma’no o’zgarmaydi.   Misol uchun:y=x  va x=x+1; tepadagilar bilan teng kuchga ega.

Namuna:

x=20;

y=x++;  bunda y ning qiymati 20 ga teng.

Bularning dasturda ishlashini ham ko’rib chiqaylik.

  1.   public class InkrementOperatori {
  2.   public static void main (String args[]) {
  3.   int a = 1;
  4.   int b = 2;
  5.   int c;
  6.   int d;
  7.   c = ++b;
  8.   d = a++;
  9.   c++;
  10.  System.out.println ("a = " + a);
  11.  System.out.println ("b = " + b);
  12.  System.out.println ("c = " + c);
  13.  System.out.println ("d = " + d);
  14.  }
  15.  }

NATIJA:

a = 2

b = 3

c = 4

d = 1

IZOH:  “a” ning boshlang’ich qiymati birga teng (3-qator). Lekin 8-qatordagi ifoda orqali uning qiymati birga oshib ikkiga teng bo’lib qoladi va shuyerda “d” ning qiymati birga teng bo’lib qoladi.

“b” ning boshlang’ich qiymati ikkiga teng (4-qator). Lekin 7-qatordagi ifoda tufayli uning qiymati birga oshib uchga teng bo’ladi va shu bilan birga “c” ni ham shu qiymatga tenglashtiradi ya’ni uchga.

Dastur ishlab 9-qatorga kelganida “c” ning qiymati yana bittaga oshadi va to’rtga teng bo’lib qoladi. Dasturni ishga tushirganimizdan keyingi natijani tepada ko’rishimiz mumkin.

Inkrement va dekrement operatori bo'yicha savol va fikr mulohazalaringizni kommentariyada qoldiring. Yangi ma'qolalarga obuna bo'lishni unutmang.

Ko'proq ma'lumotga ega bo'lish uchun videoni ko'ring:

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: