Okhunjon Gaibullayev's blog

Ingliz tilini o’rganishning oson yo’li!

Ingliz tilini o'rganishning oson yo'li!

Assalomu – aleykum blogimning qadrli o’quvchilari! Siz bilan yana Oxunjon G’aybullayev. Hozirgi kunda Ingliz tilini o’rganishni xohlovchilar soni kundan kunga ortib bormoqda va bu bo’limda ham Ingliz tilini o’rganish bo’yicha o’zimning bilganlarimni o’rgatib bormoqchiman.

Ingliz tili o’rganishning oson yo’llari ko’p. Har bir o’quvchi turli usulda ingliz tilini o’rganadi. Bu borada men ham o’zimning til o’rganish bo’yicha taklifimni bermoqchiman.Ingliz tilini o'rganishning oson yo'li!

Nega siz aynan mening darsligimdan foydalanib ingliz tilini o’rganishingiz kerak?

Men bu savolga ikkita narsa orqali javob bermoqchiman.
1. Ingliz tilidagi hozirgi darajam ya’ni men kimman o’zi sizga o’qituvchilik qiladigan.
2. Darslikdagi o’rgatish metodimning umumiy ko’rinishi.

Ingliz tilidagi faoliyatim:
2015 – 2016 yillarda ingliz tilini o’rgandim va IELTSga imtihon topshirib, besh ballik sertifikatga ega bo’ldim:

(Sertifikatni ko’rish uchun rasm ustiga bosing)Ingliz tilini o'rganishning oson yo'li!Sertifikatni qo’lga kiritganimdan so’ng bir yil davomida Toshkent shahridagi INHA universitetida o’qidim. Bu yerda barcha darslar Ingliz tilida bo’lganligi sababli tajribamni orttirib bordim.

Darslikning ishlash tizimi:

Darslikning maqsadi o’quvchiga o’qish(ya’ni o’qib ma’nosini tushunish), eshitish ( ya’ni eshitganlarini anglay olish), yozish va gapirishni o’rgatishdan iborat.

Umuman olganda til bilaman degan insonga yuqorida aytilgan to’rtta qobiliyat (o’qish, eshitish, yozish va gapirish) orqali baho berish mumkin. Masalan, ba’zi insonlar o’zini tilida yoki biron chet tilida uncha muncha gapirishni biladi, ammo yozishga kelganda no’noq.

Shunga ko’ra, men bu darslikda eng avvalo matn o’qib uning ma’nosini tushunishga ko’proq ahamiyat qaratmoqchiman. Shunda, keyingi uchta qobiliyat o’z o’zidan shakllana boshlaydi.
Buni sabablarini uchta holatda ko’rib chiqamiz:
1. Eshitish – Inglizcha biron qo’shiqni eshitib, uni tushunishga ya’ni tarjima qilishga harakat qilmoqchisiz deylik, hatto sizda bu qo’shiqning yozuvi (teksti) bo’lganda ham, siz uni to’g’ri tarjima qila olishingiz kerak bo’ladi ya’ni gap yoki matn tarjima qilish amaliyotidan yaxshigina xabardor bo’lishingiz kerak.
2. Yozish – Ingliz tilida biron maqola yozmoqchi bo’lsangiz, maqolada fikrlaringizni to’g’ri yetkazish uchun, siz o’zbek tilida o’ylagan so’zlaringizga ingliz tilida mos tushadigan ya’ni siz o’ylagan ma’noni beradigan so’zlardan foydalanishingiz kerak.

Bu o’z o’zidan bo’lmaydi, bunda ingliz tilida so’zlarning qayerda qanday ishlatilishini oldindan yaxshi bilishingiz kerak. Bunday bilimga matn o’qib uning ma’nosini tushunish mashg’ulotida ega bo’lish mumkin.
3. Gapirish – Ko’pchilik grammatikani chuqur o’rganmasdan tezroq gapirishni xohlab qoladi. Bu yaxshi va mumkin ya’ni eplasa bo’ladi. Bunda matnni o’qib tushuna olishning nima aloqasi bo’lishi mumkin?

Aloqasi shundaki, faraz qiling siz kimgadir ingliz tilida biron nimalarni aytib tashlamoqchisiz, aslida sizga kimdir shu gaplarni ingliz tilida aytganida tushuna olishingiz kerak emasmi? Ya’ni o’zingiz tushunmagan, bilmagan narsangizni qanday qilib ayta olasiz?
Bu uchun albatta oldindan inglizcha matnlarni tushuna olishingiz kerak.Ingliz tilini o'rganishning oson yo'li!

Yuqoridagi uchta holatda ham oldindan o’qishni, o’qib to’g’ri tarjima qillishni bilishingiz kerakligiga ishora bo’layapti, mening o’ylashimcha.

O’shaning uchun ham to’g’ri tarjima qilishni ko’proq o’rganish kerak deb hisoblayman, qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Ma’lum bir darajaga yetgandan keyin, ya’ni siz o’rta meyori kitobni be’malol tarjima qilishni biladigan tajriba orttirganingizdan keyin qolgan uchta qobilyatni o’zlashtirishni boshlasangiz bo’ladi.

Endi, oldimizda bitta savol turibdi:

Ingliz tilida yozilgan matnni o’qib, uning ma’nosini tushinish ya’ni to’g’ri tarjima qilish sizdan nimani talab qiladi?

Birinchi o’rinda so’z boyligi ya’ni lug’at. Mening darsligimda sizdan birma bir lug’at yodlash orqali vaqt ketqizish talab etilmaydi. Buni qilishda undanda oson va foydaliroq mashg’ulotlar qilishni taklif etaman.
Ikkinchi o’rinda Ingliz tilidagi gaplarni o’zbek tiliga to’g’ri tarjimasi, chunki o’zbek tilida va Ingliz tilida gapning tuzilishi turlicha bo’ladi.

Yuqoridagi har ikkala talab qilinadigan bilimni bittta jarayonda amalga oshiramiz ya’ni so’z yodlash va matn tarjima qilishni birdaniga qilib boramiz. Shunda biz vaqtdan unumli foydalangan bo’lamiz.

Bu qanday bo’ladi?Ingliz tilini o'rganishning oson yo'li!

Demak, sizga tarjima qilish va so’z yodlash uchun Ingliz tilidagi maxsus kitoblar berilib boriladi. Bu kitoblar oson darajadan qiyin darajaga qarab ko’tarilib boradi.

Bu orada sizga tarjima qilish usullarini o’rgatib boraman ya’ni boshlang’ich grammatika to’g’risida ma’lumotlar berib boraman. Kitobdan qanday foydalanishni va qanday so’z yodlashni kitobni berganimda ko’rsatib o’taman.

Mening Ingliz tili grammatikasini o’rgatish tizimim matn tarjima qilish uchun xizmat qiladi. Aytmoqchimanki asosiy qiladigan ishingiz matn tarjima qilish va albatta bunda kerakli Grammatik bilimlardan foydalanasiz.

Grammatikani oldin o’rgatib keyin shunga doir mashqlar bajarmaysiz. O’rgangan grammatik bilimingizni matn tarjima qilishda mustahkamlaysiz, xolos.

Umumiy xulosa:

Ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishni o’rganib boramiz. Buni o’rganishning ma’lum bir darajasiga yetgandan keyin, eshitish, yozish va gapirish bo’yicha mashg’ulotlarni boshlaymiz.

Bugun aytmoqchi bo’lganlarim shulardan iborat va bu shunchaki kirish edi. Agar tushunmagan joyingiz yoki fikr mulohazalaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring!

Keyingi darsliklarni o’tkazib yubormaslik uchun blogimga OBUNA bo’ling! Shunda saytimda yangi maqola chiqishi bilan xabaringiz bo’ladi.

Sizlarga omad tilab xayrlashaman, xayr!

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

Рейтинг
( 4 assessment, average 3 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 7
  1. behzod

    So’zlarni qanday to’g’ri tarjima qilishni o’rgansam boladi. Dars davomida bizga ko’plab tekstlar beriladi, ularni o’qib, tushunib javobini yozishimiz kerak boladi, to’g’ri tarjima qilishda ko’p qiyinchiliklarga duch kelyapman.

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom. Tarjima qilishda asosiy tarjima usullaridan birini o’rganishingiz kerak. Ya’ni, siz dastlab GAPdagi fe’ldan oldin keladigan NAUN ( OT) ni tarjima qilishingiz kerak. Va keyin GAPning oxiridan boshlab yana fe’lgacha tarjima qilasiz. Fe’l eng oxirda tarjima qilinadi. Bu tarjima usuli oddiy, ya’ni DARAK GAPlar uchun qo’llaniladi.
      Bundan tashqari ko’plab tarjima usullari mavjud. Masalan: ya’ni sizga hozirda kerak bo’ladigan SO’ROQ GAPLARNI TARJIMA QILISH usuli.
      Tarjima qilishda qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun shu kabi ko’plab tarjima usullarini o’zlashtirishga harakat qiling.
      Yana savollaringiz bo’lsa tortinmang.

      1. Dilora

        Qachon darsni boshlaysiz men umuman ingliz tilini bilmayman iltimos o’rgating

        1. Oxunjon G'aybullayev (author)

          Salom, hozirda saytdagi boshqa ishlar bilan bo’lib qo’l tegmayapti, lekin yaqin kelajakda ingliz tili bo’yicha maqolalar yozishni rejalashtiryapman

      2. Nigora Nigora

        Darslik bu qo’llanmami,pdf varianti bormi?

  2. Dilora

    Qachon darsni boshlaysiz men umuman ingliz tilini bilmayman iltimos o’rgating

  3. RanoUlugzada

    Naun mi yoki Noun?

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: