Okhunjon Gaibullayev's blog

Webmaster ish qurollari. Qaysi programmalar webmaster uchun kerakli ?

Webmasterning muhim ish qurollari


Assalomy-aleykum! Siz bilan yana men Oxunjon. Bu maqolamda sayt yoki blogingizning kontentlarini bezatishda yordam beradigan va ishingizni osonlashtiradigan foydali programmalar haqida yozdim.

Bu maqoladan siz quyidagi programmalar to’grisida bilib olasiz:

  • Camtasia Studio 9.
  • Photoshop cs6.
  • KeePass.
  • Bandicam.
  • Greenshot.
  • FastStone.

Bu programmalardan o’zim ham foydalanaman va bularni barcha menga o’xshagan webmasterlar bilishi kerak deb hisoblayman. Chunki sayt/blogning o’ziga tortadigan jihatlari bo’lishi kerak. Bunda yaxshi montaj qilingan videolar va har xil qiziqarli, manoli rasmlar yordam beradi.

Video va rasm kontentlar foydalanuvchilar bilan aloqaga kirishishda yaxshi xizmat qiladi. Agar bu kontentlar yaxshi sifatli va manoli ya’ni maqolaning mazmunini tushuntirishda yordam beradigan bo’lsa, nur ustiga a’lo nur bo’ladi.Webmaster ish qurollari. Qaysi programmalar webmaster uchun kerakli ?

Quruq maqolani o’qish ko’pchilikka zerikarli tuyuladi va siz maqolani o’zingiz uchun emas, o’sha ko’pchilik uchun yozayapsiz. Demak, hozir maqola yozishingiz qancha muhim bo’lsa, uni o’ziga boy qilish ya’ni boy kontentlar bilan birgalikda yozish shuncha muhim.

Endi o’zim foydalanadigan programmalarni sizga ham tavsiya qilmoqchiman.

Camtasia Studio 9.

Webmaster ish qurollari. Qaysi programmalar webmaster uchun kerakli ?

Men bilgan eng yaxshi video yaratish uchun foydalaniladigan programma. Bu programmani o’zining rasmiy sayti techsmith.com dan yuklab olishingiz mumkin va bu pullik. Boshida 30 kun bepul ishlatishingiz mumkin. Bu vaqt tugaganidan so’ng, pulini to’lashingizga to’g’ri keladi. Lekin internetdan malumot qidirsangiz bepul ishlatish yo’lini topishingiz mumkin. Bunaqa malumotlar ko’pincha rus yoki Ingliz tilida bo’ladi.

O’zingizga yaxshi bo’lishi uchun bepul variantini topolmasangiz ham, bundan foydalanmayman degan fikrga borishga shoshilmang, undan ko’ra imkoniyatlarini bilib oling!

IMKONIYATLARI:

  • Ekran yozuvi.
  • Web-kamera.
  • Super video montaj – qirqib olish, xiralashtirish, ovoz qo’shish va o’chirish.
  • Videoni xohlagan formatda yaratish imkoniyati: 3gp, mp4, .avi …

Manabu va  manabu ssilkalarga kirsangiz namunalarni ham ko’rishingiz mumkin bo’ladi.

Photoshop CS6.

Webmaster ish qurollari. Qaysi programmalar webmaster uchun kerakli ?

Rasm yaratish uchun Photoshop cs6 dan foydalanaman. Bu programmani adobe.com rasmiy saytdan yuklab olishingiz mumkin. Pullik programma. Lekin, internetdan bepul variant yoki bepul qilish yo’llarini topishingiz mumkin.

Agar programmadan yaxshi foydalana olsangiz, super rasmlar yaratasiz. Namunalarni mening blogimdan ko’rib olishingiz mumkin.

Imkoniyatlarini gapiradigan bo’lsam, rasmning o’lchamini xohlaganingizcha o’zgartirishingiz mumkin.

KeePass.

Webmaster ish qurollari. Qaysi programmalar webmaster uchun kerakli ?

Bu dasturga men quyidagicha ta’rif bergan bo’lardim “Barcha ishlarimning kaliti”.

Bu programmani o’rnatib olganingizdan so’ng, siz uchun ishlashni boshlaydi.

Bu programma parol saqlash uchun foydalaniladi. Onlayn biznesda ko’plab pochtalaringiz, ko’p xizmatlarda ro’yxatdan o’tasiz: masalan: electron hamyonlar ochishda.

Barchasining login va parolini eslab qolishingiz qiyin va deyarli imkonsiz, agar juda ko’p bo’lsa. Shuning uchun, zudlik bilan bu programmani o’rnatishingizni maslahat beraman.

Bu kabi programmalr ko’p, lekin, men bundan anchadan beri foydalanayotganim va ishonganim uchun tavsiya beryapman.

Mobil versiyasi ham bor va buni ustiga BEPUL. Xullas bu programma internetdagi ishlaringiz uchun kerak bo’ladigan eng birinchi programmalar safiga kiradi.

keepass.info saytidan yuklab oling!

Bandicam.

Webmaster ish qurollari. Qaysi programmalar webmaster uchun kerakli ?

Kompyuter ekranini videoga yozib olish uchun ishlataman. Java dasturlash tili haqidagi video kursimni ham shu programmada yaratganman. Buni bandicam.com o’zining rasmiy saytidan yuklab oling!

Videoni bir necha xil formatta qilishingiz mumkin. Asosiysi video tiniq chiqadi: mp4, .avi

Greenshot.

Webmaster ish qurollari. Qaysi programmalar webmaster uchun kerakli ?

Kompyuter ekranini rasmga olish uchun Greenshot dan foydalanaman. Kompyuter ekranining xohlagan qismini o’zingiz xohlagan o’lchamda rasmga olishingiz mumkin. Ekrandan olingan rasmni yoki kompyuterdan biron bir rasmni qo’shib, uni tahrir qilishingiz mumkin ya’ni o’zgartirishlar kiritishingiz va uni o’lchmini kichraytirishingiz ham mumkin.

Ko’pincha rasmlarning o’lchamini o’zgartirishimizga to’g’ri keladi.

Bu programma mutlaqo bepul va uni getgreenshot.org saytidan yuklab olishingiz mumkin.

FastStone.

Webmaster ish qurollari. Qaysi programmalar webmaster uchun kerakli ?

FastStonedan ekranni rasmga olish uchun foydalanaman. Ekranning har qandy qismini o’zingiz xohlagan o’lchamda rasmga olish imkonini beradi.

Olingan rasmga yoki kompyuterdan boshqa bir rasmga o’zgartirishlar kiritib, xohlagan formatingizda saqlab qo’yishingiz mumkin:

BMP, GIF, JPEG, PCX, PNG, TGA, TIFF va PDF formatlari.

Rasmni to’g’ridan to’g’ri veb serverlariga yuborishingiz mumkin.

Bu programma 30 kun bepul va keyin pullik taklifiga ega, pulni faqat bir marta to’laysiz keyin to’liq bepul ishlatishingiz bo’ladi.

Programmani o’zining faststone.org rasmiy saytidan yuklab olsangiz bo’ladi.

Mana endi siz ham qaysi programma kontentlaringizni chiroyli qilishda va ishingizni yengillashtirishda yordam berishini bilasiz. Blogimga OBUNA bo’lib shunga o’xshash boshqa foydali programmalar va ulardan qanday foydalanish haqida xabardor bo’lib turing!

Keyingi maqolalarimda bu programmalarda ishlashni o’rgangan tajribalarim bilan bo’lishish niyatim ham bor. Lekin siz yanada tushunmagan joyingizni va qaysi programmani o’rganishni xohlashingizni kommentariyada qoldiring! Yana siz qanday programmalardan foydalanasiz?

Endi esa sizlarga omad! Xayr!

 

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

 

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 1
  1. ABDULNOSIR

    rasm qirqib olish va ustida ishlash

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: