Javaning if shart operatori ishlashi!

Javaning if shart operatori ishlashi!

 If Shart operatorlarini o'rganish 

Java uch xil shart operatoriga ega.

  1. if -shart operatori : agar berilgan shart to’g’ri bo’lsa, biron-bir vazifani bajaradi, aks holda vazifani bajarmasdan qo’yib ketadi.
  2. ifelse shart operatori : agar berilgan shart to’g’ri bo’lsa, biron-bir vazifani bajaradi, agar no’to’g’ri bo’lsa boshqa vazifani bajaradi.
  3. switch— shart operatori : Ko’plab turli xil vazifalar ichidan biron-bir ifodaga bo’g’liq holda faqat bitta vazifani bajaradigan shart operatori hisoblanadi.

 

if shart operatori.

Umumiy ko’rinishi.

if(shart)

vazifa;

Agar biz kiritgan shart to’g’ri bo’lsa, biz yozgan vazifa bajariladi, Aks holda Java bu vazifani tashlab boshqa vazifani bajaradi.

if- else shart operatori.

if else shart operatori bitta shart va ikkita vazifani o’z ishiga oladi.

Umumiy ko’rinishi .

if(shart)

vazifa1;

else

vazifa2;

 

Shart kiritilganida agar u to’g’ri bo’lsa “vazifa1” bajariladi, aks holda “vazifa2” bajariladi.

Agar dasturlash davomida “vazifa1” va “vazifa2” bir qatordan ko’payib ketadigan bo’lsa bu vazifalarni blok ichida yozish kerak. Misol uchun :

if(shart){

vazifa1;

}

else{

vazifa2;

}

if va if-else shart operatorlari qatnashgan kichik dastur.

  1.  public class IfShartOperatori {
  2.             public static void main (String args[]){
  3.                         int son=10;
  4.                         if(son>=10)
  5.                                    System.out.println («Son 10 dan katta yoki teng»);
  6.                         if(son>7)
  7.                                    System.out.println ("Son 7 dan katta ");
  8.                         else
  9.                                    System.out.println ("Son 7 dan kichik ");
  10.              }
  11.   }

 

3-qatorda qiymati 10 ga teng bo’lgan int turidagi son o’zgaruvchisini e’lon qilamiz. 4-qatorda o’sha son 10 dan katta yoki tengligini aniqlaydigan shart kiritamiz. Shu o’rinda e’tibor bering (‘>’katta,’ < ‘kichik, ‘== ‘tenglik, ‘>= ‘ katta yoki teng, ‘<= ‘  kichik yoki teng, ‘!=’ teng emas).Oldiniga son o’ndan katta yoki teng ekanini solishtiradi, shulardan biri to’g’ri bo’lsa ham shart qanoatlantiradi yani bu “true”(to’g’ri) degani, aks holda “false” (xato). son 10 ga teng va bu shart to’g’ri, shu sababli 5- qatordagi yozgan vazifamiz bajariladi ya’ni ekranda “Son 10 dan katta yoki teng” so’zi chiqadi va dastur ishlashda davom etib 8-qatorda boshlangan ikkinchi if-else shart operatoriga keladi. Bu yerda biz kiritgan shart : agar son yettidan katta bo’lsa 9-qatordagi vazifa ishga tushadi ya’ni “Son 7 dan katta” xabari ekranga chiqadi. Aks holda 11-qatordagi vazifa ishga tushadi ya’ni “Son 7 dan kichik” xabari ekranga chiqadi.

Allaqachon taxmin qilganingizdek Ekranda chiqadigan natija:

Son 10 dan katta yoki teng

Son 7 dan katta

 

Chunki 4, 8- qatordagi shartlarimiz to’g’ri.

if  va else if shart operatori.

if va else if shart operatorining asosiy bajaradigan vazifasi shundan iboratki:

Agar birinchi shart to’g’ri bo’lsa faqatgina “vazifa1” bajariladi va bu if va if-else shart operatoridan chiqib keyingi vazifani bajaradi. Agar birinchi shart xato bo’lsa,  unda else if dagi “shart2” tekshiriladi va bu to’g’ri bo’lsa “vazifa2” bajariladi, aks hoda bu vazifa ham bajarilmaydi.

Umumiy ko’rinishi:

if(shart1)

vazifa1;

else if(shart2)

vazifa2;

Oldingi dasturimizni else if shart operatoridan foydalanib tuzamiz:

  1. public class IfShartOperatori {
  2.             public static void main (String args[]){
  3.                         int son=10;
  4.                         if(son>10)
  5.                                    System.out.println («Son 10 dan katta»);
  6.                         else if(son>=10)
  7.                                    System.out.println («Son 10 dan katta yoki teng»);
  8.             }
  9.   }

NATIJA:

Son 10 dan katta yoki teng

 

IZOH:

Dastur ishga tushirilishi bilan compiler (tuzuvchi) son o’zgaruvchisi o’nga tengligini bilib oladi va shunga ko’ra 4-qatordagi shartni tekshiradi va buyerdan xato degan javob oladi va 5-qatordagi “vazifa1” ni bajarmay ketadi. Chunki son o’ndan kata emas. Shu tarzda 6-qatorga kelib else if shartini tekshirishni boshlaydi (o’ndan kattami yoki tengmi, to’g’ri bo’lishi uchun ikkalasidan bittasini qanoatlantirishi ham yetarli). Albatta son o’nga teng bo’lgani uchun to’gri degan javobni oladi va 7-qatordagi vazifani bajaradi.

Kerakli malumotlar:

“%” belgisini biron bo’lishni bajarganimizda qoldiqni topish uchun qo’llaymiz.

Shart yozish qismida biror narsaning tengligini ifodalamoqchi bo’lsak “==” ikkita ketma-ket kelgan tenglik belgisidan foydalanamiz.

Kengaygan if shart operatori.

if shart operatorining shart yozadigan joyiga bir nechta shartimizni birdaniga kiritishimiz mumkin. Bu uchun oldin “AND” va “OR” logikaviy operatorlarini bilib olishimiz kerak.

AND” à “VA” manosini bildiradi. Uning kod yozishda ishlatiladigan belgisi “&&”.

if(a>b&&s>d)

vazifa;

Bu holda ikkala a>b va s>d shartlari bajarilgan yani “to’g’ri” bo’lgan holatdagina “vazifa” bajariladi.

OR” à “YOKI” manosini bildiradi. Uning kod yozishdagi ishlatiladigan belgisi “||”.

if(a>b||s>d)

vazifa;

Bu holda ikkala a>b va s>d shartlardan birontasi bajarilsa ham “vazifa” bajariladi.

Masalan :

  1.  public class IfShartOperatori {
  2.             public static void main (String args[]){
  3.                         int a=4,b=3,s=2,d=1;
  4.                         if(a>b||s<d)  // or logikasi uchun
  5.                                    System.out.println («a>b yoki s>d»);
  6.                         if(a>b&&s>d)   // va logikasi uchun
  7.                                    System.out.println («a>b, s>d»);
  8.               }
  9.  }

IZOH:3-qatorda o’z qiymatlariga ega bo’lgan a,b,s,d o’zgaruvchilari e’lon qilingan. Dastur ishga tushganida 4-qatordagi or logic amali bilan tuzilgan ikkita shartni tekshiradi. Bu yerda ikkala shartdan bittasi to’g’ri bo’lsa ham undan keying vazifa bajariladi, shunga ko’ra a>b sharti bajarilgani uchun undan keyingi 7-qatordagi vazifa bajariladi va ekranga “a>b yoki s>d” chiqadi.

Endi tekshirilish navbati 6-qatordagi “va” logikasi ishtirok etgan if shart operatoriga keladi. Buyerda ikkala shart a>b va s>d to’g’ri bo’lgani uchun 9-qatordagi vazifa bajarilib “a>b, s>d” ekranga chiqadi.

NATIJA:

a>b yoki s>d

a>b, s>d

Java dasturlash tilida if shart operatori shunday xususiyatlarga ega. Mavzu yuzasidan tushunmagan joyingiz yoki savolingiz bo'lsa kommentariyada qoldirishingiz mumkin. Yangi maqolalar uchun obuna bo'ling.

Videolardan o'rganishni ham unutmang:

Bu videoda if  else va logik operatorlarni o'rganishni davom etamiz.

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 8 hours

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 80Publics: 111Registration: 04-10-2017

Tarmoq orqali kiring: 

Sizning emailingiz oshkor qilinmaydi. Ism va Email kiritish talab qilinadi.