Blog Oxunjon Gaybullayeva

WordPress nimalardan tuzilgan va u qanday ishlaydi?

WordPress nimalardan tuzilgan va u qanday ishlaydi?


Salom blogimning o’quvchilari! Siz bilan men Oxunjon. Bugun WordPress platformasining qanday tuzilgani va ishlashi haqida bilib olamiz.

WordPress nimalardan tuzilgan va u qanday ishlaydi?

Agar biz WordPress saytning turli komponentalari (tarkibi) qanday tuzilganini va ishlashini bilib olsak, undan foydalanishimiz osonlashadi.

WordPressning o’zi bepul sayt quradigan dastur. Demak, WordPress orqali o’z shaxsiy blogingizni yoki saytingizni ochishingiz mumkin.

WordPressdan anchadan beri foydalanib kelayotganlarga bunday muammo yo’q, lekin foydalanishni endi boshlaganlar fayllar, kontentlar ko’pligidan chalkashib ketishi mumkin.

WordPress qanday qilib bu fayllardan foydalanib bizga saytni yuzaga keltirib berishini tushuntirishga harakat qilaman.

WordPress quyidagi to’rtta asosiy tarkibiy qismga ega va bu tarkibiy qismlar HTML-sahifani yaratish uchun bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashadi.

Asosiy fayllar.

Tema (shablon) fayllar.

Plugin fayllar.

Ma’lumotlar bazasi.

Siz WordPress.org saytidan wordpress fayllarini yuklab olishingiz kerak va WordPress-ni o’rnatish uchun MSQL ma’lumotlar ba’zasini yaratishingiz kerak. Keyin talab qilingan xususiyatlarga erishish va faoliyatlarni ko’rsatish uchun tema (shablon) va talab etiladigan plaginlarni o’rnatishingiz kerak.

WordPress Fayllari

Bu sizning wordpress.org saytidan yuklab olgan wordpress o’rnatish paketi faylining qismlaridir. WordPress bepul va ochiq manba bo’lgani uchun, fayllarni ko’rish uchun yuklab olishingiz mumkin.

WordPress nimalardan tuzilgan va u qanday ishlaydi?

O’rnatish vaqtida ushbu fayllarining mazmuni ehtiyojga qarab dinamik ravishda o’zgartiriladi.

Tema (Shablon) fayllari

Tema fayllari ekranni boshqaradi va URL so’ralganda brauzerda ko’rsatiladigan kontentni yaratadi. Barcha temalardagi fayllar WordPress «/ Wp-content / themes /» papkasi ostida saqlanadi. Har bir tema alohida papkaga va ko’plab PHP fayllariga ega, eng kamida bitta stylesheet va JavaScript fayli mavjud.

WordPress nimalardan tuzilgan va u qanday ishlaydi?

Plagin fayllari

Asosiy, tem ava ma’lumotlar bazasi fayllari majburiy bo’lib, plaginlar sizning WordPress saytingizga qo’shimcha funktsiyalar qo’shish uchun ixtiyoriy. WordPress tema va plaginlar-ga bo’lingani uchun, faoliyatlarni qo’shish uchun plaginlardan foydalanish deyarli muqarrar.

Masalan, ijtimoiy tarmoqlar temaning bir qismi emas. Shuning uchun saytingizda chiroyli ijtimoiy tarmoqlar belgilariga ega bo’lish uchun alohida plagin kerak. Barcha o’rnatilgan plaginlarning fayllari «/ wp-admin / plugins /» papkasida saqlanadi va har bir plagin alohida papkada saqlanadi. Har qaysi plagin bir qancha PHP, script, va CSS fayllariga ega bo’lishi mumkin.

WordPress nimalardan tuzilgan va u qanday ishlaydi?

Ma’lumotlar bazasi

Ma’lumotlar bazasi barcha kontent va boshqaruv parameterlariga ega bo’lgan WordPress saytning muhim qismidir. Sababi, siz blog maqolalarini yaratganingizda, uning barcha matn tarkibi ushbu sahifada bog’langan tasvirlar va videolarga eslatib turuvchisi bilan ma’lumotlar bazasi jadvallarida saqlanadi.

WordPress ma’lumotlar bazasini yaratish uchun MSQL ochiq manba asbobidan foydalanadi. WordPress o’rnatilishining ma’lumotlar bazasi “MSQL” va “ phpMyAdmin”-dan foydalanuvchi hosting akkaunti orqali saqlab qo’yilishi mumkin. Ma’lumotlar bazasi jadvallarini FTP orqali boshqarish mumkin emasligini tushunish muhim, ammo asosiy, tema va plagin fayllariga FTP orqali kirish mumkin.

Barcha fayllarning birgalikda bo’lishi

Barcha to’rt komponentlar so’ralgan URL uchun kerakli formatdagi kontentni (tarkibni) yaratish uchun bir-birlari bilan faol muloqot qiladilar.

WordPress nimalardan tuzilgan va u qanday ishlaydi?

Sahifa yuklanish vaqti (tezligi) ma’lumotlar bazasiga yuboriladigan so’rovlar soni va serverdan javob vaqtiga bog’liq. Shuning uchun kamroq so’rovlar yuklash tezligini oshiradi. Bundan tashqari, keshlash plaginlarini ishlatish sahifadagi statik HTML nusxasini saqlash orqali har doim bu komponentlar bilan o’zaro ishlash zaruratini pasaytiradi.

Bepul host qilib beradigan bepul sayt quruvchilardan farqli ravshda, WordPress barcha fayllarni va ma’lumotlar bazasini saqlash uchun pul to’lanadigan hostingga muxtoj. Yaxshi veb-sayt xotira va faoliyatlarga cheklovlarga ega bo’lmagan WordPress kabi yaxshi platformalardan foydalanishi kerak bo’ladi.

Bu faqat pulli xosting bilan amalga oshiriladi va sizning saytingiz fayllariga to’liq kirishingiz mumkin bo’ladi. Weebly yoki Wix kabi bepul sayt quruvchi vositalari bilan siz serverning xatti-harakatlariga kirishga va nazorat qilishga huquqingiz bo’lmaydi.

Turli komponentlardan foydalanishning afzalliklari

To’rt komponentni alohida saqlashning ko’pgina afzalliklari mavjud, bu ham WordPressning ulkan muvaffaqiyatlariga sabab bo’ladi.

Butun saytga ta’sir qilmasdan plaginlardan qo’shimcha funktsiyalarni qo’shish yoki o’chirish oson.

Siz temani va shu tarzda dizayn va saytning to’liq korinishini o’zgartirishingiz mumkin.

Ehtiyojga qarab, barcha fayllarni va ma’lumotlar bazasini turli xostlarga osongina ko’chirishingiz mumkin.

WordPress fayllarini keyingi versiyaga yangilash saytingizdagi ma’lumotlar bazasiga va boshqa fayllarga ta’sir qilmaydi.

Yuqorida wordpressning qanday tuzilganligi va saytning ko’rinishini qanday shakllantirishini ko’rib chiqdik. o’ylaymanki bu maqola wordpress mazmunini anglashda sizga yordami tegdi.

Agar sizda qo’shimcha savollar bo’ladigan bo’lsa kommentariyada qoldiring. Blogimga OBUNA bo’ling.
Ishlaringizda omad tilab xayrlashaman, xayr!

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: