Blog Oxunjon Gaybullayeva

Java dasturlash tilida foydalanuvchi ma'lumot kiritishi

java dasturlash tilini o'rganishni xohlovchilar uchun darsliklar

DIQQAT E'LON! Java dasturlash tillari bo'yisha video kurs tayyor. Video kurs haqidagi ma'lumotni quyidagi rasm ustiga bosib o'qishingiz mumkin: 

javani o`rganishning oson yo`llari

Foydalalanuvchi dasturni o’zi xohlaganidek ishlatishi uchun biron- bir turdagi ma’lumot kiritishi kerak bo’ladi. O’sha ma’lumotga mos ravishda dastur o’z vazifasini davom ettiradi.

Buni amalga oshirish uchun Javaning tuzilishini ko’rib chiqaylik.

Javani ichida turli xil paketlar bor yani java paketlar uchun kontenir vazifasini bajaradi. Paketlar ichida esa ko’plab turli xil vazifani bajarishi uchun moslashtirilgan klasslar va metodlar joylashtirilgan.

Hozir o’rganmoqchi bo’layotganimiz bu Java ning util paketidagi “Scanner” klasi. Faraz qilganingizdek Scanner klasining vazifalaridan biri ma’lumot kiritishda yordam berishdan iborat.

Scanner klasini ishlatishimiz uchun oldin uni “import” qilib olishimiz kerak, bu bilan javani util paketidagi Scanner klasidan foydalanmoqchi ekanimizni xabar beramiz.

Biz ichida foydalanmoqchi bo’lgan klasimizning eng tepaqismiga (klas e’lon qilingan joyidan tepasi)”import java.util.Scanner;” so’zini yozishimiz kerak.

import java.util.Scanner;// Scanner klasini import qilish.

public class ScannerClass {

public static void main (String args[]){

}

}

Endi uchta turdagi (int, double, String) ma’lumot kiritishini so’raydigan kichik dastur tuzamiz.

Buni bajarishimiz uchun pastdagi barcha kodimizni va tahririmizni ko’rib chiqing.

  1. import java.util.Scanner;
  2. public class ScannerClass {
  3. public static void main (String args[]){
  4. Scanner o=new Scanner (System.in);
  5. int i;
  6. double d;
  7. String s;
  8. System.out.println ("String kirit ");
  9. s=o.nextLine ();
  10. System.out.println ("int kirit ");
  11. i=o.nextInt ();
  12. System.out.println ("double kirit ");
  13. d=o.nextDouble ();
  14. System.out.println ("String "+s);
  15. System.out.println ("int "+i);
  16. System.out.println ("double "+d);
  17. }
  18. }

 

IZOH: 1- qatorda java util paketidagi foydalanuvchidan o’zgaruvchini qabul qilishga moslashtirilgan Scanner klasidan foydalanish uchun uni import qilib oldik.

Biz har doim import qilish orqali shunchaki undan foydalanish eshiklarini ochamiz. Klasning xususiyatlaridan foydalanish va dasturda ishlatish uchun o’sha klasning obyektini yaratib olishimiz kerak.(4-qator).

Scanner o=new Scanner (System.in);

Bu yerda  new Scanner (): Scanner klasining obyekti hisoblanadi. Qavs ichidagi “System.in” maxsus input (kiritish) vasifasini bajaradigan obyekt.  

Obyekt yaratishdan maqsad shundaki,  foydalanuvchi dastur ishga tushirilganidan keyin kiritadigan vazifalarni bajarish uchun yaratiladi. Yani o’sha obyekt bajarilishi kerak bo’lgan metodlarni ishga tushirib yuborib so’ralgan natijani olib keladi. (Obyektlar mavzusini o’rganib chiqing).

5-7 – qatorlarda i,d,s o’zgaruvchilarini e’lon qildik. Shu o’zgaruvchilarni turiga ko’ra foydalanuvchidan kiritishni so’raymiz:

8-qator  System.out.println ("String kirit ");

Foydalanuvchiga tushinarliroq bo’lishi uchun yozilgan.

9-qatorda asosiy ishlardan biri bajarilgan.

s=o.nextLine ();

9-qator ishlashga tushganida, nextLine () metodi  foydalanuvchiga  biron narsa kiritishi uchun text qatorini yaratadi. Foydalanuvchi bunga javoban biron narsa kiritganida,  kiritilgan barcha  narsani “s” o’zgaruvchisiga to’playdi. Buyerda foydalanuvchi ma’lumotni kiritganidan so’ng ,“s” ning qiymati o’sha ma’lumotning  qiymatiga teng bo’lib qoladi.

11-13 qatordagi yozilgan kodlar ham xuddi shunday tarzda ishlaydi.

Farqli jihati shundaki, o’zgaruvchining turini qanday belgilasak, shunga mos metod ishlatishimiz kerak. Masalan:

Int turi uchun  nextInt () metodi,

Double turi uchun   nextDouble () metodi,

String turi uchun     nextLine ()  metodi o’rinli.

Foydalanuvchi mos o’zgaruvchilarni kiritganidan so’ng i, s, d o’zgaruvchilari  o’sha narsalarni o’zida to’playdi.

14, 15, 16 qatorlar buni isbotlash uchun xizmat qiladi. Foydalanuvchi kiritgan narsalarni ekranda chiqarib beradi.

Tepada yaratgan dasturimizni ishga tushirsak, Biz erishadigan natija :

String kirit

Hozir kiritaman

int kirit

12

double kirit

34.5

String Hozir kiritaman

int 12

double 34.5

 

ma’luotni o’zimiz xohlaganimizdek kiritamiz.

Ma'lumot kiritish foydalanuvchi va dastur o'rtasidagi ta'sir. Bu mavzu bo'yicha savol va fikr mulohazalaringizni kommentariyada qoldiring. Yangi ma'qolalarga obuna bo'ling.

Yaxshiroq tushinish uchun videoni ko'rib chiqing:

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: