Youtubega Obuna bo’lish tugmasini saytga o’rnatamiz….

Youtubega Obuna bo'lish tugmasini saytga o'rnatamiz....


Salom blogimning qadrli foydalanuvchilari! Siz bilan kamina Oxunjon G’aybullayev. Sayt yoki blogingiz bilan youtube kanalingiz hamkorligini boshlash vaqti keldi. Bu maqoladan sayt yoki blogingizga Youtube kanalning OBUNA bo’lish tugmasini qanday o’rnatish haqida malumotga ega bo’lasiz.

Bu saytingizning foydalanuvchilariga youtubedagi ishlaringizni bilish imkonini beradi. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlardagi obuna bo’lish tugmasini sayt yoki blogga o’rnatish juda muhim. Oldingi maqolamda ham VKONTAKTE OBUNA tugmasi qanday o’rnatilishini ko’rsatgandim.
Agar o’zingizning Youtube kanalingizni haligacha ochmagan bo’lsangiz, buni har doim iloji bor.
Quyidagi videoda sayt yoki blogga Youtube OBUNA bo’lish tugmasini o’rnatish bosqichma-bosqich ko’rsatilgan:

Agar videoda tushinmagan qismingiz bo’lsa, o’qishda davom eting!

Quyida berilgan ssilkaga kiring va mos ravishda ishlarni bajarib boring!
SSILKA

Ssilkaga kirishingiz bilan quyidagi rasmda ko’rsatilganidek sahifaga tushasiz va bu yerda qiladigan ishingiz: o’zingizga mos sozlamalarni qilish va mos kodni ko’chirib olish (kopiya qilish).

O’zingiz bilganingizdek “GoogleDevelopers” sizning youtube kanalingizning nomi yoki ID nomeri emas, u yerga o’z kanalingizning nomi yoki IDsini joylashtiring! Bu uchun rasmda strellka bilan ko’rsatilgandek, ID ssilkasiga kiring!
Youtubega Obuna bo'lish tugmasini saytga o'rnatamiz....

Agar siz allaqachon youtube kanalingiz yoki Google akkauntingizga kirganbo’lsangiz, unda muammo yo’q, lekin, agar siz Youtube yoki umuman Google akkauntingizga kirmagan bo’lsangiz, yuqoridagi ID ssilkaga kirishingiz bilan, Google LOGIN va PAROL kiritishingiz so’raladi. Albatta login, parolingizni kiriting va quyidagi kabi sahifaga tushasiz:
Youtubega Obuna bo'lish tugmasini saytga o'rnatamiz....

Channel ID ni ko’chirib oling va “GoogleDevelopers”ning o’rniga o’tkazing! OBUNA bo’lish tugmasining ko’rinishini o’zgartirish uchun Layout, Theme, Subscriber countni sozlang. Bunda asosiysi Previewning o’zgarib borishiga etibor bering!

Endi, pastdagi script kodni ko’chirib oling va WordPress adminga kiring!

WordPress admin  Appearance  Widgets  Text ga kiring!
Youtubega Obuna bo'lish tugmasini saytga o'rnatamiz....

Obuna tugmasini saytingizning ikkita qismiga joylashtirsangiz bo’ladi: sidebar (yon panel), footer (tub, quyi panel).
Youtubega Obuna bo'lish tugmasini saytga o'rnatamiz....

Add Widget tugmasini bosgandan so’ng, ko’chirib olgan kodingizni, o’tkazish uchun forma ochiladi. Bunga ikkita modul mavjud: Visual, Text.
UNUTMANG! Kod yozish uchun har doim Text moduldan foydalaniladi. Kodni kiritgandan keyin Save tugmasini bosing va saytga borib obnavit (yangilash) qiling, shunda saydbarda Youtube tugmasi ko’rinadi.
Youtubega Obuna bo'lish tugmasini saytga o'rnatamiz....

Bu tugmaning pozitsiyasini ham xohlagan joyingizga shu yerdan o’zgartirasiz.
Ish yakunlandi.
Yuqoridagi ko’rsatmalar sizga foydasi tekkab bo’lsa xursandman. Saytning texnik tomonlari bo’yicha yordamlar uchun albatta blogimga OBUNA bo’ling!

Agar sizda bu mavzu bo’yicha muammolar bo’ladigan bo’lsa, kommentariyada qoldiring va kuting, albatta javob beraman.
[wpsp id="1658"]

Sizlarga esa omad tilayman, xayr!

Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 4 hours

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 118Publics: 120Registration: 04-10-2017
Like this post? Please share to your friends:
Leave a Reply
Tarmoq orqali kiring: 

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: