Yaqin kelajakdagi yoziladigan maqolalar va beriladigan ma’lumotlar.

Reja va istaklar

Assalomu-alaykum blogimning qadrli o‘quvchilari! Anchadan buyon blogda ma’qola yozmay qo’ygandim, sababi Universitetda o’qish bilan bo’lib, boshqa narsalarga ulgura olmay qoldim.

Lekin, bu blogni o’z holiga tashlab qo’yishga sabab bo’la olmaydi. Va men maqola yozishni yana boshladim.

Ushbu maqolada ham yaqin kelajakda blogimda yozishni istagan maqolalarim va bermoqchi bo’lgan ma’lumotlarim to’g’risida gapirmoqchiman.

Oxunjon

Gap shundaki, Universitetda o’rgangan bilimlarimni blogim orqali siz dek ham fikr do’stlar bilan bo’lishib bormoqchiman ya’ni oddiy qilib aytadigan bo’lsam o’zim o’rgangan fanlarni mavzularga bo’lib maqolalarimda yoritib borishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim.

Xullas, bu maqolalar asosan quyidagi mavzularda bo’ladi.

Java dasturlash tili, Ma’lumot tuzilishlari va algoritm, diskret matematika, Digital logic circuit.

Qisqaroq qilib tushuntiradigan bo’lsam:

Java dasturlash tili – O’zim tuzgan dasturlar (loyihalar) to’g’risida ma’lumotlar berib boraman. Ularni tuzishda orttirgan tajribalarim bilan o’rtoqlashaman.

Ma’lumot tuzilishlari va algoritm – Kompyuterda ma’lumotni to’plash va tartibga solish uchun maxsus format, shunda ma’lumotdan samarali foydalanish mumkin. Operatsiyalar samarali yo’lda amalga oshirilishi mumkin bo’ladi.

Biron dasturlash tilini o’rganmoqchi bo’lsangiz ham ma’lumotlar tuzilishini yaxshi tushunishingiz kerak. Blogda aynan shunday ma’lumotlar berilib boriladi.

Diskret matematika – Diskret matematika kompyuter bilimlari jumladan ma’lumot tuzilishi, algoritmlar, ma’lumot bazasi nazariyalari, kompilyatsiya nazariyasi, kompyuter xavfsizligi, operatsion sistemalar va hokazolar uchun matematik faktlar, fundamentlar bilan ta’minlaydi.

Digital logic circuit – Elektronik moslamalar yaratishda fundamental fan hisoblanadi. Digital logic ilmi ko’plab turli xil kompyuter texnologiya dizayni va injenering professiyalari sohalarida ishlatiladi. Blogda ham shu fandan o’rganganlarimni yozib borish niyatidaman.

Yuqorida ko’rganingizdek kompyuter sohasida erishgan bilimlarimni sizlar bilan bo’lishmoqchiman va bunda sizlarning faol bo’lishingizni istayman va so’rayman. Maqolalarga, undagi ma’lumotlarga o’z fikringizni albatta bildirib boring!

.

Qaysi mavzuda ko’proq yozilishini xohlaysiz ?

QAYSI MAVZULARDA AUDIO, VIDEO KURSLAR BO'LISHINI ISTAYSIZ ?

Javoblarni ko'rish

Loading ... Loading ...

Obuna bo’lishni unutmang:

Shu bilan bugungi kichik maqolaga yakun yasaymiz, keyingi maqolagacha, xayr!

Muallif: Oxunjon Gaybullayev.

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 1 hour

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 118Publics: 120Registration: 04-10-2017
Like this post? Please share to your friends:
Leave a Reply
Tarmoq orqali kiring: 

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: