Rossiyadan tashqarida Yandex Dengidan qanday identifikatsiyadan o’tsa bo’ladi. Yandex Dengi identifikatsiyasi uchun arizani qanday yozish kerak.

Yandex dengi identifikatsiyasi

Salom do’stlar va saytim mehmonlari. Bugun ko’pchilikning talablariga binoan Yandex Dengida identifikatsiyadan o’tish to’g’risidagi maqolani yozishga qaror qildim. Albatta barcha electron hamyonlarda identifikatsiyadan o’tish juda muhim. Chunki, agar Siz identifikatsiyadan o’tmasangiz, birinchidan Sizning imkoniyatlaringiz cheklangan bo’ladi. Ikkinchidan esa, Sizga xizmat ko’rsatish masuliyatsizlarcha bo’ladi. Ya’ni, Sizning biron joyga o’tkarmoqchi bo’lgan pulingiz o’tmay yo’qolib qolish ehtimoli ham kuchli bo’ladi. Bunday hollarda Siz biron narsani isbotlab berishga ham ojiz qolasiz. Chunki Sizning kimligingiz boshidan noma’lum bo’ladi (anonim). Shuning uchun ham electron hamyonlaringizni albatta identifikatsiya qilishni tavsiya qilaman.

Demak, bugun Yandex Dengida Rossiya davlatidan tashqarida turib qanday identifikatsiyadan o’tishni ko’rib chiqamiz. Bu maqolada ko’rsatilgan ko’rsatmalar quyidagi mamlakatlardan turib amalga oshirish mumkin: Gruziya, Misr, Ispaniya, Yaman, Qozog’iston, Qirg’iziston, Kipr, Xitoy, Kuba, Latviya, Litva, Moldova, Mo’g’uliston, Polsha, Ruminiya, Tojikiston, Tunis, Turkmaniston, O’zbekiston, Ukraina, Chexiya, Estoniya.

Yandex Dengidan qanday identifikatsiyadan o’tish kerak.

 

Arizani pochta orqali qanday yuborish kerak.

Bu kimlarga to’g’ri keladi: Barcha mamlakatlar fuqorolariga.

Qancha turadi: Pocha xizmati, notaries va tarjimon xizmatlarini hisoblang.

Qancha kutish kerak: Yandex Dengi tashkilotiga arizangiz etib borgandan keyin 7 ish kuni (uzog’I bilan).

Qanday hujjatlarni tayyorlash kerak.

Ko’p hollarda ikkita hujjat:

  1. Pasport nusxasi-bosh sahifa (surati bilan) va ro’yxatga olish sahifasi (agar bo’lsa).
  2. Identifikatsiyadan o’tish uchun ariza – to’ldirilgan va nusxalangan.

Ariza blankasini bu yerdan yuklab oling

 DIQQAT: Agar siz jamoatchi mansabdor shaxs yoki uning qarindoshi bo’lsangiz, sizda benefitsiar yoki nafaqa ishtirokchingiz bor bo’lsa, Siz qo’shimcha ariza berishingiz kerak.

Notariusda nimani tasdiqlatish kerak.

Agar Sizning passport rus tilida bo’lsa, notaries passport kopiyasini tasdiqlaydi tamom.

Agar passport rus tilidan boshqa tilda bo’lsa:

  1. Arizadagi imzo haqiqiy Siznikiligini notariusga tasdiqlating.
  2. Tarjimonga boring: U Sizning pasportingiz nusxasini hamda notaries tasdiqlagan arizangizni tarjima qilsin.
  3. Tarjimondan keyin, yana notariusda tarjimonning imzosini tasdiqlating.

Quyidagi ro’yxatdan o’z mamlakatingiz borligiga ishonch hosil qiling:

Ozarbayjon, Albaniya, Jazoir, Armaniston, Belarus, Bolgariya, Vengriya, Vetnam, Gruziya, Misr, Ispaniya, Yaman, Qozog’iston, Qirg’iziston, Kipr, Xitoy, Kuba, Latviya, Litva, Moldaviya, Mongoliya, Polsha, Rossiya,  Ruminiya, Slovakiya, Tojikiston, Tunis, Turkmaniston, O’zbekiston, Ukraina, Chexiya Respublikasi, Estoniya.

Agar bu ro’yxatda Sizning mamlakat bo’lmasa, hujjatga apostil pechatini qo’ydiring.

Hujjatni qayerga yuborish kerak va keyinchi.

Tanlovlar uchta:

  • Maxsus buyurtma asosida quyidagi pochta manzili bo’yicha: 115035, г. Москва, а/я 57, ООО НКО «Яндекс.Деньги»,
  • Biron bir kishi (kurer) orqali moskvadagi ofisiga: Садовническая улица, дом 82, строение 2.
  • Do’stlaringizdan kimdir yaqin kelajakda Moskvaga yoki Sankt-Peterburgga ketayotgan bo’lsa, hujjatlarni unga berib yuborishingiz ham mumkin.

Pochta orqali yuborishda, jo’natmangiz manzilga yetib borishi bir necha haftaga cho’zilishini inobatga olishingiz kerak. Buyurtmangizni trek-nomer orqali Rossiya Pochtasining saytida kuzatishingiz mumkin. Agar saytda statusingiz “Вручение адресату” ga o’zgarsa, demak Yandex Dengining amaliy yordam bo’limi Sizning arizangizni qabul qilib olgan va uni ko’rishni boshlagan hisoblanadi. Tekshiruv, ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 kun ichida ko’rib chiqiladi.

Barchasi tayyor bo’lgandan keyin Siz shaxsiy kabinetingizdagi balansingiz yonida yashil yoki sariq signal ko’rasiz. Va bu haqda electron manzilingizga ham xabar olasiz.

Shaxsiy kabinetingizdan barcha malumotlarni tekshirasiz, ya’ni imennoy statusingiz identifisirovanniyga o’zgarganligini ko’rib uni tasdiqlaysiz.

DIQQAT: agar foydalanuvchi bundan oldin Yandex Dengi tashkilotiga qandaydir ariza yuborgan bo’lsa, (masalan, to’lov parolini tiklash yoki yangi telefon raqamini ulash uchun), siz identifikatsiyaga soddalashtirilgan tartibda (elektron pochta orqali) ariza berishingiz mumkin.

Agar yoshingiz 18 ga to’lmagan bo’lsa, yuqorida aytilgan hujjatlarga notariusda tasdiqlangan ota-ona roziligi to’g’risidagi hujjatni ham qo’shib jo’natishingiz kerak bo’ladi.

Xullas, manashunday qilib Yandex Dengidan identifikatsiyadan o’tiladi. Tushunmagan, bilmagan joylaringiz bo’lsa, bemalol izohlarda qoldirishingiz mumkin, imkon qadar javob berishga harakat qilaman.

Hozircha xayr, salomat bo’ling.

Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev

 

 

 

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 14 hours

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 118Publics: 120Registration: 04-10-2017
Like this post? Please share to your friends:
Comments: 7
  1. Zulxumor

    Tushunarli, rahmat.Men savol javob qilganman yandex dengi bilan.Email ga javob kelgan, demak soddalashtirilgan tartibda roʻyxatdan oʻtsam boʻladi, urra hozir tarjima qilib boshlaymiz

    0
    1. Oxunjon G'aybullayev (автор)

      Siz nima to’g’risida savol javob qilganligingizga bog’liq, agar Siz to’lov parolini tiklash yoki yangi telefon raqamini ulash uchun savol javob qilib Yandex Dengiga passport ma’lumotlaringizni yuborgan bo’lsangiz soddalashtirilgan tarzda o’tishingiz mumkin identifikatsiyadan. Agar Siz shunchaki savol javob qilgan bo’lsangiz unda o’tolmaysiz.

      0
  2. Sardorbek

    Tarjimon va Notarius xizmati qanchaga tushadi taxminan

    0
    1. Oxunjon G'aybullayev (автор)

      Ozbekistonda qanchaga tushadi bilmayman, buni natariusga borib bilish kerak, agar Siz rossiyada bo’lsangiz, taxminan 3-5 ming rubllar atrofida bo’ladi.

      0
  3. Tohir

    Mendan yandex qollab quvvatlash bo’limi to’liq identifikastiya uchun 2 variantdan birini, yani passport nusxasi yoki elektron tarzda to’ldirilgan ariza raspechatkasidagi
    mening imzoimni notarius tasdiqlashini talab qilgan.Ozbekistonda esa notaruis
    birortasini tasdiqlamadi qonunchilikga zid emish
    Qaysi notariusga murojaat qilish Kerak?
    Yana PayPal da qanday ro ‘yxatdan o’tish mumkin O’zbekistonda turib.
    Raxmat!

    0
    1. Oxunjon G'aybullayev (автор)

      Ha, natariusda tasdiqlangan sizning danniylaringizni yuborishingiz kerak. To’g’risini aytaman, men hech qanday natariusga borganim yo’q, chunki bilaman ular sizga aytgan gaplarini aytishlarini, bu juda achinarli. Shuning uchun hech qanday natariusni ayta olmayman.

      0
    2. Умиджон

      Менга урта мактабнинг 4 та рус тили укитувчиси рус тилида битта справка езиб бера олмаган бир вактлар. Энди натариусдагиларни куяверинг, бу жуда аянчли ахвол албатта. Конунчиликга зид дейиши енди ошиб тушибди :lol:.
      Пайпалда руйхатдан утиш менимча Узбекистондан утиб булмайди яна билмадим.

      0
Leave a Reply
Tarmoq orqali kiring: 

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: