Blog Oxunjon Gaybullayeva

Uraaa!!! Video kurs tayyor va u Sizning ixtiyoringizda!

Ishboshi tayyor


Barchaga salom! Va nihoyat “Biznes kaliti” nomli video kurs tayyor. Bu mening birinchi video kursim. Bu maqolada kursning yozilish jarayoni va kurs haqida ma’lumot bermoqchiman. Qisqasi, kursni tayyorlashda olgan tajribalarimni Siz bilan bo'lishmoqchiman. Zora bu maqolada yozganlarim, kurs yozishni niyat qilganlarga yoki kurs yozishni boshlamoqchi bo'layotganlarga foydasi tegsa.

  1. Kurs yozishni nimadan boshladim?
  2. Kurs yozishda nimalarga ko'proq e'tibor berdim?
  3. Kurs yozishda qanday xatolarga yo'l qo'ydim?
  4. Xato va kamchiliklarni tuzatish?
  5. Kurs yozib bo'lindi va keyingi qilingan ishlar.

Bular to'g'risida maqolani o'qish davomida bilib olasiz.

Bilamizki, bugungi kunda internetdan juda ko’p foydalanamiz. Shu faoliyatimiz davomida har xil xizmatlar yoki saytlardan ro’yxatdan o’tamiz. Aynan shunday jarayonlarda login (foydalanuvchi ismi) va parollarimizni eslab qolishimiz kerak bo’ladi.

Kursni yozishga ham shunga o’xshagan jarayonlar sabab bo’ldi. Chunki, shuni bilamanki, ko’pchilik electron pochtalar va hamyonlar, ijtimoiy tarmoqlardan ro’yxatdan o’tib o’zlarining login va parollarini unutib qo’yishadi. Keyin o’z shaxsiy profillariga kira olmay boshlari garang bo’lib yurishadi. Shu kabi voqealar kundalik hayotimizda ham tez-tez sodir bo’lib turadi.

Parol va login unitdim

Kursda shunday muammolarni yechadigan ko’rsatmalar, ma’lumotlar berilgan. Agar bu kursni olib, undagi ko’rsatmalardan foydalanadigan bo’lsangiz, barcha ishlaringizning kaliti siz bilan birga yurushiga erishasiz.

Kurs yozish jarayoni menga nima berdi?

Shuni eng boshida aytishim kerak, kurs yozish oson jarayon emas ekan, lekin foydali jihatlari juda ko’p.

Kursni yozishga kirishganimda uch – to’rt kun ichida yozib tugataman deb o’ylagan edim, lekin bu bir oydan ham ko’pga cho’zildi. Shu sababli ham blogda anchadan beri maqola chop etmayotgandim.

Shu vaqt mobaynida kursdagi videolarni bir necha marotaba qayta tahrirlashga to’g’ri keldi. Shu o’rinda ko’p narsalarni ham o’rganishga to’g’ri keldi. Va albatta kurs yozish bo’yicha tajribam ham oshdi.

Kursni yozish jarayonida Camtasia Studio, Photoshop kabi katta dasturlarda ishlash bo'yicha ham tajribam oshdi. Bundan tashqari internetdagi ba’zi servizlardan qanday to'g'ri foydalanish kerakligi haqida ko'plab ma’lumotlarga ega bo’ldim.

Ha, kurs yozish chuqur izlanishni talab etadi.

Endi yuqoridagi savollarga javoblar

1. Kurs mavzusini tanlaganimdan so'ng, shu mavzuga oid materiallarni keng o'rganib chiqdim. Kursda beriladigan ma'lumotlar aniq bo'lgandan keyin, darslar rejasini tuzib chiqdim, ya'ni har bir video darsda beriladigan ma'lumot va ko'rsatmalar ketma-ketligini tuzdim. Va kursni yozishni boshladim.

2. Kursni yozishda asosan aniq va sodda tilda tushunarli yozishga harakat qildim. Har bir aytilgan gapda ko'proq va aniq ma'lumot berishga harakat qildim, ya'ni tushunish oson bo'lishi uchun oddiy termin va ifodalardan foydalandim.

3,4. Kurs yozishdagi xato va kamchilliklar: 1) Kursni yozib saqlab qo'ygandan keyin, asosiy tahrirlash fayllarini yo'qotib qo'ydim. Shu sababli kursni ikkinchi marta yozishga to'g'ri keldi. 2) Tayyor bo'lgan videolarning o'lchami katta bo'lganligi sababli, boshqa dasturdan foydalanib ularni kichraytirishga to'g'ri keldi.

5. Kurs so'ngi marta tahrirlandi va tayyor bo'ldi. Keyingi qilingan ishlar: Kurs menyusini tayyorladim va kursga lending sahifa qildim. Kurs menyusi quyidagicha bo'ldi. Baho bering va kommentariyada o'z fikrlaringizni qoldiring!

kurs menyusi
Kurs menyusi 2
Biznes kaliti

Lending sahifasini yozish ham ancha vaqt oldi. Lending va kurs haqidagi ma'lumotni manabu ssilkaga kirib bilib olishingiz mumkin.

Kurs yozishga kirishishda ba’zi kichik maslahatlar.

Demak, siz biron narsa to’g’risida video kurs yozishga qaror qildingiz va uni yozib internetda chop etmoqchisiz.

Eng boshida bermoqchi bo’layotgan ma’lumotlaringizni o’zingiz yaxshilab o’rganishingiz kerak.

Bunda yozayotgan videolaringiz sifatiga va o’lchamiga ham etibor bering! O’lchami kichik, sifati yaxshi bo’lgan videolar tavsiya qilinadi.

Video sifati yaxshi bo’lishi kerakligini o’zingiz ham yaxshi bilasiz, lekin o’lchami kichik bo’lishi kerakligining sababi shuki, istemolchi videoni yuklab olishda qiyinchilikka uchramasligi kerak, agar istemolchi intenetga MB olib kiradigan bo’lsa, albatta kursni yuklab olishda MB-ni tejashga harakat qiladi. Shunchaki bu sharoitlarni yaratib berishingiz kerak bo’ladi.

Lekin eng asosiysi, kursni yetkazib berish yo’lini qulay va oson qilishingiz kerak bo’ladi (bu albatta juda katta mavzu).

Kursdan foydalanishni ham aniq tushuntiring!

DIQQAT: Yaqinda “Sayt tuzish oson va oddiy” nomli kursim ham tayyor bo’ladi va saytda chop etiladi.

Blogimga OBUNA bo’lsangiz chop etilishi bilan xabardor bo’lasiz.

Bu maqolada demoqchi bo’lganlarim shulardan iborat edi. Xudodan barchamizning ishlarimizga omad tilab sizlar bilan xayrlashaman, xayr!

Muallif: Oxunjon G’aybullayev.

Рейтинг
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 2
  1. Asadbek Asqaraliyev

    VideoKursingiz tayyor bo'lgani bilan chin yuragimdan tabriklayman. Yangi kurslar yozishingizda OMAD OMAD va yana OMAD!!! Loanding pagedagi videoda to'g'ri aytingiz pulga olingan narsa qadrli bo'ladi!

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom! Tilaklar uchun raxmat. Xudo barchamizni ishimizga omad bersin!

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: