Blog Oxunjon Gaybullayeva

Yangi, onlayn loyihaga hamkorlar qidirilayapti, shoshiling! Onlayn maktab.

Onlayn maktab

Salom do’stlar. Bugungi kunda Uznetda ham sayt tuzish va rivojlantirish to’g’risida ko’plab pullik va bepul video kurslar mavjud. Lekin, shunga qaramay saytni tuzib, uni qanday yuritish, seo, rivojlantirish to’g’risida ma’lumot yetarli emas deb hisoblayman.

Agar, e’tibor berib qarasangiz, har kun qanchadan qancha saytlar ochiladi, lekin bir necha kun, oy yoki yil o’tgandan keyin o’sha saytni qidirsangiz topa olmay qolasiz yoki topsangiz ham saytda rivojlanish bo’lmaganligini kuzatishingiz mumkin..

Sababii, sayt yuritish va rivojlantirish to’g’risida hali yetarli bilimga ega emasmiz deb o’ylayman. Bundan tashqari, turli xil texnologiyalar kundan kun shiddat bilan rivojlanib bormoqda, ba’zi o’rgangan, bilgan bilimlarimiz eskirib qolmoqda, yoki bo’lmasam unutib qoyayapmiz va hokazo. Biz komandamiz bilan shu masalalar ustida suhbatlasha turib shunday bir qarorga keldik.

Sayt tuzish, yuritish, rivojlantirish va seo to’g’risida bepul onlayn maktabini ochishga qaror qildik va ochdik ham. Qaysi domendaligi hozircha sir, lekin yaqin kunlarda ushbu blogda onlayn maktabning ochilish marosimiga bag’ishlangan maqolani ham chop etamiz.

Shuni aytishim mumkin, bepul onlayn maktabning ko’rinishi quyidagicha:

Onlain maktab

Maqsad: Bugungi O’zbekiston sharoitimizda hali ko’plab sohalarda zamon talablariga javob bera oladigan shart-sharoitlar mavjud emas. Ushbu onlayn maktab orqali biz bir birimiz bilan tajribalar almashsak, bilim ulashsak, bu sharoitlar o’z o’zidan yaratilishiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lar edik.

Hozirda maktabning «Asosiy», «Birinchi kurs» va «Ikkinchi kurs» bo’limlari kerakli materiallar bilan to’ldirilib bo’lindi. «Uchinchi kurs» va «Blog» bo’limlari ustida ishlar olib borilayapdi. Ushbu loyiha ustida ishlash uchun ya’ni loyihaning foydaliligini oshirish maqsadida biz komandamizni yanada kengaytirishga qaror qildik.

Do’stlar, agar oralaringizda, sayt tuzish va uni rivojlantirish to’g’risida ozgina bilimi bor, yoki shu soha bo’yicha bilim olish niyatida yurganlar bo’lsa, bemalol bizning komandamizga qo’shilishingiz mumkin. Biz jonu dilimiz bilan qabul qilamiz.

Agar Siz komandamizga qo’shilishni istasangiz, o’zingiz manashu soha bo’yicha olgan bilimlaringizni, maqola, video, audio sifatida ushbu saytga joylashtirishingiz mumkin. Buning uchun saytning aloqa bo’limidan bizga xabar bersangiz kifoya. Maqolalar Sizning nomingizdan chop etiladi.

Albatta, hamkorlik quruq gap bilan bo’lmaydi. Biz Sizga loyihani ishga tushirmasdan turib katta vadalar bera olmaymiz. Demoqchimanki, mushuk bekorga oftobga chiqmaydi, deganlaridek(((, hamkorlikdan Siz ham biron foyda ko’rmasangiz hamkorlik qilmaysiz albatta. Shuning uchun, keling men Sizga loyihadan Siz ko’radigan foydalaringizni sanab o’tsam.

  • Birinchidan, Siz oz’ngiz uchun hamfikrlar orttirasiz,
  • Ikkinchidan, Shu sohada bilimingizni boyitasiz,
  • Uchunchidan, Internet biznesida, balkim birinchi qadamlarni qo’yasiz,
  • To’rtinchidan, Internetda o’z imidjingizni yaratasiz,
  • Beshinchidan, Eng asosiylaridan biri, O’zbekistonimiz rivojiga o’zingizning beminnat ulushingizni qo’shasiz,
  • Oltinchidan, Bu Siz uchun eng asosiysi deyish mumkin, Siz Webmasterlik kasbini egallaysiz, qo’lingizda yana bitta Sizni boqadigan kasbingiz bo’ladi.
  • Yettinchidan, Yana bir asosiylaridan, moddiy manfaat.
  • Loyihada faol qatnashib, ko’plab imkoniyatlarga ega bo’lishingiz mumkin.

Yettinchi o’rindagi foydangizga kengroq to’xtalsam. Aslida bu hammamiz uchun ham birinchi o’rinda deyishimiz ham mumkin, chunki har bir ishimizning ortida moddiy manfaat ham albatta bo’ladi, chunki busiz hech bir ish oldinga siljimaydi.

Hammamiz bilamizki, sayt orqali daromad olish bu bir kunlik ish emas (Agar Siz sayt tuzib daromad olib ko’rgan bo’lsangiz). Saytni kerakli materiallar bilan to’ldirish kerak, uning seo yo’llarini qilib rivojlantirish kerak va shunda ham kamida 6-8 oy, bir yildan keyin daromad ola boshlashingiz mumkin.

Shunday ekan, ushbu loyihada ham faol qatnashib, sayt rivojiga o’z hissasini qo’shgan shaxslar albatta quruq qoldirilmaydi. Chunki saytning keyingi rivojlanishiga ham Sizga o’xshagan jonkuyarlar kerak bo’ladi.

Biz bilan hamkorlikda ishlashni xohlasangiz saytimiz eshiklari Siz uchun doimo ochiq.

Hozircha xayr, uchrashganda ko’rishguncha!

Hurmat bilan Oxunjon G»aybullayev.

 

 

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 2
  1. Sher Khan

    Komandaga qo’shilishdan oldin loyihani (birinchi va ikkinchi kurslarni) ko’rib chiqish mumkinmi?

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Yo’q, hozircha sir bo’laqosin, chunki chala saytni ommaga ko’rsatish picha noqulay. Agar Sizga muhim bo’lsa, shaxsiy kabinetdan ssilkasini yuboraman. Loyihada ishtirok etishni istovchilar hozirdan kompyuter sirlari, internet, sayt tuzish, qidiruv tizimlari kabi mavzularda kichik maqolalar yoki video qo’llanmalarni yozib bizga jo’natishlari mumkin. Shunda loyihaning tayyorlanish jarayoni tezlashadi.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: