Blog Oxunjon Gaybullayeva

Java dasturga foydalanuvchidan ma’lumot kiritishni so’rashni o’rganish!

Bu darsimiz foydalanuvchida Java dasturga biror ma’lumot kiritishni so’rab kiritilgan ma’lumot bo’yicha vazifa bajarishni o’rganishdan iborat. Bu dars quyidagi video bilan tushuntirilgan. Videoni kuzating va quyidagi masalalarni keyingi darsgacha bajaring!

Ma’lumot kiritish to’g’risida qo’shimcha malumotlarni «MA’LUMOT KIRITISH» nomli quyidagi ssilkaga kirib topishingiz mumkin:

Malumotlar kiritish

DIQQAT E’LON! Java dasturlash tillari bo’yisha video kurs tayyor. Video kurs haqidagi ma’lumotni quyidagi rasm ustiga bosib o’qishingiz mumkin: 

javani o`rganishning oson yo`llari

BAJARISH UCHUN MASHQLAR

1. Foydalanuvchidan ikkita son kiritishini so’raydigan va kiritlgan sonlarni ko’paytmasini hisoblaydigan Java dastur yozing!
Masala:
Birinchi sonni kiriting: 25
Ikkinchi sonni kiriting: 5

Kutilgan natija:
25*5=125
2. Foydalanuvchidan ikkita son kiritishini va bu sonlarning yig’indisini, ko’paytmasini, ayirmasini, bo’linmasini va bo’lganda qoldig’ini topadigan Java dastur yozing!
Masala:
Birinchi sonni kirit: 125
Ikkinchi sonni kirit: 24
Kutilgan natija:
125+24= 149
125*24=3000
125-24=101
125/24=5
125%24=5
3. To’g’ri to’rtburchakning eni va bo’yi uzunligini kiritishni foydalanuvchidan so’raydigan va shu to’g’ri to’rt burchakning yuzasini hamda peremetrini hisobyaydigan Java dastur tuzing!
Masala:
Enining uzunligini kiriting: 12
Bo’yining uzunligini kiriting: 6
Kutilgan natija:
YUZASI= 12*6=72
PERIMETRI=2*(12+6)=36
4. Foydalanuvchidan doiraning radiusi (R=) uzunligini kiritishni so’raydigan va shu doiraning yuzasini hamda uzunligini hisoblaydigan Java dastur yozing!
Masala:
R= 3
Kutilgan natija (PI-ni 3 deb hisoblaganda):
YUZASI= PI*R*R=27
UZUNLIGI=2*PI*R=18

5. Foydalanuvchidan int turida bir son (n) kiritishini so’raydigan va ekranga (n+nn+nnn) ko’rinishni chiqaradigan Java dastur yozing!
Namuna:
n=: 5
Kutilgan natija:
5+55+555

Рейтинг
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: