IT sohasida Javaning tutgan o'rni!


Assulom aleykum aziz do'stlar! Sizlar bilan ko’rishib turganimdan xursandman. Bu saxifada bugungi kunda eng mashhur Java dasturlash tili bo’yicha o’quv kursimni boshlayapman. Java dasturlash tilini o’rganishni boshlashdan oldin “Nega aynan Javani o’rganish kerak?” degan savolga javob berib olaylik.

 Biz nega Java ni o’rganamiz?

Bugungi zamonamizda IT yoki Kompyuter sohasiga bo’lgan extijoj juda katta degan so’zni juda ko’p eshitgan bo’lsangiz kerak, ha rostdan ham shunday. IT (informatsion texnologiya) ish faoliyati o’rnatish, tashkil qilish, va kompyuter sistemalarini saqlash hamda loyihalash va network (tarmoq) va ma’lumotlar bazasini boshqarishni o’z ichiga oladi. Kompyuter ilmi butunlay matematik algoritmlardan foydalanuvchi kompyuterlarni samarali dasturlashga asoslangan.

 

IT ish faoliyati biron bir kompyuter ilmi darajasini talab qilmaydi. Bu sohada eng avvalo o’quvchi yoki talaba o’ziga dasturlashning bir qismini o’rgatishi kerak. Kompyuter ilmi talabaga dasturlar uchun mos loyiha ko’rinishi, algoritm, va ma’lumot tuzilishini o’rgatadi. Ko’p hollarda dasturchilar bitta yoki ikkita dasturlash tillarini o’rganishadi, odatda Java, C++, Fiton. Eng qiziqarli joyi shundaki rivojlangan davlatlarda dasturchilar uchun to’lanadigan o’rtacha yillik maosh 67000$(tajribaga qarab) ga yetishi mumkin.

 

Demak, IT yoki Kompyuter sohasida biron natijaga erishish uchun biron dasturlash tilini tanlashimiz kerak.

 

Bugungi kunda mobayl telefonlar, kompyuterlar uchun dastur tuzish keng tarqalgan. Shu bilan birgalikda veb rivojlantiruvchilarga bo’lgan ehtiyoj ham juda katta. Yuqoridagi bo’limlarning barchasini o’zida jamlagan dasturlash tillaridan biri Java hisoblanadi. Java yosh dasturlash tili (1995-yilda yaratilgan) va u C++ va C ning ustiga qurilgan ya’ni bunda C++ va C da ishlatiladigan ko’p kodlar Javada ham ishlatiladi. Java mustaqil platforma deb ataladi chunki javada kodni bir marta yoziladi va har joyda ishlatiladi.

 

Java dasturchiga osonlik bilan dastur yaratish imkonini beradi.

BULAR BILAN HAM TANISHING:

Publication author

offline 17 hours

Oxunjon G'aybullayev

10
Comments: 80Publics: 111Registration: 04-10-2017

Tarmoq orqali kiring: 

Sizning emailingiz oshkor qilinmaydi. Ism va Email kiritish talab qilinadi.