Blog Oxunjon Gaybullayeva

Internetda pul ishlash turlarining qisqa royxati va izohlari !!!

Internetda pul ishlash turlarining qisqa royxati va izohlari !!!


Salom do’stlar, yana men Oxunjon. Bugun siz bilan internetda pul topish turlarini ya'ni internetda pul ishlashning haqiqiy yo'llarini ko'rib chiqamiz.

Nima uchun haqiqiy? — chunki, men bugun o'zbekiston internetida pul ishlash maqsadida endi kelganlarning bo'lmag'ur saytlarda ya'ni Seosprint, Wmmail, kaptcha to'ldirish, har xil pochtaviklarda va shunga o'xshash saytlarda o'zlarining bebaho vaqtlarini ketqizib, u saytlarda arzimagan pul ishlanishini bilmasliklarini ko'rib, ularga ich-ichimdan achinib ketyapman. Chunki bunaqangi saytlarda katta pul hech qachon ishlab bo'lmaydi. Katta pul deganim bu million dollar deganim emas, bu deganim u saytlarda bir oy harakat qilib, zo'r berib ishlaganingiz hattoki o'zingizni qorin to'ydirishingizga ham yetmaydi.

Nimaga men bunchalik ishonch bilan gapiryapman? Chunki men sal kam bir yil vaqtimni manashunaqangi saytlarda o'tqazdim, lekin bir oy harakat qilib ishlaganim o'zimni qornimni to'ydirishga ham yetgani yo'q. (((  Ha bunaqa saytlarda normalni pul ishlashadiganlar ham bor, bular kimlar? — Bular o'sha saytning egalari va menga o'xshagan, sizga o'xshagan loxlarni (agar siz ham hozir o'shanaqa saytlarda pul ishlayman deb yurgan bo'lsangiz) aldab ana o'sha saytga oborib ishlatayotganlar ishlashadi. (menku hozir tushundim buning nimaligini siz ham tushunishingizni xohlardim)

Ha bu odamlarga achinyapman, lekin o'zim ham bir paytlar shu odamlarga o'xshab shunaqangi saytlarga o'ralashib yurganman, toki Xudo menga bir odamni ro'paro' qilmagunicha shunday bo'laverdi. O'sha odam menga internetda haqiqiy pul qanday ishlanishini tushuntirganidan keyin mening internetda pul ishlash to'g'risidagi qarashlarim butunlay o'zgardi, buning uchun avvalo xudoga keyin o'sha odamga ming raxmat aytaman. Xudo menga o'sha odamni sababchi qilganidek, zora mening manashu maqolam ham kimgadir to'gri yo'l tanlashda sababchi bo'lsa degan maqsadda ushbu maqolani yozishga qaror qildim.

Bu maqola internetda haqiqiy pullarni qayerlarda ishlash mumkinligi to'grisida bo'ladi:

 

Xo'sh bular qaysilar?  

 

 

  • 1. O’z saytingizni yarating!
  • 2. Elektron kitob, video kurslar yaratib sotish. (infobiznes)
  • 3. Affiliate marketing — filial bozori. Sherikchilik.
  • 4. Frilanser (ozod, erkin) ishchi bo’lish.
  • 5. Youtube biznesi.

Albatta, yuqoridagi pul ishlash turlaridan tashqari ko'plab boshqa yo'llari ham mavjud. Lekin men hozircha manashu turlarini tushuntirib o'taman. Boshqa yo'llarini bilish uchun esa saytimni kuzatib boring!

Internetda pul ishlash uchun eng avvalo sizda elektron pochta va elektron hamyon bo’lish kerak.
Elektron pochtalar:
Gmail.com.
Mail.RU.
Yandex.ru.
Elektron hamyonlar:
Webmoney.
QIWI.
Yandex dengi.

O’z saytingizni yoki blogingizni yarating!

 

Passiv (harakatsiz) daromad olishni xohlaysizmi? — Sizga veb-sayt albatta kerak! Uxlayotganingizda ham pul ishlashning yo'li.

Internet orqali pul topishning bu usulini hech qaysi bir yo’lga tenglashtirmagan bo’lardim. Shu sababli bu biznes bilan o’zim ham shug’ullanayapman. Bugungi kunda dunyoning ko'plab rivojlangan mamlakatlarida juda ko’p odamlar o’zining shaxsiy saytiga ega. Va shu sayt orqali pul ishlashadi. Hattoki oyiga 200 ming $ DOLLARdan ortiq pul ishlaydigan bloggerni ham bilaman --> smartpassiveincome.com

Bu biznesda qiladigan ishingiz: sayt yaratasiz, uni rivojlantirasiz va u orqali pul ishlaysiz.
Bu ishni sayt yaratish turlari haqida yozgan maqolamni o’rganib boshlashingiz mumkin.

Elektron kitob, video kurslar yaratib sotish.

Internetda pul ishlash turlarining qisqa royxati va izohlari !!!

Agar siz biron soha bo’yicha bilimga ega bo’lsangiz, o’sha soha bo’yicha elektron kitob yoki video kurs yaratish va uni sotish, bu yaxshi g’oya.
Bitta kitobning narxi ko’p bo’lmasligi mumkin, lekin siz bir nechta kitob yoza olsangiz muammo yo’q.

Video kurslar katta rol o'ynaydi. Video kurslarga bo’lgan talab yuqori. Chunki video orqali biron ma’lumotni tushinish oson.

Lekin bunda bitta muhim narsa bor, yaratgan kitobingiz va video kursingiz o’z o’quvchilarini topa olishi kerak. Bu uchun yaratgan mahsulotingiz muhim ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak ya'ni odamlarning muammosini yecha olishi kerak.

Sotishga keladigan bo’lsak, biron saytda reklama berish orqali yoki reklama berish uchun maxsus servislardan foydalansangiz bo’ladi.
Bunda siz reklama uchun yoki sotuvdan tushgan pulning ma’lum qismini saytga yoki servisga berasiz.

Agar siz kerakli, foydali kitob va video kurs yaratib sotishni yo’lga qo’ya olsangiz, bu sizning yaxshigina passiv daromadingiz bo’ladi, chunki siz bir marta yaratasiz va ming marta sotasiz…

Affiliate marketing — filial bozori ya'ni sheriklik.

Internetda pul ishlash turlarining qisqa royxati va izohlari !!!

Agar siz o'zingiz biron sohada mutahasis bo'lmasangiz, biron bir mavzuda foydali kurs yarata olmasangiz, unda birovning yaratgan maxsulotini sotib sherikchilik qilib pul ishlashingiz mumkin. Ya'ni mahsulot egasi bilan sherik bo'lasiz.

Bu ishda asosiysi sizni eshitadigan insonlar bo’lsa bo’ldi. Bu insonlarni sayt yoki ijtimoiy tarmoqlar yordamida to’plash mumkin.

Xop, siz bu yerda qayerdan va qanday pul ishlaysiz?

Bunda siz ijtimoiy tarmoqlarda ko’plab do’stlarga ega bo’lsangiz va yoki shaxsiy blogingiz yoki saytingiz bo’lsa, shular orqali maxsulotni reklama qilib sotishingiz mumkin. Ya'ni siz maxsulot egasiga mijoz olib borasiz va u sizga sotilgan maxsulotdan foiz to'laydi.

Buning o’zi bir juda katta maqola bo’lib ketadi, shu sababli qisqacha va lo’nda qilib tushuntirishga harakat qilaman: Siz yangi klentlarni ya’ni mijozlarni boshqa biznesga yo’naltirganingiz uchun (olib kelganingiz uchun) pul ishlaysiz.
Qilinadigan ishlar quyidagicha: Siz maxsulot egasi bergan ssilka orqali mijoz olib borasiz va u mijoz bir yil muddatgacha yoki undan ko'proq ba'zida kamroq vaqtgacha sizning hisobda turadi. Qachonki o'sha siz olib borgan mijoz o'sha maxsulot egasidan biron narsa xarid qilsa, o'sha xarid qilingan maxsulotdan siz ma'lum foiz olasiz. Bu foiz siz o'sha maxsulotga sherikchilik qilishdagi kelishuvda ko'rsatilgan bo'ladi.

Siz albatda muallifning bepul maxsulotini reklama qilsangiz ham foyda olasiz. Chunki, yuqorida aytganimdek, siz olib borgan mijoz kelishuvda ko'rsatilgan muddatgacha sizning hisobingizda turadi ya'ni referalingiz bo'ladi.

Xo'sh bunday sherikchilik qiladigan saytlarni qayerdan topish mumkin: To'g'risini aytsam men internetdan o'zbek tilida bunday sherikchilik qiladigan saytlarni topa olmadim, aniqrog'i unchalik ham qiziqib qidirmadim, balkim yaxshiroq qidirsam topishim ham mumkindir, agar shunday saytlar mavjud bo'lsa.

Shuni aytishim mumkinki runetda ya'ni rus internetida masalan Googleda «купить видео курс» yozuvini qidirsangiz va birinchi saytga kirsangiz, o'sha yerda barcha mavzudagi kurslar to'plamini ko'rasiz. Va o'zingiz xohlagan mavzudagi kursga kirib «партнерская программа»siga kirib, a'zo bo'lib, she'riklik ssilkasini olib reklama qilishga tushishingiz mumkin.

Frilanser ishchi bo’lish. Ya'ni uzoqdan turib buyurtma bajarish!

Internetda pul ishlash turlarining qisqa royxati va izohlari !!!

Freelancer (frilanser) – “ozod, erkin ishchi” ya’ni yollanib ishlamaydigan odam.
Frilanser bo’lib ancha pul topsa bo’ladi, albatta qo’lingizdan keladigan ishga bog’liq.
Ishlashni qayerdan boshlaysiz?
Internetda ish beruvchi va ishlovchini bir-biri bilan bog’lab berish vazifasini bajaradigan saytlar bor. O’zingizga yoqqanini, mosini tanlab ulardan ro’yxatdan o’tasiz va o’z profilingizni yaratasiz. Va bu jarayonda qo’lingizdan nimalar kelishini ham kiritasiz. Bunday saytlarni qayerdan va qanday ishlash to'g'risida mening «Internetdagi haqiqiy pullar» nomli mini kitobimdan bilib olishingiz mumkin. Bu kitobni manabu yerdan BEPUL yuklab olsangiz bo'ladi.

Sizga ishlar kelib boshlaydi. Qo’lingizdan keladiganini tanlab ish beruvchi bilan narxini kelishib olasiz. Loyihani tugatib topshirasiz va oldindan kelishib qo’yilgan pulga erishasiz.
Ko’p pul ishlash uchun IT sohasiga bog’liq loyihalar ustida ishlashni tavsiya qilaman. Bu borada biron dasturlash tilini o’rganishni xohlasangiz, sizga JAVA dasturlash tilini tavsiya qilaman. Bu haqida BEPUL kitobimni «KURSLAR» sahifasidan yuklab olsangiz ham bo'ladi.

Youtube biznesi.

Internetda pul ishlash turlarining qisqa royxati va izohlari !!!

Hozirda youtube ya’ni video biznesi ham keng tarqalgan. Youtubeda pul ishlash uchun video kontent kerak. Youtube kanal yaratasiz. Manabu yerda youtube kanal ochish uchun ko’rsatma.
Oldiniga video kontentlaringizni yaratasiz. Keyin youtube kanalilngizga videolarni qo’yib pullashtirasiz. Video ko’rilgan soniga qarab pul to’lanadi (boshqa yo’llari ham bor).
Video tayyorlash uchun kerak bo’ladigan programmalar ro’yxati.

Bitta, ikkita videodan uncha daromad kelmaydi, albatta, lekin 50, 100 ta odamlar uchun sifatli, kerakli, qiziqarli, foydali videolar yaratsangiz, o’zingiz faraz qilavering!!!

Yuqorida pul ishlashning beshta turi ko’rib chiqildi. Lekin bular xammasi emas, bundan boshqa turlari ham bor.

Har bir yo’nalishni o’ziga xos sirlari mavjud va har birida ulkan muvoffaqiyatga erishgan ko’plab odamlar bor, chunki ular o’sha sirlardan voqibdirlar. Maslahatim, internetda pul ishlashning qaysi turini tanlashingizdan qat'iy nazar o'sha siz tanlagan turda ma'lum bir  natijalarga erishgan insonlarni topib o'gitlariga amal qiling!

Nima bo'lganda ham ishlaringizga omad. Internetda pul ishlashga harakat qiling, internetda pul bor, pul yo'q deganlarning gaplariga ishonmang, ular nima deyayotganini o'zlari tushunishmaydi. Internetda pul bo'lganda ham yaxshi pul bor, faqat uni ongli ravishda ishlab topish mumkin. Qanday topish va ishlash to'g'risida keyingi maqolalarimda batafsil yoritishga harakat qilaman. Yangi maqolalarni o'tkazib yubormang, saytimga OBUNA bo’ling.

Fikr va savollaringizni kommentariyada qoldiring va siz qaysi turlarda pul ishlayapsiz? Shu to'g'ridagi quyidagi so'rovnomada qatnashing!!!

SIZ INTERNETDA QAYSI YO'L BILAN PUL ISHLAYAPSIZ ?

Javoblarni ko'rish

Loading ... Loading ...

Men esa sizlar bilan xayrlashaman, xayr salomat bo’ling!

Hurmat bilan Oxunjon G’aybullayev.

Рейтинг
( No ratings yet )
Oxunjon G'aybullayev/ author of the article
Понравился этот пост? Поделись с друзьями:
Comments: 11
  1. Rano

    Raxmat sizga, juda zo'r ma'lumotlarga ega bo'ldim

  2. Oxunjon G'aybullayev (author)

    Arzimaydi! Foydasi tekkan bo'lsa xursandman.

  3. Aziz

    Oka birxil kitoblarga bepul Deb yozib qoyibsz yuklab bomayapdiku

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom! Kitoblar bepul. Yuklab olish uchun elektron pochta manzilingizni kiriting va o'sha pochtangizga obuna bo'lganingizni tasdiqlash uchun ssilka boradi, ssilkani bosib tasdiqlaganingizdan so'ng, pochtangizga yuklab olish ssilkasi boradi, keyin yuklab olishingiz mumkin.

  4. nB

    Teligram manzilingizni qoldiring itimos

    Foydali ish bor maslahatlashamiz

    Kutaman :!:

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, Telegram manzilim: uzinfobiz

  5. nB

    Menga o`zingizni Telegram manzilingiizni bering! ?Siz bilan yozishishim kerak :?:

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, @uzinfobiz

      1. Javohir

        :| :x :x :x :x

  6. nB

    Kword da registdan o`tolmayabman maslahat bering

    1. Oxunjon G'aybullayev (author)

      Salom, Saytga kirganingizda sayt yuqorisida Регистрация tugmasini bosing, formacha ochiladi, o'sha formachada Vkontakte yoki facebook shaxsiy kabinetingiz orqali profil ochishingiz mumkin. Yoki pochtangizni kiritib login va parol tanlab profil ochsangiz bo'ladi.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: